Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari


Qonun – tizimning elementlari o‘rtasidagi umumiy aloqa



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə67/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

Qonuntizimning elementlari o‘rtasidagi umumiy aloqa. Ularning uchta turi mavjud.
VOQELIK QONUNLARI bizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat’i nazar mavjud va amal qiladi.
FAN QONUNLARI odamlar tomonidan anglab etilgan voqelik qonunlarining ongimizdagi in’ikosi hisoblanadi. Har bir fan voqelikning muayyan sohasini o‘z predmeti sifatida o‘rganar ekan, mazkur sohada amal qiluvchi qonunlarni aniqlaydi. Ilmiy nazariya bilan qamrab olingan soha qancha keng bo‘lsa, uning qonunlari shuncha umumiy bo‘ladi. Fanda qonunlarning umumiylik darajasiga ko‘ra murakkab ierarxiyasi mavjud. Umumiylik darajasi pastroq bo‘lgan qonunlar umumiyroq qonunlarning ayrim ko‘rinishlari sifatida amal qiladi va so‘nggi zikr etilgan qonunlardan ularning oqibatlari sifatida keltirib chiqariladi.
FALSAFA QONUNLARI tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan biri ikkinchisini taqoza qiluvchi qonunlardir. Falsafada qarama-qarshiliklar birligi qonuni markaziy o‘rinni egallaydi.
QARAMA-QARSHILIKLAR – predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi tomonlaridir. Qarama - qarshiliklar – o‘zaro bog‘lanishli bo‘lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o‘zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo‘lmasligi mumkin. Qarama - qarshilik – narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir - birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya – dissimilyasiya, o‘zgaruvchanlik – tug‘malik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.).
Qarama-qarshiliklar o‘rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat. (Qonunning klassik ta’rifida «kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki mazkur atama ko‘proq jamiyatga tegishlidir.)
Qarama-qarshilik birligi nima?

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin