1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)
Ikkinchi turkumga - narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorlik va taraqqiyot qonuniyatlarini aks ettiradigan kategoriyalar kiradi.
Uchinchi turkum kategoriyalariga bilish jarayoni dialektikasini ifodalaydigan tushunchalar kiradi.
Dialektika kategoriyalari orasida ayrimlik, xususiylik, umumiylik muhim o‘rin tutadi. Bular olamni bilishning mantiqiy shakl bosqichlaridir. Ma’lumki tabiat, jamiyatda, shaxsiy hayotda, mutloq darajada, batamom o‘xshash narsa, hodisa, hatto odam yo‘q. Masalan bir daraxtdagi 2 ta meva mutloq darajada o‘xshash bo‘lmaydi; bir guruhda 2 ta talaba butunlay bir xil emas; Egizak bolalar ham tamomila bir xil bo‘lmaydi. Bir-biriga yaqin ma’noda o‘xshash narsa, hodisalar orasidagi tafovut, birlikni quyidagi juft kategoriya tavsiflab beradi.
AYRIMLIK deb, alohida narsa, hodisagagina xos bo‘lib uni boshqalardan farqlaydigan, juz’iy, shaxsiy, takrorlanmaydigan, belgilari yig‘indisiga aytiladi. Masalan, o‘simlik deganda umumiy tushunchaga nisbatan bug‘doy ayrimlikdir: o‘rmon deganda umumiy tushunchaga nisbatan qarag‘ay, archa, qayin ayrimlikdir; har bir kishi respublikamizdagi xalqlarga nisbatan ayrimlikdir.
Demak, maxsus, yakka, yagona, hodisagina emas, balki bir guruh hodisa, narsa, jarayon boshqa bir umumiyroq guruhga nisbatan ayrimlikni tashkil etadi.
XUSUSIYLIK deb, umumiy xususiyat va belgilari narsa, hodisalarning tor doirasidagi guruhiga tegishli bo‘lgan ayrimlik bilan umumiylik oralig‘ida yuzaga chiqadigan har xil ob’ektiv aloqadorlikning ifodasini aytamiz: Masalan, olma ayrimlik, meva xususiylik, o‘simlik umumiylikdir: Archa ayrimlik, daraxt xususiylik, o‘rmon umumiylikdir.
UMUMIYLIK deb bir qancha xil buyum, hodisalarga xos bo‘lgan o‘xshash, bir xil takrorlanadigan belgilar yig‘indisining ifodasini aytamiz. Umumiy narsa hodisa ko‘p narsadagi, hodisadagi yagonadir. Narsalarning umumiy xususiyat, munosabatlari tushunchalari sifatida umumlashtirish asosida bilib olinadi. Insoniyat, planeta, qog‘oz, talaba, qonun, kelin, kuyov kabi turdosh otlarda ifodalanadi.