4 - mavzu. Iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlar samaradorligi.
Qanday qilib yuqori narx ishlab chiqarish ortiqchaligini oshiradi
Sotuvchilar tovarlari uchun yuqori narx olishni xohlashlari hech kimni hayratga solmaydi.
Lekin yuqori narx sotuvchilarning farovonligiga qanchalik ta’sir ko`rsatadi? Ishlab chiqarish ortiqchaligi bunga aniq javobni beradi. 6 rasm ko`p sotuvchiga ega bo`lgan bozordagi taklif egri chizig’ini keskin ko`tarilishini ko`rsatadi.
Taklif egri chizig’i oldingi rasmdan farq qilinishiga qaramay, ishlab chiqarish ortiq-chaligi bir xil yo`l bilan hisoblanadi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi narxdan past va taklif egri chizig’idan yuqori bo`ladi. (a) chizmada narx P1 va ishlab chiqarish ortiqchaligi ABC maydonida yotadi. (b) chizmada narx P1dan P2 ga o`sgandagi holat kuzatiladi. Ish-lab chiqarish ortiqchaligi bu holda ADFga teng. Ishlab chiqarish ortiqchaligining bu tur-dagi o`sishining 2 tomoni mavjud.
Birinchisi Q1da tovarlarni past narxda P1da sotayotgan sotuvchilar yashash darajasi yaxshiroq, chunki ular tovarlari uchun ko`proq haq olishadi. Mavjud sotuvchilarning ishlab chiqarish ortiqchaligidagi o`sish BCED maydoniga teng.
Ikkinchidan, bozorlarda yuqori narxda tovar sotishni xohlagan ba’zi yangi sotuvchi-lar kelishi va uning natijasida taklif miqdori Q1dan Q2ga o`sadi. Bozorga yangi kelayot-ganlarning ishlab chiqarish ortiqchaligi CEF burchagida yotadi. Tahlildan ko`rinib tur-ganidek biz iste’molchi ortiqchaligidan xaridorlarning farovonligini aniqlagan bo`lsak, ishlab chiqarish ortiqchaligi yordamida sotuvchilarning farovonligini aniqlaymiz. Bu ikki o`lchov usuli bir-biriga o`xshashligi sabab ularni ikkalasini ham ishlatish tabiiydir. Keyingi bobda biz aynan shu masalani ko`rib chiqamiz.