Reja: Tamaki chekishning zarari. Nos otishning zarari. Spirtli ichimliklar – salomatlik kushandasi


Virus tashqi muhit ta’siriga chidamsiz



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə6/6
tarix28.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#169243
1   2   3   4   5   6
Sirtqi 2-Ma\'ruza

Virus tashqi muhit ta’siriga chidamsiz. U bilan zararlangan buyumlarni 100 darajada qaynatganda 15 minutda, 56 darajada isitganda 30 minutda o‘ladi.
Virus dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar ta’siriga chidamsiz: u 70 foizli etil spirti,
5 foizli xloramin, 6 foizli peroksid vodorod va atseton ta’sirida shu zahotiyoq o‘ladi.
Ammo, virus sovuq ta’siriga nihoyatda chidamli: u muzlatilgan qon zardobida 10 yilgacha saqlangani ma’lum.
OIV ning yuqish yo‘llari quyidagilardir:
1.Jinsiy yo‘l. OIV ni o‘ziga yuqtirib, vaqtincha kasallanmagan , lekin sog‘ holatda virusni o‘zida tashib yuruvchi odam (erkak yoki ayol) bilan jinsiy munosabatda bo‘lish.
2. Parenteral yo‘l. Bu OIV ning tibbiy va sartaroshlik asboblaridan hamda donor qoni va qon zardobidan yuqishini o‘z ichiga oladi.
3. Vertikal yo‘l. OIV ni o‘ziga yuqtirgan yoki OITS bilan kasallangan ayol homilador bo‘lsa, u o‘zining qonidagi OIV ni homilasiga va chaqalog‘iga yuqtirishi mumkin.
OIV sog‘ odamga yuqqanidan keyin to OIV infeksiyasi va kasallikning belgilari paydo bo‘lgunicha ma’lum vaqt o‘tadi. Bu oraliq davrga OITS ning yashirin (inkubatsion) davri deyiladi. Bu davr 2-5 oydan 8-10 yilga-cha bo‘lishi ko‘pgina bemorlarni kuzatish natijasida aniqlangan
Sog‘ odamda T-limfotsitlar va monotsitlar qon tarkibida bo‘lib, tashqi muhitdan organizmga kirgan mikrob, virus, zamburug‘ va boshqa infeksiyalarni yutib eritib yuboradi. Shu bilan odam orga-nizmini yuqumli kasalliklardan asraydi. Ular himoya (immunitet) vazifasini bajaradi.
OIV esa limfa tugunlari, limfotsitlar va monotsitlarni zararlab, organizmning himoya (immunitet) xususiyatini kuchsizlantiradi va odamda immunitet tanqisligini vujudga keltiradi.
OIV sog‘ odamga yuqqanidan boshlab to organizmning himoya (immunitet) qobiliyatini kuchsizlantirgunicha o‘tgan davr OIV infeksiyasining yashirin (inkubatsion) davriga to‘g‘ri keladi.
OITS ning kechishi. OITS kasalligi 2 davrda kechadi:
l.Yashirin davr - OIV yuqqanidan to OITS belgilari namoyon bo`lgunicha o`tgan davr. Bu davr bir necha oydan 10 yilgacha bo'lishi mumkin;
2. OITS belgilarining namoyon bo`lish davri.
Kasallikning yashirin davri tugagach, OIV infeksiyasining belgilari birin-ketin paydo bo’la boshlaydi.
- odam tanasining bo’yin, qo’ltiq osti, chov sohasidagi limfa tugunlari no’xat, loviya hajmigacha, ayrimlari 1 sm gacha kattalashadi, lekin og’rimaydi. Sog’ odamda ular juda mayda, mosh hajmida bo’lib, paypaslaganda barmoqqa deyarli sezilmaydi;
- odamda umumiy holsizlik, tez charchash, mehnat qobiliyatining tobora pasayib borishi;
- sababi aniq bo’lmagan holda tana haroratining 380 va bundan baland ko’tarilishi, uning uch haftadan uzoq davom etishi;
- kechasi ko’p terlash;
- terida turli xil toshmalar, yiringli yaralarning paydo bo’lishi;
- biron sabab bilan bog’liq bo’lmagan holda, surunkali ich ketishi;
- tana vaznining asta-sekin kamayishi (ozishi);
- teri va barmoqlarning zamburug’lar bilan zararlanishi va terini po’st tashlashi;
- og’iz burchaklarining bichilishi, lablarda tez-tez uchuq paydo bo’lishi;
- og’iz shilliq qavati va tilda pufakchalar va yaralarning paydo bo’lishi.
 
1. O’zbekiston Respublikasida OIV/OITS ni aniqlash bo’yicha tibbiy tekshiruvdan o’tkazish va bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish 2005 yilda qabul qilingan 0187- sonli sanitariya qoidalari va me’yorlari asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- ixtiyoriy tekshiruv - to’liq tushunchaga ega bo’lgan odamlarning o’z ixtiyori (xohishi) bo’yicha;
- anonim tekshiruv – o`zi haqida hujjat taqdim etmay tekshiruvdan o`tish;
- konfidensial tekshiruv – tekshiruv natijasi haqida faqat mazkur odamning shaxsan o’zi va tibbiy xodim biladi (sir saqlanadi);
- tekshiruvdan o’tish shart bo’lgan odamlar - qon va qon zardobini topshiruvchi donorlar;
- majburiy tekshiruv - huquqni muhofaza qilish organi xodimining ma’lumoti asosida.
2. Tibbiy tekshiruv viloyat OITS ga qarshi kurash markazida o’tkaziladi.
3. O’ziga OIV yuqtirgan odamlarga va OITS bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat Davlat tasarrufidagi shifoxonalarda amalga oshiriladi.
4. Aholini tibbiy tekshiruvdan o’tkazish va tibbiy xizmat har bir odamning ixtiyori (xohishi) bo’yicha amalga oshiriladi.
5. Tibbiy tekshiruvda OIV/OITS aniqlangan odam, infeksiyani boshqa odamlarga tarqatmaslik (yuqtirmaslik) haqida o’ziga majburiyat oladi.
6. OIV/OITS bo’yicha tibbiy tekshiruv natijasi sir saqlanadi. U haqda o’qish, ish, turar, harbiy xizmat joylariga ma’lumot berish man etiladi.
7. Tibbiy tekshiruvda OIV aniqlangan odamni ish joyidan bo’shatish, u haqda salbiy axborot tarqatish man qilinadi.
OITS - orttirilgan immunitet tanqislik sindromi, surunkali (uzoq yillar) davom etadigan, oqibati bemorning nogironga aylanishi yoki hayotdan ko‘z yumishi bilan tugaydigan, juda og‘ir kasallikdir.
OITS - sog‘ odamga OIV (odam immuntanqislik virusi) yuqi-shi natijasida vujudga keladi.
Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin