Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari 245
egasidan to eng yuqori lavozim sohibigacha samimiy suhbatdosh, hatto do‘stona
munosabatda bo‘lganligini nozik bo‘yoqlarda chizib bera olgan. Balki, shuning uchun
ham shoir o‘z dramasining boshlanishida Temurdek buyuk hukmdorni kazo-kazolar
davrasida emas, balki oddiy bir sartarosh suhbatida tasvirlaydi:
Temur: “Har qandayin bandaga ham kerakdir sirdosh Senga ko‘ngil ochsam bo‘lar …” Sartarosh: “Qulluq, Hazratim”. [1.4.] Dramada Amir Temur obrazi tilidan keltirilgan bu so‘zlardan anglash
mumkinki, u oddiy insonlar orasidan ham o‘ziga do‘st topa olgan.
Adabiyotshunos S.Mirzaev “XX asr o‘zbek adabiyoti” kitobida “Sohibqiron”
dramasi haqida fikr bildirar ekan: “Amir Temur Vatanga, xalqqa xiyonat qilgan
shaxslarni aslo ayamagan, gunohkorlarni qattiq jazolagan. Abdulla Oripov dramasida
Sohibqironning ana shu xislatlari, mamlakat va xalq oldidagi buyuk xizmatlari birin-
ketin ochila boradi. Natijada asarda Amir Temurning buyuk va salobatli, jonli va
tabiiy obrazi yaqqol namoyon bo‘ladi. U mohir sarkarda, adolatli podshoh, insoniy va
diniy qonun-qoidalarni yuksak qadrlovchi va ularga izchil amal qiluvchi hukmdor,
mehribon ota, adabiyot va san’atni teran anglovchi va yuksak qadrlovchi noyob did
sohibi sifatida gavdalanadi”, – deya A.Oripov asariga yuqori baho beradi [3.394].
Abdulla Oripov voqealar chizgisini shunchalik mohirlik bilan bir ipga tizadiki,
bu aynan Temurning psixologik tasvirini, ruhiy holatini yaratishda, uning ichki
dunyosini ochib berishda muhim rol o‘ynaydi. Sartarosh va Temur suhbatidan keyin
voqealar rivoji yana bir pog‘ona jiddiy tus oladi, yana bir pog‘ona jadallashadi. Unda
Amir Husaynning qabihliklari yorqin ochib berilib, Temurning oliyjanobligi va
kechirimliligi bilan zidlanadi. Drammada tasvirlanishicha, Husaynn Kalomullohni
o‘rtaga qo‘yib qasam ichadi, ammo va’dasida turmaydi. Shunday qaltis vaziyatlarda
ham Temur kechirimli bo‘ladi. Dramada Sirdaryo bo‘yidagi bo‘lib o‘tgan Jetega
qarshi jang yodga olinadi. Temur tilidan keltirilgan misralarda Husayn jang
mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan shaxs sifatida qoralanadi:
“Lashkarini siylamagan sen – xasis amir Ust-boshi ho‘l holdan toygan sening lashkaring Och-u nahor bo‘lgani-chun ortga chekindi”. [1.9.] Amir Temur bu jangda Husaynga tajriba va bilim yetishmaganini aytadi.
A.Oripov xuddi shu mazmunni Temur nutqiga shunday mohirlik bilan olib kiradiki,
bugungi kunda uni yoshlarga tarixiy o‘rnak va chaqiriq sifatida ko‘rsatsak arziydi. Bu
sahnada shoir kitob o‘qimaslikning, ilmsizlikning kasriga qolgan insonlar hayotini
ochib beradi: