Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
246
chaqirilgan yomg‘ir va to‘fon haqidagi rivoyat paydo bo‘ldi. Bu sehrli toshning
xususiyatlaridan biriga ko‘ra, uning sohibi istagan vaqtda daxshatli yomg‘ir yog‘dira
olishi mumkin ekan. Bundan ogohlantirilgan Ilyosxo‘ja qo‘shini suv o‘tmas o‘tovlar
qurishgan, askarlari esa tunda o‘z borgohlarida xandaqlar qazishgan edi.
Movarounnahrlik jangchilar esa suyak-suyaklarigacha ivib ketishdi.
Buning ustiga
tongni mijja qoqmay qarshilashdi. Tong saharda ular haddan tashqari holdan toygan,
ivib shalabbo va g‘azabnok holda saf tortishdi. Jangda nam tortib, iplari bo‘shashib
qolgan kamonlar hech qanday foyda bermadi. Mag‘lubiyat
bilan tugagan bu jang
“Loy jangi” nomi bilan tarixda qoldi”,- deb yozgan edi. [2.25.]
A.Oripov Amir Temur obrazini yaratishda uning bunyodkorligi va go‘zallikga
oshno ekanligini ochib berish maqsadida,
uni janglar qurshovida emas, ko‘proq
san’at ahli orasida, buyuk olim-u fuzalolar davrasida chizadi. A.Oripov she’riyat
sultoni – Hofiz Sheroziyni drama sahnasiga kiritadi. Bu suhbatda jang san’ati va
siyosatda dong taratgan Amir Temurning adabiyotga ham oshnoligini ham his etamiz.
Temur:
“Agar ko‘nglimni shod etsa o‘sha Sheroz jononi
Qaro xoliga baxsh etgum Samarqand-u Buxoroni.
Shundoqmi?
Samarqand-u Buxoro deb dunyoni oldim, bir xol uchun siz ulari hadiya
etmishsiz. Shunchalikmi?”
Hofiz:
“Bisotimni g‘azallarga ulasha berib
Shundoq holga tushib qoldim,
Nochor yupunman,
Oqibatda majbur bo‘lib bitta xol uchun
Dunyodagi eng betakror ikki shaharni
Samarqand-u Buxoroni hadya etganman”.
Dostları ilə paylaş: