Sport mashg’ulotini rejalashtirish
Sport mashg’uloti
- pedagogik jarayon bo’lib, ta’lim-tarbiyaning umumiy
tamoyillari: onglilik (ko’rsatish, tushuntirish), faollik (o’yinlar va musobaqalarda
mustaqil
ishlash
uchun
sharoitlar
yaratish),
ko’rgazmalilik
(bevosita
kinogrammalarni
namoyish
qilish),
tushunarlilik
(mashqlar
bajarish
murakkabligida), mustahkam va muntazamlik (doimo va uzluksiz mashq qilish)
unga xos hisoblanadi.
Sport mashg’uloti-
ko’p yillik va butun yil davom etadigan jarayon. Ko’p
yillik mashg’ulot rejasi umumiy manzara hosil qiladi va mashg’ulotning bosh
maqsadini, vazifalarini va asosiy vositalarini aniqlab beradi. Har bir tayyorgarlik
yili uchun xususiy
maqsad va vazifa belgilanadi, bosqichma-bosqich sport
natijalarining o’sishirejalashtiriladi.
Rejalashtirishning asosiy xujjatlari:
o’quv dasturi, yillik mashg’ulot rejasi,
mtrenirovka mashg’ulotlari jadvali, mikrotsiklning mashg’ulot rejasi va trenirovka
mashg’ulotining reja-konspekti.
o’quv dasturi - bu tanlangan sport turi bo’yicha sport mashg’ulotlarining
maqsad vazifalari belgilangan o’quv ishlarini rejalashtirish hujjatidir.
Yillik mashg’ulot rejasi:
oylar (12); haftalar (52); musobaqalar (Kalendar
sport tadbirlari
rejasiga muvofiq asosiy, saralash, nazorat);
startalar soni
(musobaqa dasturiga qarab); makrotsikl (asosan katta yillik sikl); mezotsikllar
(tayyorgarlik davrlari:
tayyorgarlik, musobaqa, o’tish); mikrotsikllardan
(tayyorgarlik
davrlari, bosqichlari va sportchi tayyorgarligiga qarabv haftalik
sikllar) tashkil topadi.
Tayyorgarlik davrida: umumiy va bazaviy tayyorgarlik - 4-5 hafta, maxsus
tayyorgarlik - 3-4 hafta; musobaqa davrida: musobaqa oldi bosqichi - 2-3 hafta,
erta musobaqalar bosqichi - 3-4 hafta,
musobaqa bosqichi, maxsus tayyorgarlik
bosqichi va musobaqa bosqichi va o’tish davrida: tiklanish bosqichi - 4-5 hafta;
haftalik sikl (hafta sanasi), haftalik hajm (soat;tayyorgarlik guruhiga qarab km. );
O’MY (o’quv-mashg’ulot yig’ini sanasi - mas’uliyatli musobaqalardan oldin va
ta’til vaqtida yig’inlarning boshlanish va tugash vaqtini ko’rsatgan
holda
mashg’ulotlarni o’tkazish shakli).
Trenirovka mashg’ulotining asosiy parametrlarida quyidagilar qayd
qilinadi: mashg’ulot kunlari (haftadagi); trenirovka mashg’ulotlari (haftadagi);
jumladan,
haftalik hajmga muvofiq UJT, MJT, TTT, nazariy tayyorgarlikka
sarflangan vaqt, reabilitatsiya (tiklanish): sauna (katta mashg’ulot
yuklamalari,
musobaqalardan so’ng), massaj (tiklantiruvchi va startgacha qizdiruvchi sifatida
o’z-o’zini massaj qilish) va vitaminlashtirish.
Trenirovka mashg’ulotini qismlarga bo’lib reja-bayonnomani ishlab
chiqish
Mashg’ulotlar tasdiqlangan jadval asosida o’tkaziladi,
muntazam va
barqaror bo’lishi va mashg’ulotlar orasida bir xil tanaffuslar bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: