Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə163/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   193
Reklamaviy targ‘ibot funksiyasi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlari, sifatini reklamasini amalga oshirish, insonni guruh va jamoalarda munosib o‘rin egallashini ta’minlashni o‘zida mujassamlashtirgan g‘oyalarni targ‘ib etishdan iborat. Buning uchun ijtimoiy muammolarni vujudga kelish sababi, ularni klasssifikatsiyasini amalga oshirishni amalga oshirish talab etiladi;
Ijtimoiy-madaniy funksiya ijtimoiy ishning amal qilishiga yuqori darajada insonparvarlik mazmun kasb etishini ta’minlash, turli vaziyatlarda amaliy yordam olishni individual va guruhiy tarzda amalga oshirib, jamiyatda mavjud ijtimoiy qadriyatlarni saqlanishi va amal qilishini ta’minlash, ijtimoiy yordam olish va yordam ko‘rsatish madaniyatini shakllantirishdan iborat. Bu o‘z navbatida bayramlar, marosimlarni tashkil etish va boshqarishni talab etadi;
Tashkiliy funksiya tashkilot va muassasalarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga ko‘mak berish, yashash joylarida aholini ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan ishlarga jalb etish, ijtimoiy va maishiy jihatdan yordamga ehtiyojmand bo‘lgan alohida inson va guruhlarga, himoyaga ehtiyojmandlarga turli ko‘rinishdagi ijtimoiy yordam ko‘rsatishdan iborat.
Mazkur funksiyalarni bajarish ijtimoiy ish xodimining zimmasida bo‘lib, bu o‘z navbatida ularni nafaqat kasbiy bilimlarga, balki maishiy bilimlarga ega bo‘lishini taqozo etadi. Chunki kasbiy bilim “Ijtimoiy ish mutaxassisi – Ijtimoiy yordam olishga ehtiyojmand inson (guruh) – Namoyon bo‘lgan muammo (nuqson) – Amaliy yordam ko‘rsatish” kabi munosabatlarni vujudga kelishini ta’minlasa, maishiy bilimlar esa, “Ijtimoiy muhit –Ijtimoiy ish mutaxassisi – Ijtimoiy yordam olishga ehtiyojmand inson (guruh) – Mikromuhit – Amaliy yordam ko‘rsatish – Maishiy hayot – Muammo (nuqson) – Maqsadga ega bo‘lish (shakllantirish)” kabi munosabatlar majmuasida amal qiladi. Ijtimoiy ishni keltirilgan ikki xil strukturaviy klassifikatsiyasidan ko‘rinib turibdiki, uning funksiyalari, tuzulishi va darajalarini belgilab berish uchun xizmat qiladi. Shu sababli, ijtimoiy ish professiogrammasini ilmiy ta’limotlar (masalan, “Ijtimoiy-faoliyatli yondashuv”; “Madaniy-sivilizat-siyaviy yondashuv”; “Individual-shaxsiy yondashuv”425) asosida yaratib, kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida ijtimoiy ish xodimini nazariy modelinini tayyorlashni taqozo etadi.
Murakkab bo‘lsada, ijtimoiy ishni tashkil etishda ijtimomiy–madaniy, kasbiy, diniy, milliy, yosh va jinsiy manfaatlar hamda ehtiyojlar inobatga olinishi lozim bo‘ladi. Negaki, Sharq va G‘arb quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: G‘arb – antropotsentrik mintaqa. Bunday turdagi jamiyat dunyosining markazida tabiat va jamiyatni o‘ziga bo‘ysundirgan, dunyo hukmdori bo‘lgan Inson turadi. Sharq – teotsentrik mintaqa bo‘lib, dunyoni qurilishida bu mintaqada – inson, bo‘ysunadigan transsendent erk turadi. O‘z navbatida ushbu erkni anglash va uning tamoyillari asosida harakatlanish insonning vazifasi ekanligini ko‘rsatadi. Jamiyat va shaxsning qadriyatlarining yo‘nalishi bo‘yicha esa, G‘arb moddiy qadriyatlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘z navbatida jamiyat ham “iste’molchi jannati” sifatida tushuniladigan umumiy farovonlikka intiladi. Sharqda esa, eng avvalo, ma’naviy qadriyatlar ustuvor turib, jamiyat esa ma’naviy-diniy tamoyillar asosida rivojlanishga asoslangan. Bunday rivojlanishning maqsadi nafaqat moddiy farovonlik, balki uyg‘unlik va hamohanglikdir426. Va yana jinsiy xususiyatni inobatga olinishi ijtimoiy yordam ko‘rsatishda ehtiyojmand va mutaxassis orasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda amaliy ahamiyat kasb etib, bu o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni yordam oluvchi va yordam ko‘rsatuvchi orasidagi masofa chegarasini belgilab olish uchun xizmat qiladi. Shu sababli Karen Xornini xotin-qizlarni psixologik xususiyatlarini sharhlangan “model”ini keltirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Ijtimoiy hayotda ular quyidagilar bilan xarakterlanadi:
• hissiyotchanlik, ta’sirchanlik, xatti-harakatlarining ko‘proq yurak amriga bo‘ysunib amalga oshirishi bilan;
• xulqida sezgi(instinkt)ning ustuvorlik qilishi bilan;
• atrofdagilar haqida intuitiv tarzda xulosalar chiqarishlari bilan;
• ko‘proq ochiq xarakterga ega ekanligi bilan va b.427
Bu holat o‘z navbatida ijtimoiy ish mutaxassisini tayyorlashda yosh, jins, mintaqaviy va madaniy, diniy kabi xususiyatlarga oid kasbiy ta’lim doirasida bilim berishni taqozo etadi. Chunki bu xususiyatlar amaliy yordam ko‘rsatish davomida qanchalik inobatga olinsa, ijtimoiy yordam ko‘rsatishning maqsadi uning darajalariga qarab shunchalik aniq shaklantiriladiki, mazkur alohida insonda yoki guruhda ifodalangan ijtimoiy muammoni yaxlit tarzda idrok etish uchun xizmat qiladi. Muammoni institutlashuvi deganda turli holatlarda, har xil ko‘rinishda individual yoki guruhiy tarzda ifodalangan muammoni kelib chiqish sababi va unga ta’sir ko‘rsatgan omillarni (ichki va tashqi) belgilash va ularni salbiy asoratlarsiz kechishini ta’minlashda ishtirok etuvchi institutlarning amalga oshiriladigan aniq vazifalarini daxldorligi jihatidan yaxlit ko‘rinish olinishi nazarda tutiladi. Muammoni institutlashuvi uni yechimini o‘z vaqtida topish imkoniyatini berishi bilan birga, prognozini amalga oshirib, yechimning turli modellarini yaratish imkonini beradi.
Ijtimoiy ish ijtimoiy siyosatni amaliyligini ta’minlovchi, rejalashtiruvchi, yo‘naltiruvchi, shakllantiruvchi va tadbiq etuvchi vositasi hisoblanib, jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ilmiy–bilish va amaliy–tashkiliy kabi qismlarini amal qilishini ta’minlaydi.
Ijtimoiy siyosatning ilmiy–bilish qismi jamiyatda ifodalangan ehtiyojlarni shakllanganligining tahlili va anglanganligini belgilab berib, ijtimoiy jarayonlar va ularni yo‘nalishini umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Amaliy–tashkiliy qismi esa, ijtimoiy taraqqiyotni tekis kechishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan konseptual holatlarni amalda joriy etishni ta’minlab, ijtimoiy siyosatni strategik vazifalarini bajarish uchun xizmat qiladi. Ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy ish funksional jihatdan inson, jamiyat manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy instittlarni faoliyatini rejalashtirish va boshqarish, ijtimoiy jarayonlarda ifodalanadigan holatlarni o‘z vaqtida aniqlab, mavjud resurslardan tezkor–maqsadli foydalanish uchun xizmat qiladi. Masalan, S.E.Hobfoll va R.S.Lilly resursga munosabat bildirib428, unga moddiy (daromad, uy-joy, transport, kiyim) va moddiy bo‘lmagan (istak, maqsad) obyektlarni, tashqi (ijtimoiy madad, oila, do‘stlar, ish, ijtimoiy mavqe’) va ichki (o‘zini hurmat qilish, kasbiy mahorat, optimizm, o‘zini nazorat qilish, hayotiy qadriyatlar, e’tiqod va b.) interpersonal o‘zgaruvchilarni, psixik va jismoniy holat, irodaviy, emotsional tasniflarni kiritganlar. Ko‘rinib turibdiki, mualliflar resursga faqatgina shaxsiy, ya’ni mikro darajadagi sathiga oid munosabat bildirgan bo‘lib, uni makrodarajadagi sathiga e’tibor qaratamaganlar. Garchi, makrodarajadagi sathi oila, kasbiy, milliy, diniy, sohaviy darajalarni qamrab olib, ifodalanish darajasi bevosita jamiyatni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarida ifodalanib, ularni boshqarish darajasi esa bevosita siyosiy sohaga daxldordir. Bu esa, ijtimoiy siyosat doirasida amal qilibgina qolmasdan, jamiyatda ifodalanadigan ijtimoiy muammolarni inobatga olish hisobidan takomillashtirib borishni taqozo etadi. Negaki, ijtimoiy ishning natijaviy ko‘rsatkichi sifatida ehtiyojmand bo‘lgan alohida inson yoki guruh a’zolarining orttirilgan shaxsiy darajadagi sifat o‘zgarishlari namoyon bo‘lishi lozim. Bunda quyidagilar ko‘rsatkich bo‘la olishi ehtimoldan xoli emas:
1) ehtiyojmand inson yoki guruh a’zolari tomonidan hayotiy qadriyatlarni anglanganligini ifodalanganligi;
2) ehtiyojmand inson yoki guruh a’zolarini o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan qiziqishni yuqori darajada ifodalanganligi;
3) ehtiyojmand inson yoki guruh a’zolari tomonidan hayotni, yashashni, sog‘liqni qadriyat sifatida anglanganligini ifodalanganligi;
4) ehtiyojmand inson yoki guruh a’zolari tomonidan amaliy yordam olish madaniyatini egallanganligini ifodalanganligi;
5) ehtiyojmand inson yoki guruh a’zolarini bilim olish, uni takomillashtirishni ifodalanganligi;
6) ehtiyojmand inson yoki guruh a’zolarini hamkorlik qilishga tayyor turishlarini ifodalanganligi;
7) ehtiyojmand inson yoki guruh a’zolarini turli xil nizoli vaziyatlarda madaniy yo‘l tutishni ifodalanganligi;
8) ehtiyojmand inson yoki guruh a’zolarida funksional savodxonlikni oshirishni ifodalanganligi va b.
Yuqorida zikr etilgan fikr-mulohazalardan qisqacha xulosa chiqaradigan bo‘lsak, demak, ijtimoiy ish faoliyat sifatida jamiyat a’zolarida turli daraja va bosqichlarda tug‘ma (nasliy), orttirilgan ijtimoiy nuqsonlardan xalos bo‘lish, qarovsiz qolgan, yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotganlarni hayotga qaytarish, yashashini ta’minlash uchun xizmat qilib, har bir mamlakatda o‘ziga xos tarzda vujudga kelgan va rivojlanib kelmoqda. Hozirgi davrga kelib ijtimoiy ish kasb sifatida jamiyat hayotida amaliy ahamiyat kasb etib, uni bir qator tarmoqlari, aniqrog‘i, yordam ko‘rsatish sohalari vujudga kelganligini ta’kidlash joiz. Aynan shu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda quyidagi amaliy taklif va tavsiyalarni ilgari surishni lozim deb topdik:
Birinchidan, ijtimoiy ish mutaxassisi alohida inson, oila va uning a’zolari, mahalla, ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish tarmoqlarida hamda aholiga xizmat ko‘rsatish institutlarida faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish;
Ikkinchidan, buning uchun Ijtimoiy ish ixtisosligini professiografik va profes-siologik jihatlardan o‘rganib, soha xodimini nazariy modelini tayyorlab, muhim kasbiy sifatlarni shakllantirish uchun o‘qitiladigan predmetlarni tizimlashtirish lozim;
Uchinchidan, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda “Ijtimoiy ish falsa-fasi”, “Ijtimoiy ish pedagogikasi va psixologiyasi”, “Ijtimoiy ish sotsiologiyasi” kabi kurslarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ilmiy adabiyotlarda “madaniyat” tushunchasi ko‘p ma’noli, ko‘p jihatli hodisa sifatida ifodalanadi (I.Jabborov429, J.Tulenov430, S.Mamashokirov431, U.Qorabo-yev432 va boshqalar)433.
Mualliflar madaniyatning ko‘p funksionalligini alohida ta’kidlaydilar, uning ijtimoiy tabiatini, insonparvarlikka yo‘naltirilganligini ajratib ko‘rsatadilar. Mada-niyatning quyidagi turlari tahlil qilinadi:
tashkillashtiruvchi madaniyat (R.Lavl);
innovatsion madaniyat (V.I.Dolgova);
axborot madaniyati (Y.P.Melenteva);
psixologik madaniyat (N.T.Seleznyova, R.S.Samarov);
tafakkur madaniyati (O.S.Anisimov).
Madaniyatni keng ko‘lamda anglash imkonini beruvchi ta’rif uning ensiklopedik ta’rifi sanaladi:

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin