Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə82/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   193
Mas’uliyat – ma’naviy, ijtimoiy va ma’muriy-huquqiy sohalarda keng qo‘llaniladigan tushuncha261. Ijtimoiy ish nuqtayi nazaridan yondashilganida burch; ijtimoiy ma’noda jamiyat va boshqalar oldidagi kasbiy mas’uliyat hissi; ma’muriy jihatdan, ijtimoiy tartibga solishning turli me’yorlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi jamoatchilik nazoratining namoyon bo‘lishi; huquqiy yondashuvda esa, asosan, yuridik javobgarlikni anglatadigan serqirra va keng ma’noli kategoriya. Mas’uliyat muammosiga fanda azaldan erkinlik va zarurat kategoriyalarining o‘zaro nisbati, shaxs xulq-atvori va faoliyatining axloqiy jihati nuqtayi nazaridan yondashib kelinadi. Shu ma’noda mas’uliyat tushunchasi falsafiy, axloqiy, psixologik, yuridik, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga xos ko‘plab masalalarning murakkab majmuyini qamrab oladi. Bu hol inson va ijtimoiy borliq mohiyatining murakkabligi va rang-barangligi bilan belgilanadi. Har qanday odam o‘zi uchun muhim biron bir maqsadga erishish yo‘lida harakat qilish usulini tanlashda o‘z tabiatiga ko‘ra erkin ekanligiga qaramay, uning shaxsiy hayoti butun jamamiyat hayoti, boshqalar oldidagi mas’uliyati bilan uzviy bog‘liqdir.
Mas’uliyat murakkab va ko‘p darajali hodisa bo‘lib, u shaxs xulq-atvori ustidan ijtimoiy nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish shakli sifatida ta’riflanishi ham mumkin. Bu ma’noda mas’uliyat chorasi pirovard natijaning ko‘zlangan maqsad bilan o‘zaro nisbati, shuningdek, boshqaruv subyektining obyekt oldidagi majburiyati bilan bog‘liq. Ayni vaqtda, mas’uliyat, bu ‒ har bir kishining kasbiy, shaxsiy va ishchanlik fazilatlari, uning faoliyat uslubi xususiyati, mehnatining rag‘batlantiruvchi va samaradorlik omilidir. Mas’uliyat shaxs maqomining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, u, o‘z navbatida, insonning davlat va jamiyatdagi o‘rni va rolini tavsiflaydi, uning davlat va jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarini belgilaydi. Bunda shaxs faoliyatining samaradorligi huquqlar, majburiyatlar va mas’uliyatning aniq va to‘liq belgilangan-ligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ayni vaqtda, bu faoliyat natijalari uchun mas’uliyat shaxsning majburiyatlari, huquqlari, uning harakatlari samaradorligiga baho berish mezonlarining belgilanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bularning barchasi mas’uliyat insonning burch va huquqlari bilan bevosita bog‘liqligidan dalolat beradi. Ular bir-birini taqozo etadi va jamuljam holda har bir insonning jamiyatdagi o‘rni va maqomini belgilab beradi. Jamiyatning turli institutlari, ularning ijtimoiy tartib va jamiyatning yashovchanligini qonun kuchi bilan ta’minlashga burchli bo‘lgan xizmatchilari zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat alohida ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan boshqaruv xizmatchilari o‘z harakatlarida jamiyatga qarab mo‘ljal oluvchi shaxslar sifatida shakllantiradi. Bunda jamiyat va davlat xususiyati ta’sirida xizmatchilarning muayyan ijtimoiy intizomi va javobgarligi (siyosiy, huquqiy, axloqiy mas’uliyat) shakllanadi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin