Siyosiy partiyalar


Birinchidan. 2050 yilga kelib, O‘zbekistonning dunyoning 50 ta rivojlangan, raqobatbardosh demokratik davlatlari qatoriga kirishini



Yüklə 117,01 Kb.
səhifə3/4
tarix29.07.2023
ölçüsü117,01 Kb.
#137942
1   2   3   4
SIYOSIY PARTIYALAR

Birinchidan. 2050 yilga kelib, O‘zbekistonning dunyoning 50 ta rivojlangan, raqobatbardosh demokratik davlatlari qatoriga kirishini,  bunda uning jadal sur’atlar bilan va barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotli, “bilimlar iqtisodiyoti” va “axborot jamiyati”ning qudratli bazasi shakllangan mamlakatga aylanishini ta’minlash.
O`zLiDeP o‘zining bor kuch va imkoniyatlarini xalqimizning farovon turmushini, gullab-yashnayotgan kelajagini ta’minlashga yo‘naltirilgan barqaror iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar va ekologik rivojlanish bo‘ycha o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga safarbar etadi.
Shunga ishonchimiz komilki, mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlashga faqat “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” tamoyilini izchil va so‘zsiz amalga oshirilishi orqali erishish mumkin bo‘ladi.
Ikkinchidan. Jamiyatning keng qatlamlari ongiga partiyaning siyosiy platformasini tashkil etuvchi liberal-demokratik g‘oyalari va qadriyatlarni yetkazish, uning saflarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan puxta o‘ylangan targ‘ibotni olib borish. Partiya g‘oyalariga sodiq bo‘lgan va saylovchilarning ishonchini qozongan nomzodlarni davlat hokimiyatining vakillik va ijro organlariga tayinlashiga faol ko‘maklashish.
O`zLiDeP – liberal-demokratik konsepsiya hamda jamiyat va davlat rivojlanishi ta’limotining tashabbuskori va tashuvchisidir. Partiya o‘zining liberalizm va demokratiyaning umum tan olingan tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi. Partiyamizning ochiq va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishga asos bo‘ladigan, donishmand, bag‘rikeng xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar davomida o‘zining hayotiyligini ko‘rsatgan asosiy qadriyatlari – erkinlik, ma’suliyat, sabr-toqatlilik va imkoniyatlar tengligi, biz uchun o‘zgarmas bo‘lib qoladi. 
Partiya nuqtai nazariga ko‘ra, mamlakatda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlarning bosh maqsadini inson, uning hayoti, or-nomusi, qadr-qimmati, ehtiyojlari va manfaatlari tashkil etadi. Biz uchun shaxsning huquqlari va erkinliklari jamiyat va davlat manfaatlaridan ustun hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, insonning individual huquqlari jamiyat va iqtisodiy tartibning huquqiy bazasi hisoblanadi va biz “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan olijanob g‘oyani va tamoyilni izchillik bilan hayotga joriy etish, shaxsiy huquq va erkinliklar, shaxsning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ta’minlash tarafdorimiz.
Partiya nuqtai nazariga ko‘ra, mulk – erkinlikning bosh sharti, eng muhim kafolati, insonning boshqa huquqlari manbai, fuqarolarning himoyalanishi asosidir. Siyosiy, ijtimoiy, madaniy erkinlikni iqtisodiy erkinliksiz tasavur etib bo‘lmaydi. Mol-mulk va mulkiy munosabatlar masalasi yangi ijtimoiy-siyosiy tizimni barpo etishda muhim o‘rin egallaydi. Davlat xususiy mulkdorning qonuniy huquqlarini himoyalashi, har kim o‘z mol-mulkini ko‘paytirish maqsadida ishlashi mumkin bo‘lgan sharoitlarni yaratishi kerak. Bizning fikrimizcha, qayerdaki jamiyat va davlat xususiy mulkni hurmat qilish tamoyillariga tayansa, o‘sha yerda – taraqqiyot, qayerdaki inkor etish ustunlik qilsa – orqaga ketish kuzatiladi.

Yüklə 117,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin