Siyosiy partiyalar


Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi („Adolat“ SDP)



Yüklə 117,01 Kb.
səhifə4/4
tarix29.07.2023
ölçüsü117,01 Kb.
#137942
1   2   3   4
SIYOSIY PARTIYALAR

Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi („Adolat“ SDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 1995-yil 18-fevralda partiya taʼsis qurultoyida tuzilib, dasturi va ustavi qabul qilingan va shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan. Partiyaning bosh maqsadi — Vatan mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarning jadallashuviga, huquqiy-demokratik, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish va pirovardida, Oʻzbekistonni jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustahkam oʻrin olishiga munosib hissa qoʻshish. Partiyaning gʻoyaviy negizini sotsial-demokratiyaning 3 asosiy prinsipi: siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy adolat tashkil etadi. Qonun ustuvorligini taʼminlovchi adolatli ijtimoiy munosabatlar oʻrnatilgandagina odil jamiyat qurish mumkin boʻladi. „Adolat“ partiyasi ushbu yoʻnalishdagi ishlarni bajarishni oʻzining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Partiya oʻrtahol va kam taʼminlangan aholi tabaqalariga tayanadi hamda ularning siyosiy, ijtimoiy irodasini namoyon etishga intiladi
Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi (OʻzMTDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 1995 yilning 3 iyunida boʻlib oʻtgan taʼsis qurultoyida tashkil topgan. OʻzMTDP teran milliy ruh va dunyoqarashga ega boʻlgan, ruhan va qalban vatanparvarlik gʻoyalarini, siyosiy jihatdan oʻz taqdirini oʻzi belgilashga, oʻz-oʻzini boshqarishga intilayotgan, oʻzligini anglash, milliy birlik va milliy tiklanishni muhim hayotiy maqsadlari deb ifoda etayotgan fuqarolarning qarashlari va manfaatlarini birlashtiradi. OʻzMTDP ziyolilar, milliy taraqqiyot yoʻlidan borayotgan mulkdor va tadbirkorlar, ijodiy faoliyat bilan mashgʻul intellektual mehnat sohasi vakillari, istiqlol gʻoyasiga sadoqatli yoshlar, oʻz manfaatlarini umummilliy manfaatlar bilan uygʻunlikda koʻrayotgan fuqarolar hamda partiyaning dasturiy maqsadiga xayrixoh boshqa ijtimoiy tabaqalarga suyanadi va ularning manfaatlarini himoya qiladi. Partiyaning oliy organi Qurultoy boʻlib, partiya Markaziy kengashi tomonidan kamida 5 yilda bir marta chaqiriladi. Qurultoylar oraligʻida partiyaning doimiy ishlaydigan rahbar organi — Markaziy kengash (hayʼat)dir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar partiya kengashlari partiyaning mintaqaviy tashkilotlari hisoblanadi. Shahar va tumanlarda Oʻz MTDPning shahar va tuman kengashlari faoliyat yuritadi.
2019 yil 24 yanvarda Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Yangi partiyaning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini roʻyobga chiqarishni taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi boʻlishiga erishishga koʻmaklashishga qaratilgan.
Aytish joizki, dunyoda ekologiya yoʻnalishidagi qariyb 100 ta siyosiy partiya faoliyat yuritadi. Odatda „yashillar“ nomi bilan yuritiluvchi bu partiyalar, parlament orqali ekologiya sohasidagi davlat siyosati gʻoyalarini ilgari suradi. Mazkur partiyalarning yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri global ekologik muammolarning dolzarblashuvi va sonining oshishidir. Oʻzbekistonda ekologik partiyani tashkil etish hayotiy zaruratdir. Shu sababli 2019 yilning 8 yanvar kuni Oʻzbekiston ekologik partiyasi taʼsis sʼezdi boʻlib oʻtdi. Taʼsis sʼezdida 2018 yilning 1-17 dekabr kunlari Oʻzbekiston ekologik partiyasi taʼsis sʼezdiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan delegatlar saylash boʻyicha oʻtkazilgan konferensiyalarda ekologik siyosiy partiya tuzish boʻyicha tashabbuskorlar, ekologiya va sogʻliqni saqlash sohasida faoliyat olib borayotgan jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlar, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, talabalar, OAV va keng jamoatchilik vakillari orasidan muqobillik asosida saylab olingan 250 nafar delegatlar, yaʼni ommaviy axborot vositalari va umuman keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida" gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish boʻyicha mamlakat fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllandi.
Yüklə 117,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin