«tasdiqlayman»



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə11/18
tarix23.02.2017
ölçüsü1,89 Mb.
#9544
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18

Amaliy mashg‘ulot № 6-7

Mavzu: “Diareyalar. Infeksion va noinfeksion etiologiyali diareyalarning taqqoslama tashxislash. Gipovitaminozlar. UASh taktikasi. Tor mutaxassisga yuborish yoki maxsus bo‘limga gospitalizatsiya qilishga ko‘rsatmalar. QVP yoki QP sharoitlarida davolash tamoyillari, dispanser kuzatuv, nazorat va reabilitatsiya. Profilaktika tamoyillari. Mavzuni o‘qitish tamoyillari.”
O‘qitish texnologiya

O‘quv vaqti: 6,4 soat

O‘quv mashg‘ulotlari strukturasi.

1.O‘quv tematik xona.

2.UASh xonasi.

3.O‘quv qo‘llanmalari, fantomlar, mulyajlar, tarqatma materiallar, vaziyatli masala va testlar to‘plami

4.Televizor, video apparatura, multimedia



O‘quv mashg‘uloti maqsadi: UAShni zamonaviy diagnostika savollari, taqoslama tashxis va diareya bilan bog‘liq turli i xil kasalliklarda qulay davolash usulini tanlashni, “Umumiy amaliyot shifokorining kvalifikatsion xarakteriktikasi”bo‘yicha ko‘rib chiqilgan talablar,sog‘liqni saqlashni birlamchi zvenosida bemorlarni olib borish sharoitlarini va klinik kechishining ahamiyati.

  • Pedagogik vazifalar:

  • diareya diagnostikasida savollarni ko‘rib chiqish.

  • Giper va gipokinetik diareyalar diagnostika savollarini ko‘rib chiqish.

  • Diareya bilan bemorlarni namoyish qilmoq.

  • Diareyadada klinik-laborator-instrumental tekshiruvlarni muxokama qilish.

  • Diareyaning taqoslama tashxissi

UASh kvalifikatsion xarakteristikasi doirasida taktika olib borish savollarini muhokama qilish.

  • Davolash usullarini muhokama qilish (medikamentoz va nomedikamentoz)

  • QVP va OP sharoitida bemorlarni kuzatish va monitoring o‘tkazish usullarini muhokama qilish

  • Mazkur kasalliklarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika usullarini muhokama qilish.

O‘quv jarayoni natijalari:

UASh bilishi kerak:

  • Diareya mexanizmi va kelib chiqish sabablari

  • Qabziyatni klinik ko‘rinishlari.

  • Diareya diagnostikasi .

  • Diareya taqoslama tashxissi.

  • Mazkur kasalliklarda davolash tamoillari(medikamentoz va nomedikamentoz).

  • QVP vaOP sharoitlarida bemorlarni dispanser kuzatuvi va monitoring usullari

  • Mazkur kasalliklarning birlamchi ikkilamchi va uchlamchi profilaktika usullari.

  • UASh bajara olishi kerak:

  • Diareya bilan kechadigan kasalliklarni tashhisida mavjud shikoyat va anamnezlarni e’tiborga olish.

  • Diareyani laborator­­-instrumental tekshiruvlar va klinika bo‘yicha tashhislash va qiyosiy tashhislash.




  • Diareyani davolashda medikamentoz dori vositalarini to‘g‘ri tanlash.

  • Davolashning nomedikamentoz usuli bilan konsultatsiya qilish.

QVP vaOP sharoitlarida monitoring o‘tkazish.

O‘qitish usullari

«rotatsiya» usuli, piramida, namoyish etish, video ko‘rish, munozara, suhbat, testlar va situatsion masalalar .

O‘quv ishlarini tashkillashtirish shakllari

Yakka tartibda ishlash, guruhlarda ishlash, jamoa, auditoriya, auditoriyadan tashqarida.

O‘qitish vositalari

Tarqatma o‘quv materiallari,viziual materiallar, videofilmlar, mulyajlar, grafik organayzerlar, tibbiyot kartalari komplektlari, tablitsalar, stendlar

Qayta bog‘lanish vositalari va imkoniyatlari

Blis-o‘yin, testlashtirish, prezentatsiya o‘qish vazifalarini bajarish natijalari, tibbiyot varaqalarini to‘ldirish, “mutaxassislik so‘rovnomasi”amaliy ko‘nikmasini to‘ldirish.



Mashg‘ulotning texnologik xaritasi

Mavzu: “Diareyalar. Infeksion va noinfeksion etiologiyali diareyalarning taqqoslama tashxislash. Gipovitaminozlar. UASh taktikasi. Tor mutaxassis ko‘rigi yoki ixtisoslashtirilgan kasalxonada davolashga ko‘rsatmalar. QVP yoki OP sharoitlarida davolash tamoyillari, dispanser kuzatuv, nazorat va reabilitatsiya. Profilaktika tamoyillari. Mavzuni o‘qitish tamoyillari.”




Amaliy mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakllari

O‘tkazish joyi

Mashg‘ulot davomiyligi

225

1

Kirish qismi(mavzu bilan tanishish)




10

2

Yangi pedagogik texnologiya qo‘llagan holda amaliy mashg‘ulotlar mavzularini muhokama qilish («rotatsii» usuli), shuningdek demonstratsion materiallar (tibbiyot kartalari komplektlari, jadvallar, plakatlar, rentgenogrammalar), natijaviy darajalarni aniqlash.

So‘rov, muhokama

O‘quv xonalari, UASh kabinetlari.

40

3

Muhokama xulosasi.




10

4

Amaliyot bosqichini bajarish uchun vazifani aniqlash- mutaxassislik so‘rovi. Tibbiyot varaqalarini to‘ldirishda berilgan vazifalarni bajarish uchun tushuntirish va tavsiyalar.

Muhokama

UASh xonasi

20

5

O‘qituvchi kuzatuvi ostida amaliy qismni olib borish

Mutaxassis.So‘rov,Tibbiyot varaqalarini to‘ldirish va bemorlar bilan suhbat, vaziyatli masalalar. Bemorni poliklinikada qabul qilish, uyda ko‘rik.

20

6

Bemorlarni tekshiruv taxlili- shikoyatlar, ko‘zdan kechirish, bemorlar palpatsiya, perkussiya, auskultatsiyasi, UQT,USA va bioximicheskie analiz tekshiruvi va tashhis qo‘yish.

Kasallik tarixlari,

Vaziyatli masalalarning laborator ma’lumotlari.




25

7

Talabalarni nazariy,amaliy bilimlarini muhokama qilish, materialni mustahkamlash, bilimlarni baholash darajalarini aniqlash.


Oraliq nazorat, testlar, muhokama, amaliy ko‘nikmalar.

Poliklinika o‘quv xonasi.

75

8

Amaliy mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha xulosa chiqarish,100 balli sistema asosida baholarni e’lon qilish.Keyingi mashg‘ulot uy vazifasi.(nazorat savollari)

Mustaqil ish bo‘yicha savollar va ma’lumot berish. Poliklinika o‘quv xonasi.

25

2. Mavzuni asoslash

Diareya shikoyati bilan bemorlar ko‘pincha birinchi bo‘lib UAShga murojaat qilishadi. Bu xolatda UASh etibori QVP sharoitida birlamchi yordam ko‘rsatish uchun yoki maxsus statsionarga yullanma berish uchun qabziyat bilan bog‘liq turli xil kasalliklar diagnostikasiga qaratiladi. Bu xol UASh tayyorlash dasturida ushbu mavzuni qo‘shilishiga asos bo‘ladi.



3. Fanlar aro va fan ichidagi bog‘liqlik

Anatomiya, Gistologiya embriologiya va sitologiya, Biologiya, Normal fiziologiya, Bioximiya, Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Ichki kasalliklar propedevtikasi, Tuberkulez,. Onkologiya, Rentgenologiya va Tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya.



4. Dars mazmuni

4.1. Nazariy qism

Muxokama vaqtida quyidagi momentlarga urg‘u berish.

Surunkali enteritda ichak saqlamasi passaji va motor funksiyasi buzilishi diyareya bilan kechadi. Diareya rivojlanishida 4 ta mexanizm ishtirok etadi: ichak gipersekresiyasi, ichak bo‘shlig‘ida osmotik bosimni oshishi, ichak giperekssudatsiyasi, ichak saqlamasining utishini buzilishi. Ichak motorikasini buzilishi diareya rivojlanishida ulkan hissa qo‘shadi. Ich ketishi bilan shikoyat qilgan ko‘p bemorlarda ichak saqlamasi o‘tishi tezlashishi ichakning peristaltik faoliyatiga bog‘liq bo‘lmay balki asosan ingichka ichakning distal qismlari motorikasi susayishiga bog‘liq. Rektosigmoid qism o‘ziga xos funksional sfinkter rolini o‘ynab, diareyada u bo‘shashadi, yetishmovchiligi yuzaga keladi: sigmentlovchi qisqarishlar to‘xtashi yoki susayishi yug‘on ichak bo‘ylab axlat passiv xarakati va “axlat ustunlari” xosil bo‘ladi. Ko‘p bemorlarda diareya ichak motor funksiyasi kuchayishi bilan kechadi. Bu termin bilan axlat ajralishining soni ortishi(sutkada 3 martadan ko‘p), axlatning normaga nisbatan miqdorini ko‘payishi suyuq kelishiga

Ichak gipersekresiyasi ichakdagi elektrolitlar balansi buzilishi bilan kechadi.Sekretor diareyaga ko‘proq vabo xos.Sekretor diareya suyuq axlat, polifekaliya, steatoreey uzun uglerod zanjirli yog‘ kislotalari xisobiga, natriya, kaliya, xlorning axlat bilan ko‘p chiqishi, metabolik atsidoz, axlatda yuqori rN bilan kechadi .

Ichak bo‘shlig‘ida osmotik bosim oshishi quyidagi xolatlarda kuzatiladi: 1) uglevodlar xazm bo‘lishi va so‘rilishining buzilishi; 2) so‘rilish buzilishi sindromi; 3) osmotik aktiv moddalar ichakka ko‘p tushishi (tuzli ich yumshatuvchilar, sorbitola). Osmotik diareya ich suyuq kelishi, polifekaliya, qisqa zanjirli yog‘ kislotalar va sut kislotasi oshishi, elektrolitlarning kam miqdorda yo‘qotilishi, axlat rN kam o‘zgarishi.

Ichak saqlamasi o‘tishi tezlashishi gormonal va farmakologik stimulyatorlar; (serotonin, prostaglandinlar, sekretin, pankreozimin, gastrin); tranzitning nevrogen stimulyatsiyasi ; ichak evakuator faoliyati tezlashishi, ichak bo‘shlig‘i bosimi ortishi. Bunday xolatlar asosan funksional diareyalarda kuzatiladi. Bunda axlat kam miqdorda, shilliq aralash, ertalab ovqatdan keyin, ko‘proq to‘lg‘oqsimon og‘riqlar bilan kechadi

Diareyalarni davolash: dieta 4b, aglyutenli dieta, ichak eubiozini tiklash; ferment preparatlar, adsorbentlar, qamrab oluvchilar, ortiqcha organik kislotalarni bog‘lovchi preparatlar; perestaltikani sekinlashtiruvchi preparatlar; antisekretor preparatlar.

"Rotatsiya" metodi qanaqa o‘tkaziladi.

Maqsad: Talabalarni o‘tilayotgan mavzuga oid bilimlarini nazorat qilgan xolatda ularni barchasini o‘quv jarayoniga jalb qilish

Metodikaning asosiy ko‘rinishi.

Auditoriyada bir necha nomerlangan mashqlar osib qo‘yiladi. Xar bir kichik gurux (2-3 kishi)ga 10 daqiqa vaqt muxokama uchun beriladi, xar bir mashq uchun keyin jamoa bo‘lib javoblar ichidan sifatlisini tanlab olinadi

Diareyaning differensial diagnostikasi:

1.Diareyani kelib chiqishida qaysi mexanizmlar qatnashadi.

2.Diareya diagnostikasida qanday laborator-instrumental metodlar qo‘llaniladi.

3. Osmotik diareya xarakteristikasi.



Javoblar:

1. Diareya rivojlanishida 4 ta mexanizm ishtirok etadi: ichak gipersekresiyasi, ichak bo‘shlig‘ida osmotik bosimni oshishi, ichak giperekssudatsiyasi, ichak saqlamasining utishini buzilishi.

2. OAK, umumiy axlat taxlili, axlat bak. ekmasi va antibiotiklarga sezgirlikni aniqlash, axlatni disbakteriozga tekshirish, qon va siydikda diastaza , serologik reaksiyalar, OIT rentgeni .

3. Osmotik diareya ich suyuq kelishi, polifekaliya, qisqa zanjirli yog‘ kislotalar va sut kislotasi oshishi, elektrolitlarning kam miqdorda yo‘qotilishi, axlat rN kam o‘zgarishi. .






Baxo

A’lo

Yaxshi

Qoniqarli

Qoniqarsiz

Yomon




O‘zlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan past

2

Nazariy qism

50-43 ball

42,5- 35,5 ball

35- 27,5 ball

27-18,5

ball

18 ball

4.2 Analitik qism

Vaziyatli masala:

1). 38 yoshli ayol qorinnig chap yarmida kuchli to‘lg‘oqsimon og‘riq, vaqti_vaqti bilan suyuq ich ketishi shilliq va qon iplari bilan, tenezmlar, qorin dam bo‘lishi, tana haroratining 38,50S, ozish, umumiy holsizlik. 6 yildan beri kasal. Kasallikni avjlanishi baxor va kuz oylarida. 3 xafta davomida axvoli og‘irlashgan. Ob’ktiv ko‘rikda bemor oziqlanishi kam, rangpar, holsiz. O‘pkada vezikulyar nafas. Yurak tonlari bug‘iqlashgan, YuQS va puls 86 ta AD 90/60 mm sim.ust. Palpatsiyada qorinning o‘ng yonbosh soxasida og‘riq aniqlanadi.Jigar va taloq kattalashmagan.

1.Yuqoridagi simptomlar bilan kechuvchi 4 tadan ortiq kasallikni sanang-15 ball .

2.Taxminiy tashxisingiz-25 ball.

3.Bu patologiyada umumiy axlat taxlilida qanaqa o‘zgarishlar xos-15 ball.

4.Bu patologiya uchun xos endoskopik o‘zgarishlar -25 ball.

4.UASh taktikasi va davolash tamoillari-20 ball.





Javoblar

Ball

1

Surunkali kolit, NYaK, Kron kasalligi, dizenteriya.

15

2

NYaK

25

3

Axlat suyuq shilliq va yiring bilan, koprologiya: leykotsitlar, eritrotsitlar.

15

4.

Giperemiya, shish, qonash, eroziya va yara, shilliq qavatlar yupqalashish va rangparlik.

25

4

Statsionar davolash uchun mutaxassisga yuborish, davolash: 5- ASK (sulfalazin), peroral kortikosteroidlar .

20


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin