Termiz – 2020 mund а r I j а



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə102/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

Birinchi bosqich (1991-1995 yy.) – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, bir palatali Oliy Majlisni ko‘ppartiyaviylik asosida shakllantirish davrini o‘z ichiga oladi.

Bu davrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi (1991 yil 18 noyabr), O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabr), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi (1993 yil 28 dekabr), “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi (1994 yil 5 may), “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (1994 yil 5 may) qonunlarning qabul qilinishi umume’tirof etilgan taomoyillar asosida ko‘ppartiyali, muqobil saylovlarni tashkil etishning huquqiyasosini yaratdi.

Bu bosqichda 1994 yil 5 mayda muhim hujjat – “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirish va ularning o‘z xohish-istaklarini erkin ifodalash mexanizmini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.

Yangi saylov qonunchiligi amaliyotda 1994 yilda ko‘ppartiyalilik asosida o‘tkazilgan parlament saylovlarida sinab ko‘rildi. Uning natijasida birinchi chaqiriq Oliy Majlis uchta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari, tashabbuskor guruhlar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar asosida saylangan deputatlardan shakllandi. Shu asosda, konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmlar orqali yagona partiyaning “yetkachilik roli”ga asoslanuvchi “sho‘ro” siyosiy tizimidan demokratik shakllangan, ko‘ppartiyaviylikka tayanadigan milliy parlament vujudga keldi.




Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin