Termiz – 2020 mund а r I j а



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə74/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

Okkultizm – bu ta’limotda muhim rol o‘ynadi va dunyoviy maqsadlar yo‘lida siyosiy pozitsiyasini belgilab berdi. Ariosophy fantaziyasi kelgusida vujudga keladigan elitarlik va tozalik, ming yillikning oltin millati mafkurasini shakllantirga yo‘naltirildi. Yangi zamon davri milliy doktrinasining rivojlanishi qiziqtirgan. Amerikalik tarixchilar K. Xayesva G. Kon, britaniyalik g‘oyalar tarixchilari E. Keduriva K. Minog hamda faylasuflar I. Berlin va Dj. Plamenas, shuningdek, Avstraliyalik g‘oyalar tarixchisi Yu. Kamenka mana shu yo‘nalish vakillariga mansubdir. Ushbu yo‘nalish vakillari ishlarining o‘ziga xos jihati bularda Ikkinchi jahon urushi davrida yevropacha va osiyocha tajovuzkor millatchilikni kuzatishdan kelib chiquvchi, tahliliy emas balki asosan me’yoriy ahamiyatga (g‘arbiy/shimoliy, fuqarolik/etnik, siyosiy/madaniy, liberal/avtoritar, maqsadga munosiblik/ hissiylik va h.k.) ega bo‘lgan ideal-tipik taqqoslashlarningko‘pligidir.

XX asr o‘rtalarida mustamlakadan chiqish jarayonining avj olishi milliy qurilish modernizatsiyasi va konsepsiyasining turli nazariyalarini (“uchinchi jahon” mamlakatlarining “quvib yetuvchi rivojlanish” jarayonida siyosiy va fuqarolik madaniyatini yaratish) ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy tadqiqotchilarni millatchilikni o‘rganishga undadi. Amerikalik sotsiolog K. Doych milatchilikni an’anaviy jamiyatdan zamonaviy jamiyatga o‘tishda aholining tegishli safarbarligi va aloqasini ta’minlovchi ijtimoiy birlashuv vositasi deb hisoblagan. Britaniyalik ijtimoiy faylasuf E. Gellnerning tuzilmaviy-funksional yondashuvida millatchilik siyosiy qonunchilik tamoyili sifatida tushuniladi, bu tamoyilga binoan “siyosiy va milliy birlik mos kelishi lozim”.

Millatchilik sanoatlashgan jamiyatningfunksional ehtiyojlariga javob bera oladigan standartlashgan va bir turdagi milliy madaniyatni vujudga keltirdi. Yangi davlatlardagi milliy loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qiyinchiklar tadqiqotchilarni ushbu muvaffaqiyatsizliklarni ko‘rib chiqishga undadi. An’anaviy jihatdan“primordialistlarga” mansub bo‘lgan K. Girs va U. Konnorumumiy kelib chiqish va qarindoshlik hislariga (bunday hislar “primordial” yoki “azaliy” nomini olgan) asoslangan shaxslarning millatga mansubligi va unga sodiqligi tushuniladigan (etno) millatchilikning “uchinchi dunyo” mamlakatlarida keng yoyilishini ko‘rsatib berdilar. “Qarindoshlik” millatchilikda aniq emas balki tasavvurdagi xususiyatga ega bo‘lganligi bois primordializm sub’ektiv ijtimoiy-psixolgik hodisadir. Ayni vaqtda ijtimoiy-biologik paradigma bilan bog‘liq va primordialistcha qarashlarga tayanuvchi ayrim tadqiqotchilar (P. van den Berge i F. Rashton) millatchilikning ob’ektiv biologik va irsiy kelib chiqqanligini isbotlashga urindilar.

1970-1980-yillarda qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar rivojlanib borishi bilan tarixiy sotsiologlar va ijtimoiy tarixchilarmillatchilikni o‘rganishga yaqinlasha boshladilar, butadqiqotchilar millatchilikning faqat O‘ttiz yillik urushdan keyin shakllangan milliy davlatlarningevropacha tizimiga hamda bu tizim doirasidagi siyosiy byurokratiyaning faoliyatiga emas balki umuman dunyoviy tizimga bog‘liq ekanini ko‘rsatishga intildi.


Bunday yondashuvning yorqin nomoyondalari M. Mann, S. Rokkan va Ch. Tillidir. Bularga sotsiolog E. Giddens va tarixchi Dj. Broyilarning yondashuvlari yaqin turadi. Tadqiqotchilar T. Neyrn va M. Xekter notekis rivojlangan va “ichki mustamlakachilikka” ega bo‘lgan milliy davlatlarda shakllangan millatchilikning vujudga kelishini izohlab berdilar.

Britaniyalik tarixchilardan E. Xobsbaumning nuqtai nazariga ko‘ra, millatchilik milliy davlat siyosatining oqibati emas balki uni yaratishga yo‘naltirilgan va milliy an’analarni “ixtiro qilish” hamda ommaviy ishlab chiqarishga tayanuvchisiyosiy-mafkuraviy dastur edi.

A.Smit esa millatchilikning etno ramziy konsepsiyasini rivojlanirib kelmoqda,u millatchilikni etnik jamoalardan meros bo‘lib qolgan ramzlar va afsonalarning keng imkoniyatlariga tayanuvchi mafkuraviy harakat sifatida ko‘rib chiqadi. Sovet ittifoqi tanazzulidan so‘ng va Yugoslaviyada yuz bergan millatchilik to‘lqinlariga javob sifatida 1990 yillarda tabiiyki bu hodisaga tadqiqotchilarning qiziqishi orta boshladi.

London iqtisodiyot maktabi qoshida Elatchilik va millatchilik tadqiqotlarining professional uyushmasi va “Millatlar va millatchilik” ixtisoslashgan jurnali tashkil etildi. Postkolonial (P. Chatterjdi, X. Baba), feministik (N. Yuval-Devis, S. Uolbi) va adabiyotshunoslik (T. Brennan) nazariyalari bilan bog‘liq yangicha usullar qo‘llana boshladi va tadqiqotning yangi yo‘nalishlari ishlab chiqila boshladi.

Germaniyaning birlashuvi va Kanada hamda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida sub’millatchilik harakatlarining vujudga kelishi “liberal millatchilik” (M. Kanovan, U. Kimlika, N. Makkormik, A. Margalit, D. Miller, M. Mur, Yu. Tamir) va“konstitutsiyaviy vatanparvarlik” (Yu. Xabermas) muammolari bilan bog‘liq ijtimoiy va siyosiy faylasuflar o‘rtasida keskin bahslarni keltirib chiqardi. 1990-2000 yillarda millatchilikni mafkuraviy izohlashga maqsadga munosib tanlash nazariyasi vakillari (A. Azzi, Dj. Koulmen, X. Midvel, U. Pagano, R. Xardin, M. Xekter) keskin qarshi chiqa boshladilar, ular millatchilikda mafkuraning belgilovchi rolini rad etgan holda milliy jamoaviy harakatlardagi ayrim ishtirokchilarning hal qiluvchi ahamiyatini yoqlab chiqdilar. Bugungi kunda mazkur yondashuvning yetarli darajada tanqidiy baholanmayotganligi millatchilik eng avvalo mafkuraviy hodisa deb hisoblovchi tadqiqotchilar oldiga bu yondoshuvning izohlash salohiyatlarini tahlildan o‘tkazish vazifasini qo‘ymoqda. Shunday qilib, millatchilik borasidagi aksariyat tadqiqotlarning asosiy mushkiloti mafkurani ommaga sezdirmay boshqarish vositasi sifatida cheklangan tushunishdan va millatning ikki konsepsiyasi zamonaviy nazariyasi ishlanmalariga e’tiborsizlikdan kelib chiqmoqda.

1) Millatchilikning yakka hukmronlik formatsiyasi vujudga kelishida “millat”ni anglatuvchi tushuncha bosh rolni o‘ynaydi. “Millat”ni anglatuvchi “bekorchi” so‘z “eskicha” va mustamlaka tartibotlarining qarama-qarshiligi asosidagi ijtimoiy hayotning geterogen sohasida tenglikning har xil silsilasi vujudga kelishiga imkon yaratadi. Millatchilik yakka hukmronligi qaror topgandan so‘ng “millat” tushunchasi mavhum tushunchaga aylanadi va bu tushunchaga muayyan ma’noni qisman birlashtirish uchun turli mafkuralar (konservativ, liberal, sotsialistik) o‘rtasidagi kurash sohasiga aylanadi.

2) Millatchilik asosida milliy mustaqillik doktrinasini “milliylashtirish” natijasida XVIII asr oxirida shakllangan milliy mustaqillik g‘oyasi qaror topdi. Hozirgi zamonda shaxslar o‘rtasidagi makondagi aloqalarga (makondagi umumiylik) asoslanuvchi hokimiyat manbai xalq ekanligi haqidagi g‘oya avlodlar o‘rtasidagi vaqtincha aloqalarni (tarixiy umumiylik) asoslash uchun qo‘llaniladigan millat g‘oyasi bilan to‘ldiriladi. Millatchilikda millatni o‘z “taqdirini” mustaqil siyosiy belgilashga da’vogar bo‘lgan tarixiy xalq sifatidagi tasavvur vujudga keladi.

3) Millatchi sub’ektni ishlab chiqish va yaratishni belgilovchi millatchilik sub’ektlashtiruvida mafkuraviy interpelyatsiya hal qiluvchi ahamiyatga ega. Diskurs va sub’ekt o‘rtasida aloqa o‘rnatuvchi bu jarayon sinfiy hususiyatga ega emas va millatga nisbatan to‘la mafkuraviy e’tiqodi bo‘lgan millatchi sub’ektni yaratmaydi.Bo‘sh ob’ektni to‘la ramzlashtirishga layoqatsiz bo‘lgan millatchi interpellyatsiya millatchilik fetishlari va fetishli marosimlar vujudga kelishini ko‘zda tutadi. Millatchi sub’ekt fetishlar va marosimlarga nisbatan hissiy e’tiqodga ega, u bularga nisbatan to‘la mafkuraviy ishonchga ega. Xullas, XXI asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat murakkab va ko‘p ma’noli mafkuraviy hodisa sifatidagi millatchilikning o‘ziga xosligini mulohazadan o‘tkazish muammosini dolzarblashtirib qo‘yadi, shu asnoda reduksion izohlarga e’tibor bermaydi. Ikki asrdan ko‘proq vaqt davomidagi millatchilik tarixi uni mutlaqo bir iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy yoki boshqacha izohlovchi tamoyilga taqashning imkoni yo‘qligidan dalolat bermoqda, chunki bunday holatda taklif etilayotgan izohlarning epistemologik qiymatini shubha ostiga qo‘yuvchi ko‘plab istisnolar vujudga keladi. Bunday holatlarda millatchilikni uning imkoniyatlari sharoitlarini tasvirlovchi hamda uning rivojlanishini belgilovchi mantiq nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ygan va hodisaning o‘zgarmas “mohiyatini” ozmi ko‘pmi to‘liq darajada ifodalovchi ideal-tipik sxemalar yaratishdan bosh tortuvchi nazariyalar eng maqbul bo‘lib chiqadi. Bu nazariyalarning farqli jihati millatchilikning mazmuniga emas balki shakliga alohida urg‘u berishdan iboratdir.



Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin