Tiplarni dinamik tarzda


RowCount – qatorlar soni Rows



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə108/131
tarix16.05.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#114156
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   131
Tiplarni dinamik tarzda

RowCountqatorlar soni
Rows - obʻyekt qatorlari uchun xususiyatlarni o‘rnatish uchun alohida muloqot oynasi ochiladi.
flowLayoutPanel komponentasi. flowLayoutPanel ketma ketlik kabi tartiblangan panellar to‘plami orqali elementlarni birlashtirish obʻyektidir.
Anchor - obʻyektni aftor yoki oyna bo‘yiyaa tartiblab joylashtirish xususiyatlarini tanlaydi. Uning to‘rtta qiymati o‘ng, chap, yuqori, past boryu Bularning o‘zaro aralashuvidan foydalaniladi.
Backcolor - obʻyektning fon xususiyati rangini o‘rnatadi.
AutoSize - xususiyati true/false qiymatlarni qabul qiladi. Elementlarning o‘lchamlariga mos obʻyektga o‘zlcham ajratadi.
WrapContents – obʻyektda sontentlarni ketma ketligini ustuvor qilish yoki qilmaslikni o‘rnatadi. Xususiyat true/false qiymatlarni qabul qiladi.
Bu qo‘shimacha komponentalarning xususiyatlari haqida maʻlumotlarni berildi. Ularning hodisalari bir biriga o‘xshash bo‘lib, standart komponentalarningdan farqi juda kam. Shuning uchun hodisalarga to‘xtalaib o‘tirmaymiz. Shuningdek, qo‘shimacha komponentalar juda ko‘p, buni ko‘rish uchun Tollbox oynasiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va [Shown All] buyrug‘ini tanlang.
System komponentasining xususiyatlari va hodisalari. Bu komponentalarga asosan operatsion tizim bilan ishlaydigan komponentalar kiradi. Ularni xususiyatlari murakab hisoblanadi. Chunki birgina menyu yaratish uchun standart va qo‘shimcha komponentalar ham foydalaniladi. Shuning uchun umumiy holda bu komponentalarning vazifalarini keltirib o‘tamiz.
Masala. Oynada ikkita kontkst menyu yaratish kerak. Birinchisi oyna uchun, ikkinchisi RichTextBox obʻyekti uchun bo‘lsin. Birinchi kontekstda oyna yopish, kattalashtirish, kichiklashtirish, yig‘ishtirish, tugmachaolarni yoqish va o‘chirish bo‘yruqlari bo‘lsin. Ikkinchi kontekstda matnni tahrirlash uchun buferga nusxalash, buferga nusxalash va o‘chirish, nusxa qo‘shish, obʻyektni tozalash, gorozantal va vertikal harakatlanish tugmachalarni qurish va o‘chirish amallari bo‘lsin.
Yangi loyiha yaratamiz va bir oyna bo‘ladi. Oynaning bir chetiga RichtextBox ni o‘rnatamiz. Menyu va uskunalar tabidan contextMenuStrip obʻyektidan ikkita o‘rnatamiz. Ular formada ko‘rinmasligi mumkin. Ular loyihaning ishchi maydoni pastki qismida joylashadi (10.12-rasmga qarang).

10.12-rasm. contextMenuStrip obʻyekti o‘rnatilgan ko‘rinishi.
Bularni kerakli obʻyektlari bilan bog‘laymiz. Oynaga birinchi kontekst menyuni [contextMenuStrip1], [RichTextBox1] obʻyektga ikkinchi kontekst menyuni [contextMenuStrip2] o‘rnatamiz. Buning uchun oynaning [ContextMenuStrip] xususiyatiga [contextMenuStrip1] ni va RichTextBox1] obʻyektning [ContextMenuStrip] xususiyatiga [contextMenuStrip2] ni o‘rnatamiz. Agar bitta kontekstni ikkita obʻyektga o‘rnatilsa, kontekstning buyruqlarga joriy qilingan algoritmlarni bajaraveradi.
O‘rnatilgan kontekst menyu obʻyekti [ContextMenuStrip] xususiyati uchun ichki xususiyatlarni, yaʻni [contextMenuStrip] xususiyatlarni o‘rnatish uchun ochib beradi. Bu xususiyatlarni hammasiga to‘xtalib o‘tmaymiz. Faqat Items xususiyatiga to‘xtalamiz. Shu xususiyat tanlanganda quyidagicha moloqot oynasi chiqadi(10.13-rasmga qarang).

10.13-rasm. Kontekst menyu buyruqlarini o‘rnatish.
Eʻtibor qaratsangiz, muloqot oynasida qilingan o‘rnatishlar muloqot oynasida emas balki asosiy oynada ko‘rinadi. Agar bu muloqot oynasida ishlash noqulay bo‘lsa, asosiy ishchi maydonda ham ishlash mumkin.
Buning kerakli kontekst menyu obʻyekti uchtiga sichqonchani bir marta bosilsa, oynada kontekst menyu hosil bo‘ladi (10.14-rasmga qarang).

10.14-rasm. Oynada kontekst menyuga ishlov berish.
[Type Here] tugmasi orqali joriy [MenuItem], [ComboBox], [Separator], [TextBox] - 4 ta elementlarni qo‘shish mumkin. Qo‘shilgan har bir elementning o‘ng tugmasini bosib, u bilan maʻlum bajarilishi mumkin bo‘lgan amallari bajarish mumkin. Shuningdek, [properties] degan xususiyatlarga olib kiradi. [Text] - xususiyatiga kirib buyruk nomini berish mumkin. Agar harf bilan murojjat qilishni xoxlasangiz, kerakli harf oldiga [&] belgisini qo‘yish kerak. Inteaktiv tugma o‘rnatish uchun esa [ShortcutKeys] xususiyatiga kerakli tugmalar kombinatsiyasini o‘rnatish mumkin. Ikonka o‘rnatish uchun [Image] xususiyatga kerakli rasmni o‘rnatish mumkin. Shunday qilib kerakli barcha buyruqlarni amalga oshirish mumkin. Buyruqlarni guruhlash uchun [Separator] komponentasini tanlash kerak. Buyruqlarga algortim yozishsh uchun ularni ustiga sichqonchani ikki marta bosish yetarli yoki hodisalariga kirib hodisasiga yozish mumkin.
Agar yuqorida kontekst menyuga ishlov berish tushunarli bo‘lgan bo‘lsa, masalani o‘zingiz tugatib qo‘ying. Agar ketma ketlik asosida bajarsangiz albatta masalani hech bo‘lmasa, algoritmlarsiz hal qilishingiz lozim.

NAZORAT SAVOLLARI


        1. Nima Toolbox oynasi uchun xizmat qiladi va 5 ta bo‘limdan iborat.

        2. [List View] va [Show All] buyruqlari nima uchun kerak.

        3. Toolbox interaktiv oynasi nechta komponenta muvjud?

        4. Toolbox interaktiv oynasi komponentalarining o‘rnini almashtirish va qayta nomlash mumkinmi?

        5. Komponenta xususiyatlarining asosiy nechta guruh bor.

        6. Komponentalarning Focus guruhi nima uchun ishlatiladi.

        7. Asosiy oynaga qo‘shishlgan komponentalar ro‘yxatini qaerdan ko‘rish mumkin.

        8. Oynaning InitializeComponent funksiyasida ham komponentalarning xususiyatlari ko‘shilganini ko‘rish mumkinmi?

        9. Komponentaning nechta usullari (methods) va hodisalari (events) guruhi

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin