Tiplarni dinamik tarzda



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə109/131
tarix16.05.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#114156
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   131
Tiplarni dinamik tarzda

11- MA’RUZA


MAVZU: Muloqot oynalari bilan ishlash.
Reja:

  1. Visual C++ muhitida muloqot oynalari.

  2. Muloqot oynalarini sozlash.

  3. Muloqot oynalari boshqarish elementlari.

  4. Muloqot oynalarini yaratish.

Foydalanuvchilar bilan tizimning muloqotini interaktiv amalga oshiri uchun muloqot oynalari kerak. Muloqot oynalari 3 ta katta guruhlarga bo‘linadi. Tizimli, yaʻni OT bilan ishlashga mo‘ljallangan, interaktiv xabarlarni berish va aniq javoblarni olish uchun mo‘ljallangan, dasturchining yoki foydalanuvchining tashabbusi bilan yaratiladigan muloqot oynalari bor.
Visual C++ muhitida muloqot oynalari. Yuqorida aytib o‘tilgandek, muloqot oynalari yaratish ularni maqsadlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu oynalarning o‘zining talablari mavjudki, shu talablar bajarilsa, u muloqot oynasi bo‘la oladi. Bu talablarga quyidagilar kiradi:

  1. Muloqot oynasining sarlavhasi bo‘lishi va unda faqat oynani yopish tugmasining bo‘lishi lozim, tizimli menyu va boshqa tugmalar bo‘lishi mumkin emas. Istesno tariqasida baʻzi hollarda, yordam tugmasini joylashtiish mumkin.

  2. Muloqot oynasi teskari aloqaga mo‘ljallanganligi uchun, uni shartini bajarmasdan tizimning boshqa oynasiga o‘tish mumkin emas.

  3. Teskari aloqaning bir nesta turlarini amalga oshiruvchi tugmalar bo‘lishi kerak.

  4. Muloqot oynalar asosiy oynadan har doim kichik bo‘lshi shart.

  5. Muloqot oynaning asosiy maqsadi aniq kelitrilishi kerak, yoki turi, nima munosabat uchun muloqot oynasi chiqqanligi.

  6. Muloqot oynasidan boshqa muloqot oynasiga o‘tish mumkin emas, asosiy oynaga o‘tish lozim.

  7. Muloqot oyna murojaat qilinganda yaratilishi va teskari aloqa qabul qilingandan so‘ng xotiradan o‘chirib tashlanishi lozim.

  8. Muloqot oynaga dinamik xotiralar bo‘lishi mumkin emas.

Ushbu talablarni bajargan har qanday oyna muloqot oynasi hisoblanadi.
Visual C++da OT bilan muloqot qilishga mo‘ljallangan muloqot oynalariga [Dialogs] tab dagi va [Printing] tab dagi barcha komponentalar kiradi (11.1- rasmga qarang).

11.1-rasm. Tizimli muloqot oynalariyaratish komponentalari.
Visual C++ning hujjatlariga qarasangiz tizimli muloqot oynalari uchun yagona muloqot oynalari ro‘yxati tuzilgan. Bu ro‘xatga quyidagi jadvalga keltirilgan komponentalar kiradi.



Komponenta nomi

Vazifasi

1



ColorDialog

Foydalanuvchilar interfeys elementi rangini o‘rnatish imkonini beruvchi ranglar palitrasi uchun muloqot oynasini ko‘rsatadi.

2



FontDialog

Foydalanuvchilarga kerakli komponenta uchun shrift va uning xususiyatlarini o‘rnatish imkonini beruvchi muloqot oynasini ko‘rsatadi.

3

OpenFileDialog

Foydalanuvchilar uchun faylni tanlash imkonini beradigan muloqot oynasini ko‘rsatadi.

4



PrintDialog

Foydalanuvchilarga printerni tanlash va uning xususiyatlarini o‘rnatish imkonini beruvchi muloqot oynasini ko‘rsatadi.

5



PrintPreviewDialog

Foydalanuvchilar uchun chop qilishda PrintDocument boshqaruv elementining ko‘rinishining ko‘rsatish imkonini beradigan muloqot oynasini ko‘rsatadi.

6

FolderBrowserDialog

Foydalanuvchilar uchun papkalar ko‘rish, yaratish va tanlash imkonini beradigan muloqot oynasini ko‘rsatadi.

7

SaveFileDialog

Foydalanuvchilar uchun faylni saqlash imkonini beradigan muloqot oynasini ko‘rsatadi.

Bu komponentalar maxsus xususiyatga asoslagan koponentalar bilash ishlatiladi.
Interaktiv xabarlarni berish va aniq javoblarni olish Visual C++ da MessageBox sinfi mavjud. Bu sinf bilan barcha ixtiyoriy turdagi muloqot oynalari yaratish mumkin. Sinfning nomlar fazosi System.Windows.Forms bo‘lib hisoblanadi va kutubxonasi System.Windows.Forms.dll hisoblanadi. Bu muloqot oynasi forma sinfining meros xo‘ri hisoblanadi. Unda 21 ta turli kombinatsiyali show funksiyachi bor. Uning quyidagi parametrlari bor.
Bu paramertlarning o‘ziga mos qiymatlari oldindan aniqlab berilgan bo‘lib, oddiy sodda ko‘rinishda muloqot oynasini yaratish imkoni beradi. Keyinroq bu sinf paramertlari qiymatlari va ularga ishlov berishni ko‘rib chiqamiz.
Foydalanuvchi tomonidan yaratiladigan muloqot oynasi forma kabi yaratiladi va ularni loyhalash dasturchining yoki foydalanuvchining xoxishiga qarab amalga oshiriladi. Interaktiv muloqot oynalari kabi interaktiv tugmalarni yaratish va ularni boqarish, kerakli maʻlumotlarni olish uchun ishlatiladi. Shuni ham inboatga olish keraki yaratiladigan muloqot oynasi talablarga mos kelishi kerak. BU talablarni amalga oshirish uchun formaning xususiyatlariga ishlov berish, lohim bo‘lsa, asosiy oynda kerakli xususiyatlarni o‘rnatish mumkin. Bunda ham formaning show usuli mavjud bo‘lib. Shu orqali forma chaqiriladi.
Sinfning nomlar fazosi System.Windows bo‘lib hisoblanadi va kutubxonasi PresentationFramework.dll hisoblanadi. Bu muloqot oynasi forma sinfining meros xo‘ri hisoblanadi.
.NET 5 Preview 1, .NET Core 3.1, 3.0 va .NET Framework 4.8 4.7.2
4.7.1 4.7 4.6.2 4.6.1 4.6 4.5.2 4.5.1 4.5 4.0 3.5 3.0 variantlarida qo‘llab quvvatlanadi. Foydalanuvchi muloqot oynalarini yartaishni keyinroq batavsil ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin