Toshkent 2020 yil


Toza havo tarkibida uchraydigan gazlarning ulushi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Toza havo tarkibida uchraydigan gazlarning ulushi
(VIII.4.1-jadval). 
t/r 
Toza havo tarkibida uchraydigan 
gazlar 
Atmosferadagi ulishi 

Azot
78,10% 

Kislorod
20,93% 

Argon
0,93% 

Uglerod to‗rt oksidi
0,03-0,04% 

Kripton
0,0001% 

Geliy 
0,0005% 

Ksenon
0,00001% 

Vodorod
0,01% 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
159 
Qattiq, suyuq va gazsimon chiqindi moddalar atmosferaning tabiiy 
tarkibini o‗zgartirib yuborishi - havoning ifloslanishi deyiladi.
Eng ko‗p tarqalgan va xavfli chiqindilar 8 ta toifaga birlashtirilgan: 
1.
 
Muallaq moddalar
. Ular boshqa ifloslovchilarni o‗zida eritib yoki o‗z 
yuzasida adsorbtsiyalab tashiydi. 
2.
 
Uglevodorodlar va boshqa uchuvchan organik birikmalar

3.
 
Is gazi (CO); 
4.
 
Azot oksidlari ;
5.
 
Oltingugurt oksidlari, asosan oltingugurt (IV) oksidi (SO
2
); 
6.
 
Qo‗rg‘oshin va boshqa og‘ir metallar; 
7.
 
Ozon va boshqa fotokimyoviy oksidlovchilar; 
8.
 
Kislotalar, asosan oltingugun va azot kislotalari

Atmosfera chiqindilari va havoning tabiiy aralashmalari murakkab o‗zaro 
ta‘sirga kirishadilar, yuviladilar va hokazo. Shaharlar atmosferasidagi bunday 
o‗zgarishlarning asosiy sabablari - havoning organik moddalar (asosan neft 
uglevodorodlari bilan) va yuqori haroratli yonish natijasida paydo bo‗ladigan azot 
oksidlari bilan ifloslanishidir. 
―Havoni ifloslovchi modda yoki bir necha moddalar odamlar, hayvonlar, 
o‗simliklar va mol-mulkka ziyon yetkazadigan yoki, shunga olib keladigan 
miqdorda va vaqt davomida atmosfera saqlaydigan yoki, inson salomatligi va 
mulkiga hisoblab bo‗lmaydigan zarar yetkazishi mumkin bo‗lgan hollarda 
havoning ifloslanganligi haqida gapirish mumkin‖. 
Shuningdek, Atmosfera havosi tarkibida xam mikroorganizmlar mavjud 
bo'lib, ular turli omillar ta‘sirida uzoq masofaga tarqalishi mumkin. Shu bilan 
birga, ushbu havodagi mavjud mikroorganizmlarning qanday o'zgarishi va 
antropogen faoliyatning turli mintaqalarida mikroblarning tarqalishiga qanday 
omillar ta'sir qilishi to'g'risida hali aniq o‗rganilmagan. Bundan tashqari, ushbu 
havoni ifloslantiruvchi moddalarning shahar hududidagi kontsentratsiyasi qishloq 
joylaridagi ko'rsatkichdan 1,5 baravar ko'p. Bu shuni anglatadiki, atmosferani
ifloslantiruvchi moddalarning asosiy sababchisi bo'lgan antropogen faollik shahar 
atrofidagi havoda yashaydigan bakteriya va zamburug'larning o'xshashligiga ta'sir 
ko'rsatadi
36
.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin