Toshkent 2020 yil


Kanalizatsiya tarmoqlarining turlari



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Kanalizatsiya tarmoqlarining turlari: 
Kanalizatsiya turlari kanalizatsiya 
shoxobchalari o‗rnatiladigan ob‘ektlarning turlariga bog‘liq. Jumladan, xo‗jalik 
chiqindi suvlari kanalizatsiyasi shoxobchalari xonadonlarda, turar joylarda 
aholining hayotiy faoliyati oqibatida paydo bo‗ladigan chiqindi iflos suvlarni 
o‗ziga qabul qiladi va tozalash inshootlariga oqizadi. YOki sanoat korxonalari 
kanalizatsiyasini olaylik. Bu kanalizatsiya sanoat korxonalaridan hosil bo‗lgan 
chiqindi suvlarni o‗ziga qabul qiladi. 
Ma‘lumki, hozirda juda ko‗p sanoat korxonalari o‗zlarining texnologik 
jarayonida ko‗p miqdorda suv ishlatiladi, pirovardida bu ishlatilgan suvlar iflos 
chiqindi suvlarga aylanib o‗z tarkibida rang-barang kimyoviy moddalarni ushlaydi. 
Yog‘in suvlari uchun alohida kanalizatsiya tarmoqlari mavjuddir. Ular 
yomg‘ir, qor, ko‗chalarni yuvish natijasida paydo bo‗ladigan chiqindi suvlarni 
qabul qiladi va tozalash inshootlariga uzatadi. Bu kanalizatsiyalarning turlari bir 
biriga bog‘lanmagan holatda alohida-alohida qurilishi mumkin. Ammo ba‘zi bir 
kanalizatsiyalarning suvlarini bir biriga qo‗shib yuborib umumiy kanalizatsiyaga 
tashlash mumkin. Masalan, xo‗jalik axlat chiqindi suvlari bilan yog‘ingarchilik 
oqibatida paydo bo‗ladigan suvlarni qo‗shish mumkin. 
Sanoat korxonalarining chiqindi suvlari xo‗jalik axlat chiqindi suvlariga 
tarkibi tomondan to‗g‘ri kelsa, kanalizatsiya quvurlariga zarari tegmasa, tozalash 
inshootlari ishini buzmasa, bunday chiqindi suvlarni qo‗shib oqizilishi mumkin. 
Aks holda sanoat korxonalari suvlari uchun alohida kanalizatsiya yotqizilishi 
kerak. Umumiy oqizish kanalizatsiyasining bo‗lishi natijasida, birinchidan, 
yog‘ingarchilik suvi kanalizatsiya tarmoqlari orqali gohida, yog‘ingarchilik 
mavsumlarida to‗la oqib quvurlardagi qoldiq moddalarni yuvib ketadi, 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
171 
ikkinchidan, hamma chiqindi suvlarning kanalizatsiyaga va tozalash inshootlariga 
oqib borishi ochiq suv havzalarini iflos suvlar tushishidan ozod qiladi. 
Ammo sel kelganda hamda suv oqimi kanalizatsiyaga sig‘may, yer yuzasiga 
chiqib pastqam joylardan oqa boshlaydi. Bunday holatlarda hattoki najasli axlat 
suvlari ham ochiq suv havzalariga tushishi mumkin. Bu esa yuqumli kasalliklar 
tarqalish xavfini tug‘diradi. 
Gigienik va epidemiologik nuqtai nazardan, alohida xo‗jalik axlat 
kanalizatsiyasini tashkil qilish katta ahamiyatga egadir. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin