Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

1.
 
M. triceps brachii - yekaning uch boshli mushagi. 
Uzun boshchasi caput longum kurak suyagining tuberositas infraglenoidale 
burtigidan, tashki boshchasi caput laterale yelka suyagining orka Yuzasidan, ichki 
boshchasi caput mediale yelka suyagining orka Yuzasidan boshlanib, bu boshchalar
umumiy payga aylangan xold tirsak suyagining olecranon o‗simtasiga birikadi. 
Vazifasi : bilakni tirsak bugimida yozadi.
2. M. anconeus - tirsak mushagi. Yelka suyagining epicondylu lateralis 
o‗simtasidan boshlanib, tirsak suyagining orka Yuzasiga birikadi.
Vazifasi : bilakni tirsak bugimida yozadi.
Bilak mushaklari.
Bilak mushaklari ikki guruhni tashkil etadi :
1)bilakning oldingi guruh mushaklari : bukuvchi va ichkarig buruvchi pronator 
mushaklardan tashkil topadi.
2)bilakning orka guruh mushaklari : yozuvchi va tashkariga buruvchi supinator 
mushaklardan tashkil topadi.
Oldingi guruh mushaklari - Yuzaki mushaklar.
1. M. pronater teres - bilakni ichkariga buruvchi Yumalok mushak. Elka 
suyagining epicondylus medialis o‗simtasidan va tirsak suyagining burtigi tuberositas 
ulnae dan
boshlanib, bilak suyaginin tashki Yuzasiga birikadi.
Vazifasi : bilakni ichkariga buradi.
2. M. flexor carpi radialis - kaftni bilak tarafga bukuvch mushak. Yelka 
suyagining epicondylus medialis o‗simtasidan boshlanib,ikkinchi kaft suyagining 
asosiga birikadi.
Vazifasi : kaftni bukadi.
3. M. palmaris longus - kaftning uzun mushagi. Yelka suyaginin epicondylus 
medialis o‗simtasidan boshlanib, ingichka payga davo etadi va kaftdagi aponevrosis 
palmaris payida tugaydi.
Vazifasi : kaft aponevrozini taranglaydi va kaftni bukadi.
4. M. flexor carpi ulnaris - kaftni bukuvchi tirsak tarafdag mushak. Yelka 
suyagining epicondylus medialis o‗simtasidan boshlanib,kaft usti soxasidagi 
nuxotsimon suyakga birikadi.


111 
Vazifasi : kaftni bukadi.
5. M. flexor digitorum superficialis - barmoklarni bukuvch Yuzaki mushak. 
Yelka suyagining epicondylus medialis o‗simtasidan,tirsak suyagining tojsimon 
o‗simtasi processus coronoideus dan,bilak suyagining Yuqori uchidan boshlanib, 
paylari turtga bulinga xolda, II-V barmoklarning o‗rta falangalar asosiga birikadi.
Vazifasi : II-V barmoklarni bukadi.
Bilak oldingi guruhining chukur mushaklari.
6. M. flexor pollicis longus - bosh barmokni bukuvchi uzun mushak. Yelka 
suyagining epicondylus medialis o‗simtasidan, bilak suyagining oldingi Yuzasidan va 
burtigi tuberositas radii dan boshlanib, bosh barmok tirnok falangasining asosiga 
birikadi. 
Vazifasi : bosh barmokni bukadi.
7. M. flexor digitorum profundus - barmoklarni bukuvchi chuku mushak. 
Tirsak suyagining oldingi Yuzasidan boshlanib, turtta payg ajraladi va II-V 
barmokning tirnok falangalariga birikadi.
Vazifasi : II-V barmoklarni bukadi.
8. M. pronator quadratus - bilakni ichkariga buruvchi (pronasiya) kvadrat 
mushak. Tirsak suyagi pastki uchining oldingi Yuzasida boshlanib, bilak suyagining 
oldingi Yuzasiga birikadi.
Vazifasi : bilakni ichkariga buradi (pronasiya).
Bilakning orka guruh Yuzaki mushaklari.
1. M. brachioradialis - yelka-bilak mushagi. Yelka suyaginin tashki 
Yuzasidan boshlanib, bilak suyagi pastki uchidagi bigizsimo o‗simta ustiga birikadi. 
Vazifasi : bilakni tirsak bugimida bukadi.
2. M. extensor carpi radialis longus - kaftni yozuvchi bila tarafidagi uzun 
mushak. Yelka suyagining epicondylus lateralis o‗simtasidan, va Yon Yuzasidan 
boshlanib, II kaft suyagi asosining ork Yuzasiga birikadi. Vazifasi : kaftni bilak 
tarafga yozadi.
3. M. extensor carpi radialis brevis - kaftni yozuvchi bila tarafidagi kalta 
mushak. Yelka suyagining epicondylus laterali o‗simtasidan boshlanib, III kaft suyagi 
asosining orka Yuzasiga birikadi. Vazifasi : kaftni bilak tarafiga yozadi.
4. M. extensor digitorum - barmoklarni yozuvchi mushak. Yelka suyagining 
epicondylus lateralis o‗simtasidan boshlanib, II-V barmoklar o‗rta falangasi va tirnok 
falangalarining orka Yuzasiga birikadi. Vazifasi : barmoklarni yozadi.
5. M. extensor digiti minimi - jimjilokni (V barmok) yozuvch mushak. 
Barmoklarni yozuvchi mushak paylaridan ajraladi va V barmokk birikadi. Jimjilokni 
yozadi.
6. M. extensor carpi ulnaris - kaftni yozuvchi tirsak tarafdag mushak. Yelka 
suyagining epicondylus lateralis o‗simtasidan va tirsa suyagining orka Yuzasidan 
boshlanib, V kaft suyagining burtigi tuberositas ossis metacarpi V ga birikadi. 
Vazifasi : kaftni yozadi.
Bilak orka guruhining chukur mushaklari.


112 
7. M. supinator - bilakni tashkariga buruvchi mushak. Yelka suyagining 
epicondylus lateralis o‗simtasidan, tirsak suyagining Yuqor uchidan boshlanib, bilak 
suyagining Yuqori uchiga birikadi.
Vazifasi : bilakni tashki tarafga buradi (supinasiya).
8. M. abductor pollicis longus - bosh barmokni uzoklashtiruvch uzun 
mushak. Bilak suyagining orka Yuzasidan boshlanib, I kaft suyagining asosiga 
birikadi.
Vazifasi : bosh barmokni uzoklashtiradi.
9. M. extensor pollicis brevis - bosh barmokni yozuvchi kisk mushak. Bilak 
suyagining orka Yuzasidan boshlanib, bosh barmokning (I)asosiga birikadi.
Vazifasi : bosh barmokni yozadi.
10. M. extensor pollicis longus - bosh barmokni yozuvchi uzun mushak. 
Tirsak suyagining orka Yuzasidan boshlanib, bosh barmokning tirnok falangasiga 
birikadi.
Vazifasi : bosh barmokni yozadi.
11. M. extensor indicis - kursatgich barmokni yozuvchi mushak. Tirsak 
suyagi orka Yuzasining pastki qismidan boshlanib, kursatgi barmokning (II) o‗rta 
falangasiga
birikadi.
Vazifasi : kursatgich barmokni yozadi.
Kul panja mushaklari.
Kul panjasining mushaklari kul kafti soxasida ikki tepalikni: bosh barmok 
asosidagi tepalik - thenar, jimjilok asosidagi tepalikni hypathenar larni hosil etadi.
Thenar soxasidagi mushaklar.
1. M. abductor pollicis brevis - bosh barmokni uzoklashtiruvch kalta mushak. 
Kayiksimon suyak burtigi tuberculum ossis scaphoidei dan boshlanib, bosh 
barmokning tashki Yuzasiga birikadi.
Vazifasi : bosh barmokni uzoklashtiradi.
2. M. flexor pollicis brevis - bosh barmokni bukuvchi kalta mushak. Ikkinchi 
kator kaft usti suyaklaridan (ossa trapezium et trapezoideum, os capitatum) 
boshlanib, bosh barmok falangasining asosiga birikadi.
Vazifasi : bosh barmokni bukadi.
3. M. opponens pollicis - bosh barmokni karama-karshi kuYuvch mushak. 
Kaft usti soxasidagi trapesiya suyagining burtigidan boshlanib, I kaft suyagiga 
birikadi.
Vazifasi : bosh barmokni boshka barmoklarga karama-karshi kuyadi.
4. M. adductor pollicis - bosh barmokni yakinlashtiruvchi mushak. III kaft 
suyagidan boshlanib, bosh barmok falangasining asosig birikadi.
Vazifasi : bosh barmokni, boshka barmoklarga yakinlashtiradi.
Hypothenar soxasidagi mushaklar.
5. M. palmaris brevis - kaftning kalta mushagi. Kaft soxasidagi paydan 
(aponevrozdan) boshlanib, kaft terisida tugaydi.
Vazifasi : kaft aponevrozini taranglaydi.


113 
6. M. abductor digiti minimi - jimjilok barmokni uzoklashtiruvchi mushak. 
Kaftdagi nuxotsimon suyakdan boshlanib, jimjiloknin proksimal falangasining ichki 
Yuzasiga birikadi.
Vazifasi : jimjilokni boshka barmoklardan uzoklashtiradi.
7. M. flexor digiti minimi brevis - jimjilok barmokni bukuvch kalta mushak. 
Ilmoksimon suyagi os hamatum ning ilmogidan boshlanib, jimjilok proksimal 
falangining asosiga birikadi.
Vazifasi : jimjilokni bukadi.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin