o‘mini hamkorlik ko‘rinishidagi munosabatlarga bo‘shatib berdi.
Shaxs mustaqilligi tamoyilining ma’naviy qadriyati juda yuqoridir
va aynan shu sababli bioetika bemorning hoxish va irodasiga
qarshi hattoki unga muruvvat ko‘rsatishni ham mumkin emas deb
hisoblaydi.
Bemorning ma’lumotli roziligi muammosi
Vrachmajburiyatlarigataalluqli bo‘lgan vabemomi ehtimoliy
xavfdan ogohlantirishni ko‘zda tutadigan mazkur jum la va unga
mos amaliyot ilk bor XX asming 50-60 yillarida uchray boshlagan.
Haqiqatda, o‘sha vaqtlarda ushbu ma’lumot kasbiy ko‘rinishga ega
bo‘lgan.
70-yillardan boshlab Amerika shifoxonalari assotsiatsiyasida
bemor huquqlari masalasining qizg‘in muhokamasi boshlandi
va shunga mos hujjat - bemor huquqlari
haqidagi bill qabul
qilindi. Ushbu hujjatga muvofiq ma’lumotli rozilik uchun zarar
bo‘lgan ma’lumotlami olish huquqi bemor huquqlari orasida o ‘ta
ahamiyatlisi deb e’tirof etildi.
Bemorning ma’lumotli roziligi deganda vrach lozim bo‘lgan
informatsiyani tushunarli va qulay ko‘rinishda taqdim etgandan
so‘ng rejalashtirilgan tibbiy muolajalami bemor ixtiyoriy qabul
qilishi tushuniladi. Shunga mos tarzda “bemorga mo‘ljallangan
m a’lumot” jumlasi (“partient oriented information”) paydo bo‘ldi.
Ushbu jarayon ikki: ma’lumot berish
va rozilik olish bosqichini
ko‘zda tutadi.
M a’lumotni taqdim etish barchaga qulay shaklda amalga
oshiriladi va uch ko‘rsatkichda namoyon bo‘ladi:
taklif etilgan tibbiy muolajaning maqsadi va mazmuni;
muolaja bilan bog‘liq holda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
xavf;
taklif etilayotgan muolajaning o ‘rnini bosadigan mavjud
al’temativ usul.
Ma’lumotli rozilik jaryonida taklif etilayotgan muolajaning
albtemativ ko‘rinishi haqida tushunchaning bo'lishi o‘ta
muhim
ahamiyatga ega. Vrach o‘z nuqtai-nazaridan eng qulay va samarali
bo‘lgan variant haqida ma’lumot beradi, ammo hal etuvchi qaromi
bemoming o‘zi qabul qiladi.
Taklif etilayotgan muolaja bilan bog‘liq bo‘lgan xavftiing
mavjudligiga m a’lumot berish jarayonida alohida e’tibor beriladi.
Ya’ni, bemor xavfning tavsifi va jiddiyligi, vujudga kelish ehtimoli
va tezkorligi haqida xabardor bo‘lishi lozim.
Ixtiyoriy rozilik berish bemomi qaror qabul qilishida muhim
bosqich bo‘lib, vrach tomonidan majburlash, aldash, qo‘rqitish
va sh. k. tadbirlarni qo‘llamaslikni ko‘zda tutadi. Bemor bilan
munosabatda vrach haqqoniy boiishi lozim.
M a’lumotli rozilikning ikkita asosiy ko‘rinishi farqlanadi:
vaziyatli va protsessual.
Birinchi modelda qaror m a’lum bir vaziyatda hodisa sifatida
qabul qilinadi. Vrach tashxis qo‘ygandan so‘ng tavsiya etiladigan
davolash tadbirlari rejasini tuzadi. Vrach tavsiyanomasi afzalliklari
va ehtimoliy xavfi, mavjud albternativ usullar haqidagi ma’lumotlar
bilan bemorga taqdim etiladi, va patsient o ‘zi uchun tibbiyot nuqtai-
nazaridan ma’qul bo‘lgan qaromi qabul qiladi.
Ikkinchi modelda bemor tomonidan qaror qabul
qilish uzoq
vaqtga cho‘zilib, o ‘zaro m a’lumot almashish vrach va bemor
muloqotining barcha davrida davom etadi. Ushbu modelda ulaming
maqsadi bilan bog‘liq bo‘Igan bir necha bosqich farqlanadi:
muloqot o‘matish, muammoni aniqlash, davolash maqsadini
belgilash,
davolash rejasini tanlash, davolashni tugatish. Bemor
mazkur modelda vaziyatli modelga nisbatan ancha aktiv ishtirok
etadi.
M a’lumotli rozilik masalasida Lissabon deklaratsiyasi (JTA,
1981) va Evropada bemor huquqini ta’minlash borasida siyosat
haqidagi Deklaratsiya (JSST, 1994) muhim ahamiyatga ega.
Oldinlari tibbiyotning asosiy
maqsadi odatiy tarzda bemor
hayoti va sog‘lig‘ini saqlash deb hisoblangan. Ushbu maqsadga
erishish ayrim holatlarda bemor erkini cheklash yoki ularga daxl
etishi bilan amalga oshirilib, bemomi passiv ko‘rinishdagi m uruw at
oluvchiga aylantirib qo‘ygan.
Bioetika nuqtai-nazaridan zamonaviy tibbiyotning bosh
maqsadi bu bemoming farovonligi bo‘lib,
salomatlikni tiklash
esa, uning tarkibiy qism sifatida ushbu maqsadga xizmat qiladi.
Shaxs mustaqilligini hurmat qilish taraqqiyotning tsivilizatsiya
bosqichidagi hayot tarzining bosh qadriyatlaridan biridir. Har
qanday inson o‘z sog‘lig‘i va hayoti borasida qaromi mustaqil
qabul qilishdan manfaatdordir.
Dostları ilə paylaş: