Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Miya o‘limini aniqlash muammosi



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Miya o‘limini aniqlash muammosi
Murdadan a’zo va to‘qimalami olishda muhim ahamiyatga 
ega bo‘lgan masalalardan biri a’zolarning donordan olinadigan 
muddatini, va u bilan uzviy bog‘liq holatda o ‘lim yuz bergan vaqtni 
aniqlashdir. Tabiiyki, o‘z faoliyatini keyinchalik davom ettira 
oladigan tirik a’zo va tirik to‘qimagina ko‘chirib o ‘tkazish uchun 
olinishi mumkin. Shu sababli shaxsning o ‘limi va transplantantni 
olish oralig‘idagi vaqtni imkon darajasida qisqartirish zaruriyati 
tug‘iladi.
Klinik o‘lim organizmning hayot va o‘lim o ‘rtasidagi oraliq 
bosqichi bo‘lib, yurak va nafas to‘xtagandan so‘ng qisqa muddat 
oralig‘ida (5-6 daqiqa) bosh miyaning oliy qismlari faoliyati 
davom etadi. Ushbu holatni huquqiy va etika nuqtai-nazaridan 
o ‘lim sifatida baholash mumkin emas, binobarin organizmni qayta 
tiriltirish imkoniyati saqlanadi. Keyinroq yurak va nafas faoliyati 
tiklanmasa, bosh miyada orqaga qaytmas o‘zgarishlar vujudga 
keladi va o‘lim yuz beradi.
Anesteziologiya 
va 
reanimatologiyaning 
zamonaviy 
imkoniyatlari insonni hamma vaqt hayotga qaytarish imkonini 
bermasa ham, ammo miya o‘limidan so‘ng a’zo va to‘qimalarda 
hayotiy jarayonlami uzoq muddat davomida saqlab turishi mumkin.


Shu sababli reanimatsion tadbirlami to‘xtatish va keyinroq a ’zo 
yoki to‘qimalami olishning maqsadga muvofiqligi donorning 
individ sifatida hayotga layoqatliligi masalasiga bog‘liq bo‘lib 
qoladi.
Vrachlar konsiliumi tomonidan belgilangan tartibda o ‘lim 
fakti qayd etilgandan so‘ng reanimatsion chora-tadbirlami yana 
davom ettirishga ehtiyoj qolmaydi. Professor S. Ya. Doletskiy 
qayd etganidek, “bemorning hayoti uchun kurashish, dogma 
ko‘rinishidagi fikrlaming mavjudligiga qaramay, faqatgina uni 
qutqarib qolishga umid bo‘lgandagina adolatlidir”.
Haqiqatdan ham, reanimatsion chora-tadbirlaming maqsadga 
muvofiqligi va asoslanganligi faqat organizmning hayotiy muhim 
faoliyatlarini to‘laqonli tiklash imkoniyatining mavjudligi bilan 
belgilanadi. Bosh miya hujayralarining o‘Iimi yuz bergandan so‘ng 
ularni davom ettirishdan ma’no qolmaydi.
Reanimatologiyaning zamonaviy yutuqlari xushni qayta 
tiklashga umid qolmagan holda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi 
yordamida yurak faoliyatini turg‘un saqlab turish imkonini beradi. 
Bosh miya o ‘lgan, qon aylanish va nafas sun’iy tarzda ushlab 
turilgan odamni tirik deb hisoblash mumkin emas (A. P. Gromov, 
1976). V. A. Negovskiy (1977) fikricha, ongli hayotga hech 
qachon qayta olmaydigan bunday holatni odam yoki shaxs sifatida 
atab bo‘lmaydi, u qarindoshlari va yaqinlari uchun faqat ma’no- 
maqsadsiz azob manbaiga aylanadi.
Miya o ‘limi haqida qaror qabul qilish va shundan 
so‘ng reanimatsion tadbirlami to‘xtatish vakolati vrachlarga 
berilgan. Hayotni sun’iy tarzda ushlab turish texnologiyasining 
rivojlanishi munosabati bilan o‘lim faktini qayd etish masalasida 
muammolar yuzaga kelishidan tashvishga tushgan Anesteziolog va 
reanimatologlammg Xalqaro kongressi uzoq 1957 yildayoq o ‘sha 
vaqtdagi katolik cherkovining rahbari Papa Piy Xllga murojaat etib, 
o ‘lim va hayot o ‘rtasidagi chegarani aniqlashda qanday mezonlarga 
amal qilish masalasiga aniqlik kiritib berishini so‘raganda, u o‘lim


faktini aniqlash vrachning ishi ekanligini e’tirof etgan. Zero, o‘lim 
faktini qayd etish mas’uliyati ruhoniyga emas, balki aynan vrachga 
taalluqli ekanligini cherkov ham ma’qullaydi.
Miya o iim i - bu mustaqil nafasning to‘xtashi va barcha 
o ‘zak reflekslarini so‘nishi, qayta tiklanmaydigan hushsizlik holati 
bilan namoyon boiadigan bosh miyaning, shu jumladan uning 
o ‘zak qismlarining ham oiishidir (A. M. Gurevich, 1997). Miya 
o iim i haqidaga bu kontseptsiya ilmiy asoslangan, etarli darajada 
isbotlangandir. Ushbu fikr bosh miyada qaytmas o‘zgarishlaming 
rivojlanishini odamning individ sifatida oiim iga tenglashtiradi. 
Ayni vaqtda mazkur talqin o iim haqidagi odatiy tasavvurlarga 
nafaqat mos kelmaydi, balki m a’lum m a’noda ulami inkor ham 
etadi. Binobarin, u bo‘yicha yurak faoliyati, hayotning boshqa 
belgilari saqlangan holatda odam о ig a n db hisoblanadi Shu 
munosabati bilan o iim faktini qayd etish amaliyoti murakkab 
va jiddiy ko‘rinish oladi. Mazkur jarayon tajribali mutaxassislar 
konsiliumi tomonidan zamonaviy klinik va paraklinik tekshiruv 
usullaridan foydalanilgan holda amalga oshirilishi lozim.
M a’naviy-axloqiy va huquqiy jihatlarini inobatga olganda 
o iim vaqtini qayd etish mezonlari quyidagi talablarga mos boiishi 
lozim:
1. Ilmiy asoslanganligi, ya’ni kimni qutqarish mumkin, 
kimni esa - yo‘qligini ishonchli va etarli darajada aniq farqlash 
imkonining mavjudligi;
2. Amaliy jihatdan qulayligi, ya’ni ko‘p mutaxassislar, 
ortiqcha harakatni talab etmasligi;
3. Ob’ektivligi, lozim darajadagi malakaga ega boigan har 
qanday mutaxassis tomonidan bir xilda tushunilib, qoilanilishi, 
shuningdek har bir holatda to‘g ‘ri foydalanilganini tekshirish 
imkoniyatining mavjudligi;
4. Jamiyatdagi hukmron madaniy va ma’naviy qarashlarga 
mosligi.
Rossiya Federatsiyasining 1993 yilda qabul qilingan


“Miya o ‘limi tashhisi asosida odam o‘limini qayd etish haqidagi 
Yo‘riqnoma”ga muvofiq miya o‘limi odam o ‘limiga tenglashtiriladi 
va u ishlab turgan yurak va o ‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi fonida 
bosh miya faoliyatinin to6liq va qayta tiklanmaydigan to‘xtashida 
namoyon bo‘ladi. Miya o ‘limi tashhisini qo‘yishda uning vujudga 
kelish sababi va mexanizmi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish 
lozim. Dori-darmonlaming markaziy nerv tizimi va nerv-mushak 
o ‘tkazuvchanligiga falajlovchi ta’siri, zaharlanishlar, metabolik 
o‘zgarishlar va miyaning infektsion omil ta’sirida shikastlanishi 
kabi holatlami istisno etilishi miya o ‘limi tashhisotining asosiy 
shartlaridan hisoblanadi.
Ushbu yo‘riqnomaga muvofiq Rossiya Federatsiyasida miya 
o‘limi tashxisi tajribali, soha bo‘yicha 5 yildan kam bolm agan ish 
stajiga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan 
qo'yiladi va tasdiqlangan shakldagi “Miya o‘limini aniqlash 
bayonnomasi” bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya tarkibida boshqa 
mutaxassislar bilan bir qatorda anesteziolog-reanimatolog va 
nevropatologning bo‘lishi shart ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Miya o‘limi tashhisini belgilangan tartibda qo‘yilishi va 
mos tarzdagi hujjatning rasmiylashtirilishi reanimatsion chora- 
tadbirlarni to‘xtatish uchun asos hisoblanadi.
Albatta, murdadan a ’zo va to‘qimalami ko‘chirib o ‘tkazish 
uchun olish rejalashtirilgan holatlarda komissiya tarkibiga 
a ’zolami olish va transplantatsiya amaliyotida ishtirok etuvchi 
mutaxassislami kiritish mumkin emas.
0 ‘lim faktini qayd etuvchi aniq mezonlaming yo‘qligi tibbiy 
xodimlar faoliyatida jiddiy qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi bilan 
bir qatorda, ulaming ayrim holatlarda murakkab vaziyatda qolishiga 
sabab bo‘ladi. Miya o ‘limi haqida aniq va ishonchli tarzda tuzilgan 
tibbiy-huquqiy tushunchaning mavjudligi vrachga reanimatsion 
tadbirlarni to‘xtatish haqida asosli qaror qabul qilish imkonini 
beradi.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to ‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston


Respublikasining Qonuniga muvofiq o‘lim faktini qayd etish tartibi 
0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 
belgilanadi (40-modda). Chet davlatlar tajribasi ushbu tartib (qoida, 
yo‘riqnoma) asosan anesteziolog-reanimatolog va nevropatologlar 
tomonidan ishlab chiqilishi lozimligidan dalolat beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 
1992 yil 21 oktyabrdagi 551 - son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 
“Murdalar sud-tibbiy ekspertizasi qoidalari”ga muvofiq (11 ilova, 1. 
13 band) murdaning sud-tibbiy ekspertizasi ilk murda o‘zgarishlari 
vujudga kelgandan so‘ng (murdaning sovushi, murda dog‘i, murda 
qotishi) boshlanishi mumkin. 0 ‘limdan so‘ng transplantatsiya 
uchun a ’zo va to ‘qimalami imkon darajasida qisqa muddatlarda 
olish lozimligini inobatga olib, qoidalar 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘lim 
fakti qayd etilib, mos tarzdagi hujjat rasmiylashtirilgan holatda 
yuqorida qayd etilgan o ‘zgarishlar rivojlanishini kutmasdan murda 
tekshiruvini boshlashga imkon beradi. Ushbu hujjatning bir nusxasi 
ekspertiza tayinlangan sud-tibiy ekspertga topshiriladi, va sud- 
tibbiy ekspertiza muassasi arxivida xulosa nusxasi bilan birgalikda 
saqlanadi.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin