Freydga ichak raki tashxisi qo‘yilgan. Kuchli, azob beruvchi
og‘riqlaming kuchayishi munosabati bilan 1939 yil 21 sentyabrda
vrach va o‘zining do‘stidan hayotini to ‘xtatishni so‘ragan. Ikki
kunlik ikkilanishlardan so‘ng doktor Shor Freydga ma’lum
miqdordagi morfinni bergan.
Gollandiya 2000 yilda aktiv evtanaziyani rasman tan olgan
dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Qabul qilingan qonunga
muvofiq faqat bir qator shartlar bajarilgandagina evtanaziyani
qo‘llashga imkon beriladi. Masalan, hayotdan o ‘z ixtiyori bilan voz
kechishni istagan bemor o‘z qarorini sog‘lom aqlda bo‘lgan holda
ma’lum qilishi shart. Uning qarori bilan yaqin
qarindoshlari rozi
bo‘lishi lozim. В undan tashqari, nafaqat davolovchi vrach, balki
boshqa mustaqil shifokor ham bemor haqiqatdan ham davosiz
kasallik bilan og‘riganligini va kuchli azobda ekanligini tasdiqlashi
talab etiladi. Va eng muhimi, evtanaziya
faqat huquq-tartibot
idoralari xodimlari ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
Majburiy aktiv evtanaziya (euthanasia compulsory), ya’ni
bemorning roziligisiz o ‘limni tezlashtirish huquq nuqtai-nazardan
qotillik sifatida baholanadi. Bunga misol tariqasida Manchesterdan
(Angliya) uncha uzoq bo‘lmagan Xayd shaharchasining uchastka
vrachi Garold Shipman tarixini keltirish mumkin. 2000 yilda
maxsus komissiyaning ishi natijasida u 20 yillik faoliyati davomida
analiz uchun qon olish bahonasida tomir ichiga kuchli miqdorda
giyohvand-moddalami yuborish bilan 300 ga yaqin odamni, asosan
nafaqa yoshidagi ayollami o‘limiga sabab bo‘lganligi aniqlangan.
G. Shipmanni shaharchaning sobiqmeri Ketlin Grandi o‘ldirganidan
so‘ng uning vasiyatnomasini o‘z foydasiga soxtalashtirishi
munosabati bilan fosh qilishga muvaffaq bo‘lingan.
Evtanaziyani “nuqsonli” insonlarni yo‘q qilish deb ta’riflashni
taklif etgan huquqshunos Binding va
psixiatr Goxening izdoshi
bo‘lgan Gitler 1939 yil 1 sentyabrda maxfiy buyruqni imzolagan
bo‘lib, unga muvofiq barcha “hayotning nomaqbul shakllari”ni
evtanaziyaga solish ko‘zda tutilgan. Keyinroq negativ evgenika
kontseptsiyasini amalga oshirilishi “hayotiy nuqsonli”lardan “irqiy
nuqsonli”larga ko‘chirilgan. Dunyo hamjamiyatining bosimi ostida
1941 yil avgust oyida ushbu dastumi to ‘xtatishga majbur boiishgan.
N o to iiq ikki yil ichida “oliy ariy irqini” tozalash maqsadida turli
ma’lumotlar bo‘yicha 100 000 dan 275 000 gacha, asosan ruhiy
kasallar, tug‘ma nuqsonli insonlar yo‘q qilingan.
Xalqaro harbiy
tribunal tomonidan ushbu harakatlar insoniyatga qarshi jinoyatlar
sifatida baholangan.
Qarindoshlarining iltimosiga ko‘ra amalga oshirilgan
aktiv evtanaziyani, hattoki bemor o ‘z irodasini bildira olmagan
holatlardar ham, majburiy evtanaziya sifatida baholash to‘g‘riroq
boiadi. Ushbu holat nuqtai-nazaridan ayrimlar tibbiy abortni
majburiy evtanaziyaga taalluqli deb hisoblaydilar.
Mohir jarroh S. S. Yudin, o ‘zining hamkasbi - professor M.
M. Diterixsni operatsiya qilish jarayonida oshqozonning muolaja
qilib boim aydigan va metastaz bergan rakini aniqlagan. 0 ‘zi ham
shifokor boigan bemoming turmush o‘rtog‘i Z. Yu. Rolening
iltimosiga ko‘ra aktiv evtanaziyani
amalga oshirgan - narkoz
dozasini oshirishga ko‘rsatma bergan.
Frantsiyaning sobiq sog‘liqni saqlash vaziri, “Chegarasiz
vrachlar” halqaro tashkilotining asoschilaridan biri Bemar Kushner
Livan va Vetnamdagi urushlar vaqtida og‘ir jarohatlangan, umidsiz
yaradorlarga evtanaziyani qoilaganini tan olgan.
2006 yilda Amerikaning Nyu-Djersi shtati sudi sobiq feldsher
Charlz Kallenni 29 bemomi oidirganlikda aybdor deb topgan.
Jinoyatchi o‘z aybiga iqror b o iish bilan birga, umidsiz bemorlami
ularga rahmi kelib achinganidan o ‘ldirganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, bilvosita evtanaziya ham mavjud boiib, bunda
bemoming azob, qiynoq, uqubatlarini engillatishga mo‘ljallangan
harakatlar o‘limga sabab boiadi. Odatda, bu kabi holatlar dori-
darmonlar, asosan analgetiklami ortiqcha dozada berish bilan sodir
etiladi. Huquq nuqtai-nazaridan ushbu harakatlar “ehtiyotsizlik
orqasidan odam oidirish” ( 0 ‘zR JK 102-modda) yoki “baxtsiz
hodisa” sifatida baholanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: