engi 11 ashtirishni anglatadi. Ushbu harakatlar tibbiy etika va huquq
m e’yorlariga zid kelmaydi.
Medikotanaziya muammosi palliativ yordam masalasi
bilan bevosita bogiiqdir. Jahon Sogiiqn
saqlash tashkilotining
ta’rifiga binoan, palliativ yordam - davosiz kasallik bilan og‘riga
bemomi toiaqonli aktiv parvarish qilishni nazarda tutadi. Uning
maqsadi bemor va uning oilasi uchun eng yaxshi hayot tarziga
erishishdir. Palliativ parvarish hayotni ulugiaydi va o ‘limga odatiy
tabiiy jarayon sifatida qaraydi. U oiim ni
na tezlashtiradi va na
uzoqlashtiradi.
Umidsiz bemorlarga palliativ terapiyani tashkil etishda
tibbiy ko‘rinishdagi bosh masala hayotni cho‘zmaslik, og‘riqlami
kamaytirishvaqolganhayotsifatinimaksimaldarajadayaxshilashdan
iboratdir. Shu sababli palliativ yordam ko‘rsatishda an’anaviy
tibbiy amaliyotning qator klassik holatlarini qaytadan ko‘rib
chiqishga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, “odatdagi” bemorga mos bo ig a n
yordam, o iim arafasidagi bemorga to‘g ‘ri kelmasligi mumkin. Shu
munosabat bilan palliativ terapiya o ‘tkazuvchi
vrachlar, ayniqsa
umumiy amaliyot vrachlarining kasbiy tayyorgarligining talab
darajasida boiishi o‘ta muhimdir.
Binobarin, aksariyat holatlarda
hayoti so‘nay otgan bemorlarga aynan ular tomonidan tibbiy yordam
ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi.
Insoniyat tarixida o iim arafasida boig an bemorlarni
parvarish qiluvchi diniy va boshqa hayriya tashkilotlari boigan.
Rak kasalligidan vafot etayotgan bemorlarni
paravarish qiluvchi va
xospis deb nomlanuvchi ilk tashkilot Jiyan Game tomonidan 1842
yilda Frantsiyaning Lion shahrida tashkil etilgan.
XX
asrda hayoti so‘nayotgan insonlami paravarish qiluvchi
va xospis deb nomlanuvchi birinchi ixtisoslashgan tashkilot 1947
yilda Sessiliya Sonders tomonidan London shahrida tashkil etilgan.
Shu erda u keyinroq, 1967 yilda ilohiy Xristofor nomli namunaviy
ko‘rinishdagi m uruw at uyiga asos solgan. Xospisda bemorlarni
parvarilash nafaqat tibbiy muolajalar o ‘tkazishni,
balki ularga
psixologik yordam berishni o ‘z ichiga oladi.
Xospislar ochishni faol tashviqotchilaridan bin mashhur
amerikalik jumalist Viktor Zorzadir. 1977 yilda Zorza oilasi
mudhish fojeani boshidan kechiradi - oilaning yolg‘iz
farzandi,
qizi Djeyn davosiz rakdan vafot etadi. Unarming oxirgi 8 kunini u
Oksforddagi xospisda o‘tkazadi va o'limidan oldin u ota-onasiga
bu kunlar hayotining eng baxtli kunlari bo‘lganligini ma’lum
qilib, ulardan qolgan hayotlarini butun dunyoda xospislar tashkil
qilishga bag'ishlashlarini iltimos qiladi.
Qizlarini dafh etgandan
so‘ng, Zorzalar oilasi AQSHda xospislar tashkil qilish bo‘yicha
umummilliy kompaniya o ‘tkazadilar. Umummilliy “Hospice
action” qo‘mitasi tashkil etilib, unga mashhur insonlar a’zo bo'ldi.
“Hayotni to‘liq yashash. Insondek o'lish” kabi so‘zlar V. Zorzaga
tegishlidir.
Ko‘plab davlatlarda xospislar tarmog‘i tuzilgan bo‘lib, ular
ham ambulator va ham statsionar yordam ko'rsatadilar. Rivojlangan
davlatlarda odatda 450-500 ming aholiga bitta xospis ochiladi.
Sobiq ittifoq hududida birinchi xospis faqat 1990 yildagina Sankt-
Peterburg yaqinidagi Laxteda ochilgan.
Dostları ilə paylaş: