Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


Kamoliddin Behzod va uning tasviriy san’at maktabi



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Kamoliddin Behzod va uning tasviriy san’at maktabi
Temuriy davrida tasviriy san’atning Shohruh Mirzodan keyingi 
taraqqiyoti Kamoliddin Behzod nomi bilan bog‘liq. San’atshunoslar 
mazkur davrni sharhlaganda “Behzod va uning maktabi” degan 
iborani ishlatadilar. Bu bejiz emas, albatta. Behzod Shohruh Mirzo 
zamonida Boysunqur Mirzo tomonidan asos solingan tasviriy 
san’atning Hirot maktabini takomilga yetkazadi. U hech bir 
takrorlanmaydigan nafis va mazmunan boy, ajoyib tasvir namunalari 
yaratib, o‘z nomini abadiylashtirdi.
“Moniyi soniy” ya’ni “ikkinchi Moniy”, degan yuksak faxriy 
unvonga sazovor, hayotligidayoq zamondoshlari tomonidan “nodirlar 
nodiri”, “yaxshilar yaxshisi”, “musavvirlar peshvosi”, “muhabbatlar 
yetakchisi” kabi sifatlar bilan ta’riflangan ustoz Behzod jahon 
tasviriy san’ati tarixida munosib o‘rin egallagan. Hatto, yevropalik 
san’atshunoslar ham Behzod san’ati va mahoratidan hayratlanib 
uni “Sharq Rafaeli” degan yuksak muqoyasa bilan ulug‘laganlar. 
Behzodning shaxsi to‘g‘risida gapirganda, u haqda tug‘ilgan bir 
afsonani keltirish o‘rinlidir: ma’lumki, 1514-yilning avgustida 
Janubiy Ozarbayjondagi Choldiron tekisligida Eron shohi Shoh 
Ismoil (1501-1524) bilan turk sultoni Sulton Salim I (1512-
1520) o‘rtasida katta jang voqe bo‘ldi. Shoh Ismoil jangga ketish 
oldidan: “Kim biladi, taqdirimda nima bor. Jangda dushman g‘olib 
kelsa, o‘larman yoki qochib qutularman. Eron mamlakati vayron 
va talon-toroj qilinar”. Biroq Behzodning Sulton Salim Rumiy 
qo‘liga tushishini aslo xohlamayman» degan andishalarga boradi va 
Behzodni qandaydir bir g‘orga berkitishni buyuradi. Shundan so‘ng, 
Behzodni xudoyi taolo panohiga topshirdim, deb o‘zi jangga ketadi. 
U jangdan qaytib kelib, Saroy a’yonlaridan so‘ragan birinchi gapi: 
“Behzod tirikmi? - degan savol bo‘lgan”. Shoh Ismoil uchun o‘z 
mulki va xazinasining xavfsizligidan ko‘ra, Behzodning salomatligi 


90
Go‘yo musavvir voqyelikni yuksakdan turib tasvirlaganday tuyuladi. 
Miniatyurada, umuman, rangtasvirda makonni ko‘rsatishda rang 
muhim o‘rin tutadi. Temuriylar davrida musavvirlari ranglarning 
turlicha jilolanishidan foydalangan holda, ixcham makon hosil 
qilishadi va unga barcha ranglarini to‘liq saqlagan holda, keng tabiat 
manzarasini, katta me’moriy inshootlarni joylashtirishadi. Ular tilla 
rangda olov, quyoshning butun mohiyatini mujassam etganidan 
boshqa ranglar uning fonida o‘zining butun jilosi bilan ko‘rinadi.
XV asr birinchi yarmidagi ilk Hirot miniatyurasi, balki Sharq 
rangtasviri rivojiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Hirotlik musavvirlar 
Sheroz, Bog‘dod va Tabriz musavvirlari erishgan eng muhim 
yutuqlarni o‘z asarlarida yahlit holda mujassamlashtirishdi. Lekin 
ularning miniatyuralari obrazni ifodalash, makon yechimi jihatidan 
g‘oyatda o‘ziga xos ekanligi tadqiqotlarda alohida ta’kidlanadi.
Ilk Hirot miniatyura rangtasviri mavzusi boy va rang-barang. 
Temuriylar davri miniatyurachilari tarixga bag‘ishlangan asarlarni 
bezashda yuksak ijod namunalarini yaratishib, tarixiy voqelikni 
suratlarda gavdalantirish konsepsiyasi rivojini belgilab berishdi. 
O‘sha davrda tarixiy voqelarni ko‘rsatishda qamal, jang, g‘alaba, 
ziyofat, yakkama-yakka olishuv manzaralari (“Zafarnoma”, 
“Majmua at-tavorix”) miniatyuralar uchun asosiy obyektga aylandi. 
Abadiy-badiiy asarlar (“Shohnoma”, “Xamsa”, “Kalila va Dimna”, 
devonlari, dostonlar), diniy mavzudagi asarlar (“Me’rojnoma”), 
ilmiy ishlar, yulduzlar jadvali, shajaralarga suratlar ishlashda ham 
ulardagi eng muhim jihatlarga e’tibor qaratish keng tus solgan.
Temuriylar davrida miniatyurasidagi yangilik unda shohga 
sig‘inish kompozitsiyasi yaratilib, hukmdorning namunaviy obrazi 
ko‘rsatilishi, hukmdorning jang olib borishi, ov qilishi, ko‘ngil 
ochishi, saroydagi bazm ziyofati suratlarning asosiy mavzusiga 
aylangani bilan belgilanadi. Ularda jannat sarv, gulxayri, turfa 
mevali daraxtlar o‘sgan yam-yashil maysazor, bir-biriga tutashib 
ketgan marjon qoyalaridan iborat maskan – Yaratguvchining ilohiy 
qudrati bilan bunyod etilgan mo‘jiza sifatida ko‘rsatiladi. Ular jannat 
tabiati go‘zalligi ko‘rinishida ekanligi to‘g‘risida taassurot qoldiradi. 
Temuriylar davri miniatyuralarida inson obrazini gavdalantirishda, 
shartlilikni saqlagan holda, hayotiy detallarni aniqroq ifodalashga 
alohida e’tibor qaratiladi. Avvalgi davr miniatyuralariga sinchiklab 
87
dastlabki ishlanmadan biri sifatida bog‘dodlik Sulton Ahmadning 
albomidan “O‘shanday o‘lcham (sohibo)da, o‘shancha satrda 
rasmlarni xuddi o‘sha tartibda joylashtirib” nusxa ko‘chirishgan. 
Bu usulda ishlash Boysunqur Mirzo kutubxonasi ustalari uchun 
qo‘lyozmalarni ko‘chirishda o‘ziga xos qolipga aylangan. Ular bu 
qoida asosida ish tutib, Bog‘doddagi Jaloiy miniatyura maktabi 
an’analarini davom ettirishgan. Janoyd sulton Bog‘doddagi mazkur 
miniatyura maktabi namoyondasidir. 
Shohruh davrida yaratilgan miniatyuralari qo‘lyozmalar suratlar-
ning nafisligi, manzaralar o‘ziga xos yangicha uslubda chizilganligi 
bilan e’tiborni tortadi. Shohruh tashkil etgan kutubxonada 1514 
– 1416-yillarda Hofizi Abro‘ning “Qulliyoti tarixi” asariga 20 ta 
rasm ishlangan, 1426-yilda shayx Sayidning “Guliston” asari xattot 
Jafar Boysunqur tomonidan ko‘chirilib, unga musavvir Xalil 8 ta 
miniatyura ishlagan. Hattot Muhammad ibn Shamsiddin Boysunquriy 
1426-yilda ko‘chirilgan “Devon” 7 ta miniatyura bilan bezatilgan 
Xoja Kirmoniyning “Himoy va Himoyum” asarini ham shu xattot 
ko‘chirgan. 1427-yilda ko‘chirilgan ushbu asarga 3 ta miniatyura 
ishlagan. 1425-yilda Hofizi Abro‘ning “Majmua at – tavorix” (Zubdat 
at-tavorixi Boysunqur) asari ham miniatyuralar bilan bezatilib 
ko‘chirilgan. Mazkur kutubxonada “Merojnoma” asari, Xari Malik 
Baxshining arabcha va turkiycha maktablari ham ko‘chirilib, ularga 
miniatyuralar ishlangan. 1425-1450-yillarda ko‘chirilgan kitoblarga 
ishlangan 61 ta miniatyura avvalgi davrga mansub miniatyuralarga 
qiyoslansa, 1425-1450-yillar miniatyurasi muayyan darajada ustun 
ekanligi yoqqol seziladi. Mazkur davrga oid miniatyuralardagi 
me’moriy inshootlar va tabiat manzaralari tasvirida Junayd Sulton 
miniatyuralaridagi uslub unsurlari ko‘rinadi. Albatta, Boysunqur 
Mirzo kutubxonasi musavvirlari miniatyuralarida o‘ziga xos jihatlar 
ham mavjud. 
Bu ularning ikkinchi darajali personajlarini tasvirlash (Himoy 
va Himoyun bog‘da miniatyurasida bog‘da qo‘y go‘shtini kabob 
qilayotgan xizmatlar), kompozitsiyaning barcha qismlari mutanosib 
bo‘lishga erishish, tabiat va inson, tabiat va me’moriy inshootlar 
uyg‘unligi namoyon bo‘ladi. Miniatyuralarga voqeylik shartli tarzda 
aks ettirilsada, ular hayotning o‘zida kabi tasavvur beradi. Akbar-
ning qo‘lyozmalardagi miniatyuralar Xitoy rangtasvir ta’siridan 


88
holi ekanligini, kompozitsiyasining mukammalligi, makonning be-
poyonligi, ranglarning jozibaliligi, boy koloriti bilan diqqatni jalb 
etadi. Qo‘lyozmalarga ishlangan miniatyuralar asarida Hofizi Ab-
ro‘ning “Qulliyoti tarixi” asariga ishlangan miniatyuralar alohida 
ajralib turadi. 
Ilk Hirot miniatyurasi rivojining keyingi bosqichi 1430-yillarda 
ishlangan miniatyuralar bilan bog‘liq. Hattot Shamsiddin Boysun-
quriy ko‘chirgan “Kalila va Dimna” asoriga 25 ta miniatyura ish-
langan. 1431-yilda Hattot Mahmud Nizomiyning “Xamsa”siga ko‘-
chirilgan. Unga 98 ta miniatyura chizilgan. Hattot Jafar Boysunquriy 
1429-1430-yillarda ko‘chirgan “Shohnoma” ko‘pgina miniatyura 
bilan bezatilgan. Boysung‘ur Mirzo kutubxonasida ko‘chirilgan 
“Kalila va Dimna” asariga ishlangan miniatyuralar ranglarining 
nafisligi, manzaralarning jozibaliligi bilan alohida ajralib turadi. 
Miniatyuralarda ko‘k, yashil, och ko‘k, kulrang, kumush rangdan ko‘p 
foydalanilgan. Ularda jonzotlar bilan bir qatorda, hukmdorlarning 
tabiat qo‘ynida dam olishi tasvirlangan. Keyinchalik ushbu shahar 
sharq Saroy miniatyurasida eng keng tarqalgan mavzuga aylangan.
Boysunqur Mirzo saroyi kutubxonasi Hattot, musavvirlari ijodida 
1430-yilda Firdavsiyning “Shohnomasi”ga ishlangan miniatyuralar 
turkumi ham alohida o‘rin tutadi. Texrondagi Guliston saroyida 
saqlanadigan ushbu asar birinchi sahifasidan oxirgi betigacha kitobat 
san’atining noyob namunasidir. Uni Hattot Mir Zafar Tabriziy 
Boysunquriy ko‘chirgan. Kitob muqovasining nafisligi, sohibalariga 
yozuvi, rasmlari, naqshlari va albatta miniatyuralarning beqiyos 
go‘zalligi bilan kishini hayratga soladi. Kitobat san’atining bu nodir 
namunasi keyinchalik xattotlar, musavvirlar, muqovasozlar uchun 
ibrat namunasiga aylandi. 
Qadimiy qo‘lyozma shohning ov qilishi tasvirlangan ikki betli 
frontispis (kitobining birinchi oldinga betdagi yoki birinchi bet matni 
yuqorisidagi surat) bilan ochiladi. Ushbu qo‘lyozmani bezatishda 
dostonning eng muhim o‘rinlari miniatyuralar uchun mavzu qilib 
olingan. Ya’ni hukmdorlarning ov qilishi, saroyidagi bazm ziyofati 
(Kaykosuv, Kayxusravi, Isfandiyor, Anushirvon) pahlavonlarning 
yakkama-yakka olishuvi, bahodirlarning jangdagi jasurligi (Rustam, 
Zol), lirik sahnalar (Zol, Rudoba) chizilgan. Suratlarda hayvon, odam, 
daraxt, o‘simliklar, turli narsa – buyumlar, personajlar turgan makon 
89
manzarasi, xususan, tog‘ qoyalari ko‘rinishi, daraxt yaproqlari, 
maysalar nafis sizgilar orqali juda jonli chizib berilgan. Qizg‘in, 
kulrang, pistoqi (bargikaram) ranglarni o‘zaro uyg‘unlashtirish 
orqali diqqatni birdaniga jalb etadigan manzara yaratilgan.
Umuman, Boysunqur Mirzo davridagi Hirot miniatyurasi har 
jihatdan – makon, tabiat manzarasi yoki odamlar obrazini gavdalan-
tirishi jihatidan g‘oyatda mukammaldir. Ushbu miniatyuralar o‘sha 
davr san’atining yuksak namunasidir.
1540-yillarda ishlangan miniatyuralar ham har jihatdan diqqatga 
sazovor. Hattot Yusuf al-Jalol 1445-1446-yillarda ko‘chirgan Nizo-
miy “Xamsa”si nusxasiga musavvir Xoja Ali Tabriziy ishlagan 
miniatyuralar xususida xudidi shu fikrni aytish mumkin. “Xam-
sa”ning ushbu qo‘lyozmasi Shohruhning o‘g‘li Muhammad Do‘-
kiy 
ning xotini Ismat at – Dunyo buyurtmasi bilan ishlangan. 
Firdav siy “Shohnoma”si Muhammad Jo‘kiy buyurtmasi asosida 
1440-yillarda ko‘chirilib, 31 ta miniatyura bilan bezatilgan. Ushbu 
nodir qo‘lyozma Londondagi kutubxonalardan birida saqlanadi. 
Miniatyu ralar bilan bezatilgan mazkur qo‘lyozmalar san’atning bu 
yo‘nalishida temuriylar davriga xos uslub shakllanganini namoyon 
etadi. Bu uslubning eng muhim jihati kompozitsiyadagi barcha 
qismlar aniq va ravshan uyg‘unlik hosil qilgani, voqelikning nafis 
chiz gilar orqali jonli aks ettirilishida ko‘rinadi. Boysunqur Mirzo 
kutubxonasida ishlangan miniatyuralarda me’moriy inshootlar ham, 
odamlar ham, hayvonlar, parrandalar, daraxt, o‘simliklar, narsa – 
buyum, liboslar ham aniq gavdalantirilgan. Ular xuddi jonliday, 
harakatlanayotganday taassurot uyg‘otadi. Maysazor, gullagan 
daraxt, butalar kishini beixtiyor maftun etadi. Miniatyuralarda 
makon yechimida Eron va Yaqin Sharq miniatyurasiga xos uslub 
uyg‘unlashtirilgan. Eron musavvirlari miniatyurasida makon yassi, 
Yaqin Sharq musavvirlari rasmlarida esa vertikal bo‘ylab ichkariga 
olib ko‘rsatiladi. Boysunqur Mirzo kutubxonasi musavvirlari 
jaloyirlik musavvirlar uslubini ijodiy boyitish asnosida makonni 
ko‘rsatishda yangicha uslub yaratishga erishdilar. Hirotlik 
musavvirlar miniatyuralarida makon yuqoriga va ichkariga qarab, 
kengayib boradi. Unda odamlar va hayvonlar tasviri o‘lchami 
kichraytirilishi hisobiga interyer va eksteryer aniq ko‘rsatiladi. Shu 
tarzda miniatyuralarda makonning kosmoning yechimiga erishiladi. 


112
riladi. Ham Shayboniylar, ham Ashtarxoniylar o

z saroylari qoshida 
ko‘plab san’atkorlarni to‘plab, ularga homiylik qilganlar. Natijada 
nafaqat she’riyat va me’morlik san’atlari, balki musiqa san’ati ham 
taraqqiy etadi. Ikkala sulola hukmronligi davrida mohir sozanda va 
xonandalar, shoir-bastakorlardan Mavlono Kavkabiy, Mavlono Rizo, 
Mavlono Pirmuhammad Kulol, Ali Do‘st Noiy, Amir Ali Akbar Sa-
marqandiy, Amir Masti Kobuziy va boshqalar xalq orasida mashhur 
bo‘lgan.
XVI-XVII asrlarda yashagan Mavlono Kavkabiy va Darvesh Ali 
Changiylar musiqashunoslikka oid asarlar yaratishib, kuy va qo‘shiq, 
ularning turlari hamda shakllari masalasini yoritib berdilar. Masalan, 
Hasan Xoja Nisoriyning yozishicha, “Va mullo Kavkabiy musiqa 
sohasida Ubaydullaxon nomiga bir risola tasnif etib, unda ta’lif va 
iyko‘ haqida so‘z yuritgan, hajm, jinslar bahsini ham keltirib, yettita 
bo‘lgan birinchi tabaqa zarbidan va o‘n uchta bo‘lgan ikkinchi 
tabaqa zarbidan hosil bo‘luvchi 12 maqomni 6 ovozda nazm qilib, 
manzumaga kulliyot bog‘langankim, musanniflar bir ovozdan bu 
dilkash amalga tahsinlar aytib kelmoqdalar”. Kavkabiy maqom 
yo‘llari va musiqaning nazariy tomonlarini yoritib bergan.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin