Mavzuga oid tayanch iboralar
Renessans, Musiqa, rasadxоna, Sug‘d taqvimlari, “Baytul-xikma”
(Dоnishmandlar uyi), Xоrazmshоh Abul Abbоs Ma’mun, Beruniy,
Ibn Sinо, Miskavayx, Ibn Irоq, Ahmad al-Farg‘оniy, Al-Xоrazmiy
“Ilmlar kalitlari” kimyogar Abu Bakr ar-Rоziy, Abul Xakim al-
Kоsiy, geоmetriya va trigоnоmetriya rivоji: Mahmud Chag‘miniy,
Shamsutdin A’lоul Buxоriy, falsafa: Ibn Miskavayx, tabоbat va
dоrishunоslik bоrasida dunyoga dоng‘i ketgan Ibn Sinо, Al-Kumriy,
Abu Mansur Kamariy, Sharafutdin al-Ilоqiy, Ismоil Jurjоniy, Devоnu
lug‘atit turk.
Mavzu bo‘ycha takrorlash uchun savollar
1. Uyg‘оnish tushunchasi va uning mazmun-mohiyati haqidagi
tushunchangiz?
2. Movarounnahrda Ilk uyg‘оnish davri, uning vujudga kelish
sharоitlari va оmillari nimalarda ifoda etilgan?
3. Movarounnahrda IX-XII asrlarda ilm-fan ravnaqi, madaniyat
rivоji to‘g‘risidagi fikringiz?
4. IX-XII asrlarda Movarounnahrda yashagan islоm dini,
buyuk hadisshunоs olimlardan kimlarni bilasiz?
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyati – engilmas kuch.
– T.: Ma’naviyat. 2008. – 176 b.
2. Kabirov A. Jaxon tarixi. – T.: O‘qituvchi 2001-yil.
3. Jaxon madaniyati tarixi. – T.: Universitet. 2002-yil.
4. История мировой культуры. – Москва., 2000 г.
5. Умаров Э., Абдуллаев М., Хакимов Э. Культурология.
– Т.: 2006.
73
MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI
MADANIYATI
Reja:
1. Amir Temur – ilm-fan va madaniyat hоmiysi.
2. Ulug‘bek – buyuk оlim, ilm-fan rahnamоsi.
3. Temuriylar davrida tarixshunоslik, xattоtlik, tasviriy san’at
va musiqa.
4. Temur va temuriylar davri badiiy adabiyoti.
5. Temuriy davrida miniatyura san’atining shakllanishi.
Mavzuning o‘quv maqsadi:
Talabalarga Amir Temur – ilm-
fan va madaniyat hоmiysi, Ulug‘bek – buyuk оlim, ilm-fan rah-
namоsi, Temuriylar davrida tarixshunоslik, xattоtlik, tasviriy san’at
va musiqa, Temur va temuriylar davri badiiy adabiyoti haqida
ma’lumotlar berish.
Vatanimiz tarixida temuriylar davrining tоm ma’nоda milliy va
ma’naviy uyg‘оnish (ikkinchi “Renessans” davri) sifatida namоyon
bo‘lishi, jamiyatning ijtimоiy-iqtisоdiy taraqqiyoti bilan birlikda
madaniy yuksalishga erishishi Amir Temur nоmi bilan chambarchas
bоg‘liqdir. Negaki, bu tengsiz siymо qudratli, yahlit saltanatni barpо
etish, uning har tоmоnlama ravnaqini ta’minlash barоbarida ma’naviy-
madaniy hayotning ham gurkirab rivоjlanishiga, ilm-urfоn, adabiyot
va san’at sоhalarining o‘sishiga, bu jabha sоhiblarining iste’dоdi va
ijоdkоrligining kamоlоtiga benazir rahnamоlik ko‘rsatdi. Bu o‘rinda
Amir Temur, Shоhruh Mirzо, Ulug‘bek, Bоysunqur Mirzо, Sultоn
Xusayn, Bоbur Mirzо singari ulug‘ hukmdоr siymоlarning shaxsiy
ibrati tahsinga lоyiqdir.
Amir Temur o‘z mamlakatining ilmu urfоn, madaniyat va san’at
ahliga xоrijiy ellardan ko‘plab hunar-kasb ahllarini, me’mоru naq-
qоshlarini, оli mu fоzillarini оldirib kelib, ularga qulay shart-sharоitlar
96
tuzilishi, qurollari va afzalliklarini bilgan holda, uning har qanday sharoitda
ham jang qila olish qobiliyatini ko‘rsata olgan. Askarlar tog‘ning chiqib
bo‘lmaydigan, tik, chuqur daralariga to‘rt – besh jangchini zambilda
chilvir bilan tushirmoqdalar. Bu Behzodning nihoyatda kuzatuvchan
mohir musavvir bo‘lganligining yana bir isbotidir.
Keyingi suratlarda Samarqanddagi Amir Temur tashabbusi
bilan avj oldirilgan binokorlik ishlari tarannum etiladi. Faqatgina
shu Behzod asarlari tufayligina asrlar bo‘yi jahon xalqlarini o‘z
muhtashamligi va ko‘rki bilan hayratga solib kelgan me’morchilik
obidalarining haqiqiy ijodkorlari ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi.
Ular oddiy mehnatkash xalq vakillari; tarix sahifalarida ularning
nomi deyarli qolmagan bo‘lsa ham, o‘zlaridan o‘lmas yodgorlik
qoldirdilar. Bu me’morchilik obidalari o‘tmish madaniyatimiz
taraqiyotidagi bir bosqichning jonli guvohidir.
Rasmlarning birida Bibixonim madrasasini bunyod etish
jarayonidan bir lavha berilgan. Ustalar o‘ziga tegishli ish bilan band,
ular turli holatlarda, tinimsiz mehnat qilayotgandek. Binoning asosiy
qismi – nafis gullar bilan bezatilgan ayvon esa qurilib bo‘lingan:
pastda ishchilarning bir qismi devor yuzasini qoplash uchun
ishlatiladigan og‘ir marmar taxtalarni tashimoqdalar, boshqalari
bo‘lsa, g‘isht teruvchilar uchun loy tayyorlamoqdalar. Eng yuqorida
qo‘lida bir shaklni (binoni oddeli bo‘lsa kerak) ushlab turgan kishi
bor. Bu binoning bosh me’mori bo‘lsa kerak.
Ikkinchi surat binoni pardozlash jarayonini tasvirlaydi. Duradgorlar
taxta qirqib, randalashmoqda. Tosh yo‘nuvchilar marmar taxtalarni
o‘yib, naqshlash, sirkor plitalarga pozik chiziqli gul tushirish bilan
band. Nazoratchi ulardan birini kaltaklamoqda. Oldinda marmar
taxtalar ortilgan arava… tasvirda qurilishga ishtirok etayotgan negr
(hindu)larni ko‘ramiz. Hindistonlik usta va ishchilar, fillar Temur
Hindistonga qilgan harbiy yurishidan so‘ng bu yerga olib kelgan.
Tasvirning aniq va hayotiyligi naqqoshning Hirotda Alisher Navoiy
tashabbusi bilan avj oldirilgan qurilish ishlaridan ilhomlanganining
dalilidir. Navoiy Farhodning yaratuvchilik mehnatini kuylagan
bo‘lsa, mohir rassom buni to‘g‘ri angladi va ko‘pchilik xalq
mehnatini sharafladi. Bu jihatdan Behzod O‘rta Osiyo xalqlari
san’ati tarixida birinchi insonparvar rassomdir.
Behzod portret janrining boshlovchisi va mohir ustasi bo‘lgan.
81
Jahongir edi. Ustod Jahongir mashhur Pir Sayyid. Ahmad Tabriziyga
ustozlik qilgan. Kamolliddin Behzod esa ana shu Pir Sayyid Ahmad
Tabriziydan musavvirlikni o‘rgangan.
Temurning juda ko‘p qo‘lyozmalar to‘plaganligi haqida dovrug‘i
biz gacha yetib kelgan. Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik beri-
shicha, samarqandlik ustalar qadimiy moxeylik rangtasviri namu-
nalaridan xabardor bo‘lganligi bois, Sohibqiron kutubxonasida ulug‘
rassom Moniyning “Arjang” albomidan ba’zi bir surati sahifalar
saqlanib kelingan.
Ma’lumki, Movaraunnahr qadimgi kitobot tartib etish va ularni
to‘plash markazi edi. Ibn Sino tomonidan tasvirlangan mashhur
somoniylar kutubxonasining o‘ziyoq bu o‘lkada kitob yig‘ish va
ularni omilkorlik bilan asrashning boy an’analari mavjudligidan
dalolat beradi. Shayx Muhammad Parso ajdodlari tomonidan qariiyb
uch yuz-yil davomida yig‘ilgan nihoyatda boy oilaviy hisobxona
zaminda kitobga hurmat – e’tibor juda katta, kuchli bo‘lganligidan
darak beradi.
To‘plangan ushbu kitoblar tarkibini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki,
XV asrgacha asosan ilmiy adolatlarni yig‘ish ustuvor bo‘lgan. Faqat
XV asrdan boshlab asta-sekin miniatyura – suratlar bilan bezatilgan
she’riy majmualar qo‘lyozmalarini yig‘ish ustunlik qila boshladi.
Bunda A.Temur va uning vorislari qilgan homiylik muhim ahamiyat
kasb etadi. O‘rta asr mualliflari yozib qoldirgan guvohliklarni
hisobga olmaganda, A.Temurning mashhur kutubxonasidan nom
nishon ham qolmagan. Faqat bu yerda to‘plangan qo‘lyozmalar
asarlarining san’at darajasi o‘ta yuqori bo‘lganligini taxmin qilish
mumkin, xolos, zotan bular – mag‘lub bo‘lgan hukmdorlarning
kutubxonalaridan saralab keltirilgan eng yaxshi asarlar, shuningdek,
zabt etilgan o‘lkalardan keltirilgan zamonasining eng yetakchi
ustalari tomonidan Samarqandda – A.Temur saroyida Sohibqiron
uchun tayyorlangan noyob kitoblar edi.
XVI asr tarixichisi Do‘st Muhammadning guvohlik berishicha,
Samarqand kutubxonasi boshida Temur Bog‘doddan oldirib kelgan
mashhur musavvir Abdulhay turgan. U “o‘zining muzaffar lashkari
bilan birga xoja Abdulhayni o‘z poytaxti Samarqandga olib keldi.
Usta ushbu maskanda vafot qildi. Xojaning vafotidan so‘ng jami
ustalar uning ishlariga taqlid eta boshladilar”. Bu XV asr boshida
82
miniatyuralarning manbalari va uslublarini yaqqol ko‘rsatuvchi
nodir dalillardir.
Amir Temur va temuriylar davrida barcha san’at va memorchilik
turlarining o‘ziga xos jihatlari rivojlanib, turli badiiy maktablar
yutuqlarining bir-biri faollik bilan boyitib borishi va asta-sekin
birikib ketishi jarayoni XV asrning birinchi yarmida yangi, o‘ziga
xos Samarqand san’ati uslubining shakllanishiga olib keldi.
Dohiyona bunyodkorlikdan, san’atning yuksak darajasidan darak
beruvchi me’moriy yodgorliklarning, amaliy san’at namunalarining
bir qismi bizgacha yetib kelgan bo‘lsa-da, biroq rang-tasvir ishlari
saqlanib qolmagan. Faqat yozma manbaalardagina Temur saroyidagi
bezaklar, uning mashhur kutubxonasi, unda saqlangan qo‘lyozmalar
hamda ularni bezagan miniatyuralar haqida ma’lumotlar uchraydi,
xolos.
Amir Temurning nevarasi Ibrohim Sultonning Sherozdagi saroy-
ida Sohibqiron hayoti va zafarlari haqida hikoya qiluvchi «Zafar-
noma» asarini bitgan Sharofiddin Ali Yazdiy Eron ustalari tomonidan
ishlangan bezaklar haqida hayratga tushib so‘zlaydi.
Amir Temur hayotining XV asrdagi boshqa bir-yilnomachisi Ah-
mad ibn Arabshoh Samarqand saroylarining devorlariga ishlan gan
suratlar mavzusiga to‘xtalib, ularda qabul marosimlari, sohibqi-
ronning bazmlari, jang manzaralari, ov sahnalari shuningdek,
Temur ning o‘zining, jangchilari, o‘g‘illari, nevaralari, xotin va kani-
zaklarining portretlari tasvirlanganligini xabar beradi.
Keyinroq bitilgan asar – Zahriddin Boburning “Boburnoma”
me’yorida Bog‘i Dilkusho saroyi devorlari Temurning Hindistonga
yurishi haqidagi tasvirlar bilan bezatilganligi aytib o‘tiladi.
Yuqorida qayd etganimizdek, qasr va Saroy devorlariga solingan
rasmlar bizgacha yetib kelmagan. Ma’lumki, 1407-yili Samarqandning
shimoliy shahzoda Begim Sulton uchun katta porloq qurilib,
uning o‘rtasidagi qasr devorlari ishqiy mazmundagi suratlar bilan
bezatilgan. Amir Temurga atab tarixiy asar yozgan olim Sharofiddin
Ali Yazdiyning ko‘rsatishicha, mazkur rasmlarni bunyod etishda
Amir Temur zamonida shuhrat qozongan turli mamlakat musavvirlari
ishtirok etgan. Tarixchilar bu san’atlar katta mahorat bilan yaratilgan
san’at namunalari bo‘lganini hikoya qiladi. Temur va temuriylarning
har biri o‘z davrida hatto qurilish ishlari olib borganlar. Ular o‘z
95
suratlarni rangli holda alohida kitob tarzida nashr etadi. U o‘z
kitobida “Zafarnoma”dagi Behzod chizgan suratlarga xos xislatlar
haqida gapirib, Behzod suratgarligida ko‘m–ko‘k butazorlar bilan
zamin sathi ziynatlangan bo‘lishi, manzaralarning jonli va jozibali
chiqishi undan oldin o‘tgan va zamondosh musavvirlarnikidan
afzalroq chiqadi, deb yozadi.
Mazkur qo‘lyozmadagi Behzod chizgan suratlar turli tarixiy
voqelar, jang holatlari, saroydagi qabul marosimi, Samarqandda
binokorlik ishlari va boshqalarni aks ettirib, faqat kitob mazmuniga
taalluqli suratlardir. Bulardan birinchi qo‘shaloq surat Amir Temurning
bog‘da o‘tkazayotgan qabul marosimini tasvirlaydi: o‘ng tomondagi
sahifada Amir Temur va uning yaqin kishilari, so‘l tomondagisida
esa – tantanali qabul marosimiga kelgan turli mamlakat elchilari
va Saroy mansabdorlari. Ulardan ikkitasi kursida, har xil kiyimli
yana beshtasi esa, Amir Temur qarshisida tavoze bilan turishibdi.
Elchilardan bir to‘dasi eshik yonida to‘planishgan. Amirlar ortida
turgan xodimlar orasida ko‘p habashlar ham bor. Ana shu sahnada
o‘nlab kishining tasviri bo‘lishiga qaramay, musavvir o‘z maqsadiga
erishgan, kishilar surati jonli va tasvirdagi mazmun tushunarli va
ishonarli chiqqan. Bu hol, yuqorida qayd etilganidek, faqat Behzod
ijodiyotida mavjuddir.
“Zafarnoma”dagi ikkinchi surat Xiva qal’asining Amir Temur
qo‘shinlari tomonidan qamal qilinishini tasvirlaydi. Tasvir baland,
mustahkam qal’a, yonida tok chirmashgan ulkan chinor… Musavvir
jangning eng qizg‘in paytini tanlab olgan: qal’a himoyachilari
kungurali baland tik devor ustidan dushman ustiga o‘q yog‘dirib,
katta xarsang toshlar irg‘itishmoqda. Ammo Amir Temur askarlari
qal’a darvozasiga kiraverishdagi ko‘tarib qo‘yilgan osma ko‘prikni
tushirishga muvaffaq bo‘lganlar. Ilg‘or qismdan suvoriylar qal’a
ichkarisiga kirib bormoqda. Ba’zilariga o‘q tegib, otdan ag‘darilgan.
Qal’a himoyachilari orasida xotin-qizlar ham bor. Tasvirning aniqligi,
jangchi va otlarning tez, chaqqon va shiddat bilan harakat qilishi,
jonliligi sezilib turadi. Jang shiddati chinor shohlari, barglarni ham
titratayotgandek tuyuladi.
Uchinchi surat tog‘dagi jang manzarasidir. Amir Temur qo‘shinlari
Oltin O‘rda xoni To‘xtamish (1381 – 1395)ning qo‘shinidan qolgan-
qutganlarini tor-mor keltirmoqda. Musavvir Amir Temur qo‘shini, uning
94
Navoiy Behzodga boshdan oyoq anjomlangan ot va majlisda hozir
bo‘lganlarning barchasiga qimmatbaho to‘n taqdim etadi.
Bu dalillar musavvir asarlari zamondoshlari tomonidan qanchalar
yuksak baholanganligini ko‘rsatadi. Behzodning doimo Alisher
Navoiy va uning yaqin fikrdoshlari diqqat-e’tiborida bo‘lganining
isbotidir. Uning murabbiysi Alisher Navoiy garchi u haqda aniq
bir fikr qoldirmagan bo‘lsa ham, do‘stlaridan biriga yozgan bir
maktubidan o‘sha davr musavvirlari orasidagi Behzod mavqeini
yaqqol tasavvur qila olamiz:
“Firoqnomakim yuborilibdur – tasvir qililsun deb, ani tasvir qila
olur kishi Ustod Behzoddir va bu yaqinda Ustodi mushorunilayhni
(Sulton Husayn) Mirzo tilab oldilar: o‘z qoshlarida bog‘da hujra
yasatib ish buyurdilar. Yana andoq kishiki, ul kitobatqa munosib ish
qila olg‘ay – yo‘q erdi”. Ha, Sulton Husayn Mirzo naqqoshlik va
musavvirlikda kamolot cho‘qqisiga ko‘tarila boshlagan. Behzodni
o‘z saroyida ishlatishni lozim ko‘radi va uni o‘z kitobxonasining
raisi qilib tayinlaydi. Bu mansabni topshirish to‘g‘risidagi nomaning
matni Xondamirning “Nomai nomiy” asarida keltiriladi: “Hirot
kitobxonasining boshlig‘i (mansabi) uchun Ustod Kamoliddin
Behzod nomiga berilgan nishon…”.
Yevropalik san’atshunos olimlar Behzodning Sharofiddin Ali
Yazdiy (vafoti 1454) “Zafarnoma”siga chizgan suratlariga yuqori
baho beradilar. Bu asardan 1467-yili sulton Husayn Mirzo xazinasi
uchun Sherali xattot nasta’liq yozuvida nusxa ko‘chiradi. Har
biri ikki sahifali oltita qo‘shaloq suratlarda 1490-yil ko‘rsatilgan.
Qo‘lyozmada jami bo‘lib 12 ta tasvir bor. Demak, uni XV asrning
90-yillarida tasvir qilingan deyish mumkin. Qo‘lyozmaning
69-sahifasida shoh Jahongirning 1605-yilda o‘z qo‘li bilan yozgan
quyidagi so‘zlarini o‘qiymiz: “Bundagi sakkiz surat Behzod qo‘li
bilan chizilgan. Kitob menga bobom Humoyundan qolgan. Taxtga
chiqqan kunim yozdim – 1037-yil, h. 1605. Jahongir ibn Akbar”.
“Zafarnoma”ning mazkur nusxasi hozir baltimordagi Jon Xopkins
universiteti kutubxonasida saqlanmoqda (AQSH). Yevropalik
olimlardan R.Etingauzen o‘zining Islom qomusiga yozgan maqolasida
barcha suratlar Behzod mo‘yqalamiga mansubligini va ular Behzod
ijodiyotining ilk davrida yaratilganligini yozgan. Ingliz sharqshunos
olimi T.V.Arnold 1930-yili mazkur “Zafarnoma” nusxasidagi
83
poytaxtlarida, mamlakatlarida boshqa joylarda oromgoh joylar,
saroy va qasrlar, madrasa va hammomlar qurib, ularni o‘sha davr
mohir usta va hunarmandlari, podshoh va musavvirlarining asarlari
bilan bezatganlar. Afsuski, turli mavzudagi suratlar bilan devorlari
bezatilgan bunday ajoyib qasr va saroylar bilan shuhrat topgan
Samarqand, Shahrisabz, Hirot va boshqa shaharlarning chorbog‘lari,
ularning bunyodkorlari haqida batafsil fikr yurita olmaydi. Bunday
qasr va saroylarning ko‘pchiligi zamonlar o‘tishi bilan nobud
bo‘lgan. O‘sha binolarini, oromgohlarini, chorbog‘larini va boshqa
qurilishlarini yuksak hunari, mohir talanti bilan bezatgan mo‘yqalam
sohiblari, o‘ymakor va sartaroshlari, turli xil bezak egalari haqida
juda oz ma’lumotlarga egamiz. Faqat tarixnavislar, shoirlar tufayli
biz Amir Temur va temuriylar qurdirgan chorbog‘larning ba’zi qasr
va saroylari qiyofasini tasavvur qila olamiz.
Temuriylar hukmronligi davrida o‘rta sharqning o‘rta asr mada-
niyati va san’ati gullagan davrini boshidan kechirdi. Bu davrlarda
hashamatli va go‘zal binolar vujudga keldi, devoriy rassomlik,
amaliy-dekarativ san’at sohasida nafis asarlar yaratildi. Bu hol
so‘zsiz, me’morchilik va tasviriy san’atda qator yangi an’analarning
vujudga kelishi va rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, birinchi
bor vujudga kelgan yirik va murakkab me’morlik ansambllari shahar
kompozitsiyasida muhim o‘rinni egallay boshladi va an’anaviy
meroslik shakl va uslublarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi.
Ayniqsa, me’morchilikning rangli bezak bilan boyishi katta
badiiy – estetik ahamiyat kasb etdi. Albatta, rang bezak o‘rta Osiyo
an’anaviy me’morchilarning ajralmas qismi bo‘lgan. Lekin XIV
asrga kelib, binoning ichi va tashqari pardozi alohida o‘rinni egallay
boshladi. Sirli sopol taxtachalardan ishlangan rangli naqshlar,
XVI asr oxirlaridan keng tarqala boshlagan o‘yma naqshlarning
keng ko‘lamda amalga tatbiq etilishi O‘rta sharq xalqlari ijodiy
fantaziyasining katta yutug‘i bo‘ldi. O‘rta Osiyo me’morchiligida
sodir bo‘lgan o‘zgarishlar ilk bor ko‘hna Urganchdagi To‘rabek
xonim maqbarasida namoyon bo‘ldi. Xorazm ustalari yaratgan
bu ijobiy yodgorlik an’analari keyinroq Temur farmoyishi bilan
Samarqand va saltanatining boshqa yerlarida keng foydalanilgan.
Amir Temur va temuriylar davrida Hirot miniatyurasi ham keng
rivojlandi. XV asr Eron, Movarounnahr va Xuroson rang-tasvir
84
miniatyurasi tarixida musulmon mamlakatlari ma’naviy hayotida
muhim ahamiyat kasb etgan. Qo‘lyozma kitob san’ati, anig‘rog‘i,
Hirot miniatyurasi muhim o‘rin egallaydi.
1381-yilda Amir Temur Hirotni egallab, 1383-yilda butun
Xurosonni o‘z saltanatiga qo‘shib oldi. Bu hududga salkam yuz-yil
mobaynida temuriylar hukmronlik qildi.
XV asrda Hirot temuriylar saltanatining siyosiy va madaniy
markazi sifatida gullab-yashnadi. Amir Temur vafotidan keyin
Shohruh hukmronlik qilgan davrda Hirotda keng ko‘lamda qurilish
ishlari olib borilishi tufayli me’morchilik san’ati ravnaq topib, bu
yerga yangi me’morlik maktabi yuzaga keldi. Bu paytda Samarqandni
Shohruhning o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek boshqarar edi. U Samarqandda
matematika, astronomiya singari fanlar rivojiga alohida e’tibor
qaratgan bo‘lsa, Shohruh Hirotda san’at va adabiyot, tarix kabi
gumanitar fanlar ravnaq topshiga keng imkoniyat yaratib berdi.
Hirotda madaniyat va san’atning gullab yashnashi Shohruhning
o‘g‘li Boysunqur Mirzo nomi bilan bevosita bog‘liqdir. Shohruh
taxtda o‘tirgan paytda Boysunqur Mirzo vazir lavozimida edi. U
1414-yildan hokimiyatni boshqarishni to‘laligicha o‘z qo‘liga
olgan. Boysunqur Mirzo shoirlar, musavvirlar, tarixnavislarga
g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, homiylik qilgan. Qori Ahmadning qayd
qilishicha, Boysunqur Mirzo “Hattotlikda noyob ustalardan biri”
Mavlono Shamsning shogirdi bo‘lgan. Temuriy hukmronlar san’at
va adabiyotga qiziqib qarashi bilan boshqa hukmronlardan alohida
ajralib turishgan. Davlatshoh Samarqandiyning ma’lum qilishicha,
Ulug‘bek Nizomiy, Boysunqur esa Dehlaviy asarlarini sevib o‘qigan.
Alisher Navoiy ham Boysunqur Mirzo Hirotda hukmronlik qilgan
davrda yashagan va uning madaniyat va san’atni rivojlantirishdagi
beqiyos xizmatlarini alohida ta’kidlagan. Jumladan, “Boysunqur
Mirzo saroyida shoir, xattot, musavvir, sozandalar shunchalik
ko‘pki, hech bir zamonda hukmdorlar saroyida bunchalik bo‘lgan
emas” degan. Alisher Navoiy Boysunqur Mirzo “adolatli, bag‘ri
keng, iste’dodli kishilarni e’zozlaydigan, kishilar farovon yashashini
istaydigan hukmdor” bo‘lganini qayd etgan. Davlatshoh Samarqandiy
Boysunqur Mirzo she’rlar yozib, bor va turkiy tilda bitilgan she’rlarga
eng to‘g‘ri baho bera olgan, olti xil usulda husnixat yoza olganini
eslatgan. U shuningdek, Boysunqur Mirzoning katta kitobxonasi
93
ham asarlari muhokama qilinib, har kim o‘z mulohazasini bayon
etar va hal qiluvchi fikrni Alisher Navoiy aytardi.
Navoiy va Behzod zamondoshlaridan Zayniddin Vosifiy o‘zining
“Badoyiul-vaqoye’” asarida Behzod chizgan suratini shoir va uning
maslakdoshini hikoya qiladi.
Vosifiy yozadi: “Behzodning san’ati va shuhrati kun va soat sayin
oshardi. Uning har bir yangi asari unga g‘alaba va shon-shuhrat
keltirardi”. Ma’lum bo‘lishicha, bir kuni usta buyuk amir Alisher
Navoiy majlisiga hayotiy mavzu tasvir etilgan miniatyura suratini
olib keladi. Unda turli daraxtlar shoxlarida sayrayotgan rang-barang
qushlar, har yerda jildirab oqayotgan jilg‘alar, chaman gullarga
to‘la so‘lim bog‘ juda ko‘rkam va tarovatli tasvirlangan edi. Alisher
hassaga suyangan, uning oldida esa ehson uchun mo‘ljallangan oltin
va kumushga to‘la idishlar. Miniatyurani ko‘rar ekan, amirning yuragi
ehtiroslarga to‘la va “Ofarin!” deb olqishladi. Keyin majlisning
boshqa ishtirokchilariga qarab murojaat qildi: “Bunday ajoyib
tasvirga nisbatan sizlarda qanday olqishlar va hayrat paydo bo‘ldi?”.
Xurosondagi mashhur kishilardan biri Alisherning ustozi mavlono
Fasihiddin shunday deydi: «Men bu gulshandagi gullarni ko‘rganim
hamono, ularning birini uzib olib, sallamga taqmoqchi bo‘ldim».
Alisherning doimiy suhbatdoshi va do‘sti mavlono Sohibdori:
“Menda ham shunday xohish paydo bo‘ldi. Lekin agar gullarga
qo‘limni cho‘zsam, daraxtdagi qushlar cho‘chib, uchub ketmasmikan
deb andisha qildim”, - deydi. Xurosonning oqil kishilariga doimo
taqlid qilib, hazil – mutoyiba bilan Alisherga tegishib yuruvchi
mavlono Burxon shunday deydi: “Bunday ta’riflardan keyin,
mulohaza bilan jim turishni maqul ko‘rdim. Agar so‘z qotadigan
bo‘lsam hazrat Mir yuzlarini burishtirib, qovoqlarini chimirishlari
mumkin”. Hirotning dono va aqllik kishilaridan biri, Alisher
“latifatarosh” deb laqab qo‘ygan mavlono Muhammad Badhiy deydi:
“O mavlono Burxon, agar bu kaltabin va beadablik bo‘lmaganida
edi, sizning bu so‘zlaringiz uchun men hazratimning qo‘llaridagi
hassa bilan naqd boshingizga tushurar edim”. Hazrat shunday deydi:
“Muhtaram suhbatdoshlar ko‘p yaxshi so‘zlarni aytdilar va ma’no
durlarini xo‘b sochdilar. Agarda mavlono Burxon bunday qo‘rslik va
qo‘pollikni qilmaganlarida edi, men mana shu tilla va kumushlarni
sizlarning boshingiz uzra sochmoqchi edim”. Shundan keyin Hazrat
92
muhimroq bo‘lgan. Mazkur rivoyat, garchi haqiqatdan yiroqroq
bo‘lsa ham, Kamoliddin Behzodning bebaho, noyob hunar egasi
ekanligining, katta shuhrat sohibi bo‘lganligining bir guvohidir.
Behzod 1455-yili Hirotda hunarmand kosib oilasida dunyoga
keldi. Naqqoshlik va musavvirlikka bo‘lgan qiziqish unda juda erta
uyg‘ondi. Behzod ota-onasidan yoshligadayoq judo bo‘ldi. Sulton
Husayn Mirzo kitobxonasining raisi Mavlono Mirak naqqosh yosh
Behzodni shogirdlikka oladi, unga ustoz bo‘ladi. Mavlono Mirak
naqqosh hirotlik bo‘lib, uni Said Mirak yoki Xo‘ja Mirak ham deb
yuritishar edi. U yoshligida o‘qsoz edi. Madrasada o‘qidi, Quro‘nni
o‘rgandi, so‘ng xattotlikni egalladi. Otasi dunyodan o‘tgach, o‘q yoy
yasab, shu hunari orqasidan kun ko‘ra boshlaydi. Imoratlarga kitoba
yozish (devorga yozuvlarni naqsh bilan yozish va rasm solish) bilan
ham mashg‘ul bo‘lgan. Musavvir sifatida tanila boshlagandan keyin
u Sulton Husayn Mirzo kitobxonasiga boshliq qilib tayinlandi. Sulton
Husayn davrida qurilgan imoratlarning aksari kitobasi shu Mavlono
Mirak naqqosh qo‘li bilan bajarilgan. U o‘z hunariga shunchalik
mohir ediki, zamondoshlarining yozishiga qaraganda, u bir-yillik
ishni bir oyda ham bajara olardi. Rivoyat qilishlaricha, Alisher
Navoiy tashabbusi bilan Hirotdagi masjidi jome qayta tiklanayotgan
paytda bu ishni tezroq bitirish zarur bo‘lib qoladi. Biroq Mavlono
Mirak, nima uchundir, kitoba ishini paysalga sola boshlaydi. Ishga
Alisher Navoiy aralashadi-yu. Mirak naqqosh masjidni bezash va
kitoba yozish ishlarini 15 kunda bajaradi. Masjidi jomeni hozirgi
kunlarda ham ziyorat etgani kelgan har bir sayyoh yoki mehmon
Mavlono Mirakning mazkur noyob san’atiga tahsinlar o‘qib
ketishadi.
Behzod Mavlono Mirak, Alisher Navoiy, Sulton Husayn Mirzo
singari ma’rifatparvar olimlar davrasida tarbiyalanib, tezda mohir
san’atkor naqqosh va musavvir sifatida tanildi. U o‘z davrigacha
bo‘lgan tasviriy san’at sohasida erishilgan yutuqlarni mukammal
egalladi va musavvirlikda yuksak insoniy fikrlar va boshqa ilg‘or
g‘oyalar bilan sug‘orilgan hayotiy tasvirlari bilan tezda shuhrati orta
bordi. Mavlono Behzod oldin Alisher Navoiy kitobxonasida ishladi.
Mazkur davrda u o‘z kasbidagi san’atkorlardan ham mahorat,
ham g‘oyaviy yo‘nalish va uslubda ancha ilgarilab ketdi. She’riy
munozara va ijodiy majlislarda, anjuman va yig‘inlarda Behzodning
85
bo‘lgani, unda qadim zamonlardan va O‘rta asrlargacha yaratilgan
eng yaxshi asarlar saqlanganini ma’lum qilgan. Boysunqur Mirzo
davrida Hirotda kitoblarni ko‘chirish va qo‘lyozma kitoblarni badiiy
bezatish amalga oshiraladigan ustaxonalar tashkil etilgan.
Temuriylar saltanatidan juda ko‘p xattot, musavvirlar ustaxo-
nalarda ishlash uchun jalb etilgan. Iskandar Sulton vafot etganidan
keyin Shohruh Sherozdan uning xazinasini Hirotga keltirgan. Bu
xazinada qimmatbaho buyumlar bilan birga ko‘pgina qo‘lyozmalar
ham bo‘lgan. Davlatshoh Samarqandning yozishicha, Hirotdagi
usta xonalarda qisqa – yaqin xattot kitoblarni ko‘chirish va qo‘lyoz-
malarni bezatish bilan shug‘ullangan. Ularning aksariyati tabrizlik
va sherozlik bo‘lgan. Masalan, Mavlono Feriddin Jafar Tabriziy,
Sayyid Ahmad Naqqosh, Xoja Ali Musavvir, Qiyomiddin Tabriziy
tabrizlik bo‘lsa, xattot Mavlono Ma’rif Bog‘dodiy, Mahmud Ali
Husuyin sherozlikdir.
Bu Boysunqur Mirzoning ma’lum muddat Tabrizda hukmronlik
qilgani bilan bog‘liq. U Hirotda ustaxona tashkil etgach, Tabriz,
Sheroz singari o‘lkalardan xattot, musavvirlarni ishga jalb etgan.
Albatta, Hirotdagi ustaxonalarda mahalliy xattot va musavvirlar
ham ish olib borishgan.
Kitobxonada kitoblarni ko‘chirish, bezatish bilan birga, asl matnni
tiklash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borilgan. Bu yerda
Firdavsiyning mashhur “Shohnoma” asari yahlit matni yaratilgan.
Boysunqur Mirzo tarixga juda qiziqqani uchun tarixnavislarga
alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan. Hobizi Abro (Mavlono Nuriddin
Abdulla) Boysunqur Mirzoning yaqin kishilaridan biri bo‘lgan va
unga bag‘ishlab “Zubdat at – taborixi Boysunqur” asarini bitgan.
Ushbu mashhur asarning bir nusxasi 1425-yilda Hirotda rasmlar bilan
bezatilgan. Boysunqur Mirzoning topshirig‘iga ko‘ra, Rashiddin
mashhur “Jome at tavorix” asarini yozgan. Mazkur asar temuriylar
davrida tarixiy manbalarni yozish tartib – qoidalarni boshlab
bergan. Xuddi shu asardan keyin tarix to‘g‘risidagi tadqiqotlarni
rasmlar bezash an’ana tusini olgan. Bundan tashqari Boysunqur
Mirzo naqqosh Ustod Sayyid Ahmad, Xo‘ja Ali musavvir va jildsoz
Qovimiddin Tabriziyga Ahmad Bog‘dodiy muroqqosini ko‘chirishni
buyuradi.
U Amir Temur tomonidan Samarqandga keltirilgan Abdulloh
86
musavvirning shogirdi edi. Ahmad Bog‘dodiy tomonidan tuzilgan
suratlar muraqqosi o‘sha paytda yagona nusxa bo‘lib, ba’zi suratlar
davr zoli bilan o‘z latofatini yo‘qota boshlagan edi. Boysunqur
Mirzo uchun ko‘chirtiriladigan mazkur muroqqoga mashhur xattot
Mavlono Fariddin Jafar qasida yozadi va yozuvlarini ko‘chiradi. Jild
yasashni Ustod Qovimiddinga, bezash ishi Amir Xoliqga topshiriladi.
Ammo muraqqo ko‘chirilib tomom bo‘lmasdan Boysunqur Mirzo
dunyodan o‘tadi. Muraqqani ko‘chirishni uning o‘g‘li Aloviddavlo
Mirzo davom ettiradi.
Hirotda Shohruh va Boysunqur Mirzo hukmronlik davrida saroy da
qo‘lyozmalarga miniatyuralarni chizishdan oldin katta tayyorgarlik
ishlari olib borilgan. Saqlanib qolgan ko‘pgina rasmlar va xomaki
chizmalar qo‘lyozmalar uzoq tayyorgarlik asosida bezatilganidan
dalolat beradi. Qo‘lyozmalardagi erkak va ayol qiyofasi, g‘aroyib
o‘simlik, daraxtlar manzaralar tasviri kompozitsiyasining eng
maqbul variantini topishga jiddiy e’tibor qaratilganidan davlolat
beradi, turli miniatyura markazlari musavvirlarining bir joyda
jonlanishi yuz-yillar mobaynida shakllangan uslublarni o‘zaro
uyg‘unlashtirish asosida yangi uslublar yaratishga imkon bergan
va natijada, XV asr birinchi yarmida Hirot miniatyura maktabi
vujudga kelgan.
Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Hirot miniatyura maktabi
XV asr 20-yillarida shakllana boshlagan. Ammo XV asr birinchi
o‘n-yilligidayoq bu yerda Boysunqur Mirzoning topshirig‘i bilan
tarixiy asarlardan nusxalar olina boshlagan. 1410-yilda Tojiddin
Salmonning «Shams ul - husm» asari ko‘chirilgan, 1412-yilda
Shomiy Zuilning “Zafarnoma”, “Zafarnomai shomiy” asarlari nus-
xalari ko‘paytirish davom ettirilgan. 1414-yilda “Muntahibdin at
– tavorizi muyiniy” (Muyiniy va muyiniddin Natanzaniyning tan-
langan solnomasi) asari nusxalari yaratilgan. Bu kabi dalillar usta-
xonada asarning dastlabki o‘n-yilligida ish boshlangan va unda
o‘nlab xattot, musavvirlar faoliyat olib borganidan davlolat beradi.
Shuning uchun ba’zi tadqiqotchilar Boysunqur Mirzo kutubxonasini
“Akademiyaga” qiyoslashadi. Chunki unda juda ko‘p mutaxassislar
o‘z ixtisosligi bo‘yicha qo‘lyozmalarga manzara ishlashgan bo‘lsa,
kimdir kishilarning qiyofasi, yuz ko‘rinishini chizgan.
Tabrizlik ustalar Boysunqur Mirzo topshirig‘ida kutubxonada
91
qaralsa, kishilar qiyofasi deyarli o‘xshash ekanligi, bir xil qiyofalar
miniatyuradan miniatyuraga ko‘chib yurgani aniq seziladi.
XV asr oxirgi choragi Hirot miniatyurasining yetuk namoyandasi
Kamoliddin Behzod ijodi bevosita XV asr birinchi yarmi ilk Hirot
miniatyura maktabi ravnaqining mantiqiy natijasi bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |