Mavzuning o‘quv maqsadi:
Talabalarga O‘rta Osiyo Rossiya
imperiyasi tarkibida: me’morchilik, musiqa, tasviriy san’at, ilm-
fan rivoji hamda o‘lkada jadidchilik harakati va siyosiy jarayonlar
haqida ma’lumotlar berish.
Rus bosqiniga qadar Turkistonda keng tarmoqli xalq maorifi
o‘choqlari: maktablar va madrasalar mavjud edi. Istilochilar ular-
ning faoliyati bilan tanishib, mustamlakachilikning bundan keyingi
taqdiri uchun o‘sha maktab va madrasalarning g‘oyatda xavf-
li ekanligini tushunib yetgandilar. Shu bois chorizm o‘lkada rus-
lashtirish siyosatini ayni shu sohadan boshlab, bu soha bo‘yicha
o‘z dasturini ishlab chiqadi. Ayniqsa bu sohada K.P.Kaufman jon
kuydirib faoliyat ko‘rsatgandi.
1866-yilda Toshkent Rossiya tomonidan bosib olinganidan bir-
yil o‘tgach, Toshkent shahrida birinchi rus maktabi ochildi, bundan
keyin Turkistonning boshqa shaharlarida ham rus maktablari ochila
boshladi. 1876-yildan e’tiboran Turkiston o‘lkasidagi o‘quv yurtlari
boshqarmasi tuziladi, shu-yili Toshkentda erlar va xotin-qizlar
progimnaziyalarining quyi sinflari ochiladi. 1880-yili Imperiya Davlat
Kengashining qarori bilan Turkistonni ruslashtirish siyosatining
yangi bir jabhasi xalq maorifiga qaratildi. Kaufman kengashda
Turkistonda ruslar bilan mahalliy millat bolalarini birgalikda
123
davom etayotgan bir davrda osiyoliklar tog‘larda korizlar orqali
kanallar qurishmoqda. Uning tubidan o‘nlab sajen yuqori suvlarni
chiqarishmoqda, bir qoyadan ikkinchi qoyaga arg‘amchi tortib tarnov
yordamida suv olishmoqda, bular esa bizdagi donishmandlarning
tushiga ham kirmagan”.
Rus olimlari, sayyohlari, savdogarlari Qo‘qon xonligidagina
emas, balki o‘lkaning boshqa joylarida ham sun’iy sug‘orish usulini
o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib yuksak baho berganlar.
Turkiston xalqlari madaniyati haqida Turkiston general-gubernatori
S.M.Duxovskiyning 1899-yili podshoga yozgan dokladida qiziqarli
fikrlar bor. Jumladan, u shunday yozadi: “Uzoq vaqtlar mobaynida
Buxoro butun musulmonlar olamida musulmon huquqshunosligi
va ilmining mo‘tabar markazi sifatida tan olib kelingan, boz ustiga
bu obro‘-e’tiborni hanuz yo‘qotmay kelayotir. Bir vaqtlar O‘rta
osiyolik ruhoniylar, qonunshunos arab tili bilimdonlari faoliyatining
ahamiyati naqadar ulug‘ bo‘lganini bugungi kunda butun dunyodagi
musulmon-sunniylar qo‘llayotgan mashhur va mo‘‘tabar shariat
majmualarining ayrimlari O‘rta Osiyoda bitilganini eslashning
o‘zigina kifoya. “Hidoya-i-Sharif” Marg‘ilonda, “Aqoid” Buxoroda,
“Hikmat-ul-Ayn” Samarqandda yaratildi. Musulmon olamiga
shariatning so‘nggi talqinini O‘rta Osiyo taqdim etdi. Bulardan
tashqari, bu o‘lka olamga Navoiy, So‘fi Olloyor, Ahmad Yassaviy,
Mashrab kabi shoir-so‘fiylarni berdi”.
Xullas Turkistonda Rossiya bosqiniga qadar aholining savod-
xonlik va madaniyati darajasi ba’zi kimsalar ta’kidlagani singari
qoloq bo‘lmagan. To‘g‘ri, hozirgi davrga nisbatan oladigan bo‘lsak,
savodsizlar Turkiston o‘lkasida XIX asrda ko‘p bo‘lgan. Ammo o‘tgan
o‘sha XIX asrda qaysi mamlakatda ahvol bundan ko‘ra yaxshiroq
edi? Shuning uchun xalqimizning o‘tmish tarixini nodonlarcha qora
bo‘yoqlarda yoritishga istiqlol tufayli barham berilmoqda.
XIX asrning ikkinchi yarmida o‘lkaning ijtimoiy-madaniy hayo tida
albatta ba’zi bir ijobiy o‘zgarish va yangiliklar bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar
va yangiliklar mustamlakachilar tomonidan yerli xalqlarning talab
va ehtiyojlarini qondirish maqsadida ro‘yobga chiqarilgani yo‘q.
Balki, birinchi navbatda va asosan bosqinchilarning talablari va
manfaatlari nuqtai-nazaridan amalga oshirildi. Ana shunday yangilik
va o‘zgarishlardan biri o‘lkada aholiga xizmat qiluvchi madaniy
122
etgan holda aholining savodxonligi – 19,55 foiz bo‘lgan».
Axir mustamlaka Turkistonidagi juda ko‘p eski maktablarda oliy
ta’lim beradigan o‘quv yurtlarida ajdodlarimiz farzandlari ta’lim
olgan
liklari, madrasalarda mudarrislar, mahallalarda savodxon
ayollar otinoyilik qilib, shariat (fiqh) qonunchiligidan ta’lim-tarbiya
ber
ganlari, o‘sha o‘quv muassasalarida ko‘plab yurtdoshlarimiz
o‘qib, zamonasining savodli kishilari bo‘lib yetishganini unutmaslik
kerak. XX asr boshlarida butun o‘lka bo‘yicha jadid maktablarining
necha tarmog‘i yuzaga kelganini ham e’tibordan chiqarmaslik lozim.
Ehti mol shu boisdan mashhur rus olimlaridan akademik V.V.Bartold,
A.D.Middendorf, sayyoh olim A.L.Fedchenko, sharqshunoslardan
V.P.Nalivkin, A.L.Kun va boshqalar o‘lkadagi maorif taraqqiyotiga
yuqori baho berganlar, xalqimizning madaniyatiga hayron qolgan-
lar va uni olqishlaganlar. A.Middendorfning 1882-yilda chop
etilgan “Очерки Ферганской долины” kitobida shunday satrlarni
o‘qiymiz: “Farg‘ona viloyatida qadimdan o‘troq holda yashashni
sevgan mehnatkash qabilalar istiqomat qilishadi. Albatta, o‘ziga xos
betakror sharoiti bo‘lgan Farg‘ona yuksak madaniyatli mamlakatlar
cho‘qqisiga ko‘tarildi”. A.Middendorfning so‘ziga qaraganda XIX
asrga yevropaliklar yer xo‘jaligi ravnaqiga harakat qilib maqsadlariga
erisholmayotgan bir paytda Farg‘ona vodiysida bu muammo ancha
burun hal bo‘lgan, u joylarda dalalar sug‘orilar, yaylovlar esa
o‘g‘itlantirilarkan.
Olim o‘z fikrini davom ettirib yozadi: “Farg‘onada qilingan ish-
larga havas qildik, bu yerdagi zaminga nisbatan yuksak madaniyat
boshqa yerlarga qaraganda ko‘proq saqlanib qolganligini ko‘rdik. Bir
qancha yerlarni ko‘zdan kechirib shu xulosaga keldikki, Farg‘onada
yer xo‘jaligini ehtiyotkorona va mohirona olib borishar ekan. Bu esa
hayratda qoldiradigan haqiqiy madaniy mehnat eng katta zanjirining
bir qismi ekaniga ishonch hosil qildik”.
“Golos” gazetasi 1874-yil 29 avgust sonida suv xo‘jaligi masalasi
haqida bunday yozadi: “amalda ko‘pincha tuzemetslardan (ya’ni
ma
halliy aholidan) ko‘p narsani o‘rganishga to‘g‘ri kelmoqda.
Irri gatsiya haqida Rossiyada oxirgi vaqtgacha o‘ylanmagan edi.
Osiyoda esa bu soha yuksak darajada rivojlangan va albatta, dalalarni
sun’iy sug‘orish bo‘yicha biz O‘rta osiyoliklarga hech narsa o‘rgata
olmaymiz. Bizda Janubiy Rossiyada irrigatsiya borasida tortishuvlar
119
o‘qitish masalasini ko‘taradi. U musulmon va rus maktablarining
ajralib turishi iqtisodiy va siyosiy jihatdan zararli deb hisobladi.
Bu g‘oyani Kaufmanning izdoshi general-leytenant N.O. Rozenbax
(1884-1889) davom ettirib, ibtidoiy turdagi boshlang‘ich maktablar
– rus-tuzem maktablari tarmog‘ini yaratish loyihasini ishlab chiqdi.
1884-yilda Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi ochildi, ularning
soni XIX asr oxirida yuzdan oshib ketdi. Bunday maktablarda
o‘quv kuni ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda ikki soatlik
mashg‘ulotni rus o‘qituvchisi, ikkinchi qismda esa saboqni o‘zbek
muallimi olib borgan. O‘quv-yili 125 kundan oshmagan. 1887-yilda
rus-tuzem maktablari uchun umumiy tarzda tuzilgan dastur ishlab
chiqilgan. Bu maktablar uchun darsliklar sistemasi ham bo‘lmagan.
O‘zbek bolalarini rus tiliga o‘rgatish metodlari tasodifiy xarakterda
bo‘lgan. Mana shular natijasida rus-tuzem maktablarini kamdan-kam
mahalliy millat vakillari bitirib chiqqanlar. Maktabni tamomlaganlar
ruschani odatda ancha tez va ravon o‘qiganlar, rus grammatikasiga
doir biron bir qoidani ham yoddan aytib bera olganlar, lekin og‘zaki
so‘zlashda qo‘pol xatolar qilganlar.
XIX-asr oxiriga kelganda Turkiston o‘lkasidagi rus-tuzem mak-
tablari uchun darsliklar sistemasi tuzilgan. Bu sistema ko‘rgazmali-
og‘zaki metod asosida tuzilgan edi. Lekin darslikdagi asosiy
kamchilik shunda ediki, unda o‘quvchilarning ona tili hisobga
olinmagan edi. 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni Turkiston ma’murlarni
musulmon ruhoniylariga extiyotlik bilan qarashga majbur etdi. Shu
munosabat bilan Turkiston ma’murlari rus-tuzem maktablarining
rolini ko‘tarmoqchi bo‘ldi. Bunda avvalo mahalliy o‘quvchilar
sinflariga e’tibor berila boshladi. Farg‘ona harbiy gubernatori
N.I.Korolkov 1898-yilda imperatorga yo‘llagan hisobotida podsho
ma’muriyatining o‘lkani ruslashtirish borasidagi dasturini bayon
etib, tuzemetslarning o‘z bolalarini ixtiyoriy rus-tuzem maktablariga
berishiga erishish muhimligiga e’tiborni qaratgan. Buning uchun
u mahalliy ma’muriyat amaldorlariga yaqin besh-yil ichida ish
yuritishni rus tiliga ko‘chirtirish lozimligini uqtiradi. Korolkov bu
tadbir mahalliy millat vakillarini mansabga qiziqib, farzandlarini
rus-tuzem maktablariga berish istagini uyg‘otadi, deb hisoblagan.
Bu g‘oya o‘z natijasini berib, rus-tuzem maktablari o‘quvchilari soni
ko‘paya boshladi. XIX-asr oxirida Turkistonda 100 dan ortiq rus-
120
tuzem maktablari bo‘lib, xonliklar poytaxtlari Xivada (1891-yilda)
va Buxoroda (1894-yilda) ham rus-tuzem maktablari ochildi.
Shaharlarda ochilgan bilim yurtlari ham ruslashtirishning mu-
him o‘chog‘i bo‘lib hizmat qildi. Ular rus-tuzem maktablaridan
inter natlari bilan ajralib turgan. Internatlarda o‘zbek, qirg‘iz, qozoq
bolalarining rus tengdoshlari bilan birga yashab, rus tilini yaxshi
o‘zlashtirayotgani mustamlakachilarga ayon bo‘lgan. Shuning
uchun ham Turkiston general-gubernatori M.G. Chernyaev (1882-
1884) Chimkent shahar bilim yurtini kengaytirish uchun 100 ming
rubl ajratgani va bilim yurtida o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun pul
mukofoti ta’sis etgani bejiz emas.
Ammo rus amaldorlariga ruschani yaxshi bilgan va xalq ko‘zini
ochib g‘aflat uyqusidan uyg‘otadigan ziyolilar kerak emas edi.
Mus tamlaka ma’muriyati Turkiston ziyolilari katta mansabga erish-
sa, o‘z xalqi uchun xizmat qilishlari va mustamlaka tartiblariga
qarshi chiqishlari mumkinligidan xavfsirashgan. Shu boisdan ham
mustamlaka ma’muriyati mahalliy millat vakillari orasidan etishib
chiqqan oydin fikrli ziyoliliarni doimo ta’qib etishga hara kat qilgan.
Mahalliy xalq manfaatlari yo‘lida qayg‘uradigan ilm odamlari,
millatparvar kishilar mahalliy boshqaruvga umuman yaqin-
lashtirimagan. Bunday kimsalar savylovlarda g‘olib bo‘lsada, rus
ma’ muriyati tomonidan saylov natijalari bekor qilingan. Vaholanki,
mus
tamlaka Turkistonida mahalliy maktab-madrasalarda saboq
olgan, bilimli, savodli kishilar ham ko‘p edi.
Rossiya davlati ma’murlarining Turkiston o‘lkasida erli xalq
vakillarini qorong‘ulik va zulmatda saqlashga qaratilgan mustam-
lakachilik va zo‘rlik siyosatiga qaramasdan XIX asrning oxiri XX
asr boshlarida o‘lkada milliy maorif, fan va madaniyat taraqqiyoti
to‘xtab qolgan emas. Ammo ushbu masalada ham sovet davri
tarixchilari o‘z asarlarida chorizm davrida yuritilgan maorif, fan
va madaniyat sohasidagi siyosatni maqtab, rus bosqiniga qadar
o‘lkadagi ahvolni kamsitib erga urdilar. Ular 1897-yil o‘lkada
savodli o‘zbeklar - 1,6 foizni, qozoqlar - 1 foizni, turkmanlar - 0,7,
qirg‘izlar - 0,6 foizni tashkil etgan, aholining savodxonligi shundan
keyingi-yillarda ham oshmagan, O‘zbekistonda har 100 kishining
98 tasi savodsiz edi, deb keldilar. “O‘rta Osiyo xalqlari inqilobgacha
deyarli yoppasiga savodsiz edi. 1897-yili o‘zbeklarning atigi 1,9 foi-
121
zi o‘qish va imzo chekishni bilardi. 1897-yilgi Butunrossiya aholi
ro‘yxatiga ko‘ra savodlilar o‘lkada 1,8 foizni tashkil etgan, ya’ni
inqilobgacha Turkiston deyarli yoppa savodsiz o‘lka edi”. “O‘zbek
xalqi deyarli yalpi savodsiz edi”. Hatto ayrim olimlar vatanga, o‘z
xalqiga xiyonat qilgan va bosqinchi Rossiya hukmdorlari tomoniga
o‘tgan Saidazimboy singari savdogarlarni Toshkentda o‘z uyida rus-
tuzem maktabi ochdi deb osmonga ko‘tarib maqtaydilar. Aslida esa
rus-tuzem maktablari asosan tilmochlar-tarjimonlar tayyorlashga
mo‘ljallab tashkil etilgan edi.
Shu bilan birga sovet davrida bu kabi da’volarni inkor etuvchi
xolisona tadqiqotlar ham e’lon qilindi. Taniqli tarixchi olim Pyotr
Geronovich Kim o‘zining “Uydirma va haqiqat” maqolasida
quyidagicha yozadi: Xo‘sh, savodsiz xalq butun dunyo xalqlarining
fahru iftixoriga aylangan Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkent va
Xivadagi Go‘ri Amir, Shohizinda, Bibixonim kabi koshonalarni va
boshqa ko‘plab asori-atiqalarni qanday qilib bunyod etgan ekan?
Savodsiz xalq qay yo‘l bilan jahonga Ibn Sino, Al-Xorazmiy,
Beruniy kabi olamga mashhur allomalarni yetkazib berdi ekan?
Savodsiz xalq Navoiy, Ulug‘bek, Forobiy, Jomiy va boshqa ko‘plab
shoiru fozillari bilan olamga dong taratganining siri nimada? Furqat,
Muqimiy, A.Avloniy, M.Behbudiy kabi minglab ma’rifatparvarlari
bo‘lgan xalqning savodsizligiga ishonish mumkinmi?
P.G.Kim yuqoridagi kabi mantiqsiz va kurakda turmaydigan
da’volarni inkor etib bo‘lmaydigan dalillar bilan o‘z maqolasida
isbot lab berdi. U bunday yozadi: “Endi manbalarda keltirilgan fakt-
larga asoslanib, 1897-yili Rossiya, Belorussiya va Turkistonda aho-
lining, maktablarning, ulardagi o‘quvchilarning sonlarini kuzatsak,
bu o‘lkalardagi savodxonlikning darajasi oydinlashadi. Rossiyada
aholining umumiy soni – 126,388,800, maktablar soni – 33,401,
o‘quvchi soni – 2,318.100, aholining umumiy soniga nisbatan
o‘quvchilar 1,8 foizni tashkil etgan holda, aholining savodxonligi
– 21 foiz; Belorussiyada aholining umumiy soni – 6,492.857,
maktablar soni – 2,263, o‘quvchilar soni – 125.418, aholining
umumiy soniga nisbatan o‘quvchilar – 1,9 foizni tashkil etgan holda
aholining savodxonligi – 24,7 foiz; Turkistonda aholining umumiy
soni – 3,792.774, maktablar soni – 6.027, o‘quvchilar soni – 64015,
aholining umumiy soniga nisbatan o‘quvchilar – 1,7 foizni tashkil
144
bosqinchilarga qarshi kurash sahifalari aks ettirildi.
1941-1945-yillardagi urush davrida O‘zbekistonda ta’sirchan
vo sita hisoblangan teatr va san’at ancha rivojlandi. Teatr va san’at
arboblari frontning oldingi marralarida bo‘ldilar. Bu davrda O‘zbe-
kistonda 35 ta mahalliy va 16 ta ko‘chirib keltirilgan teatr jamoasi
faoliyat ko‘rgazib, butun urush davomida 203 ta yangi postanovka
tayyorladilar va 6.667.303 tomoshabinga 13.568 ta spektakl va
konsertlar ko‘rsatdilar.
Ikkinchi jahon urushi-yillarida respublikamizda 30 dan ortiq
konsert brigadalari tashkil etilib, ular harakatdagi armiya qismlarida
35 mingdan ortiq, Turkiston harbiy okrugi qismlari va gospitaldagi
nogironlarga 26 mingta konsert qo‘yib berib, jangchilarni ruhlan-
tirdilar, ularni fashizm ustidan g‘alabaga undadilar. Ayniqsa, Tama-
raxonim, Halima Nosirova, Mukarrama Turg‘unboyeva, Sora
Eshonto‘rayeva, Abror Hidoyatov, Shukur Burhonov kabi san’at-
korlar ishtirokidagi konsert va tomoshalar jangchilar, tomoshabinlar
qalbiga zo‘r ko‘tarinkilik baxshida etgan.
A.Abdullayev, Ch.Ahmarov, O‘.Tansiqboyev kabi rassomlar
urush lavhalari, badiiy-yilnomalarni yaratib, xalqimizning front va
front orqasidagi fidokorona mehnatini mahorat bilan tasvirladilar.
Qisqa metrajli filmlar va 10 ta ovozli badiiy filmlarini yaratish bilan
I. A’zamov, K. Yormatov, N. G‘aniyev, S. Muhamedov kabi o‘zbek
rejissyorlari urush-yillarida kinomotografiyani rivojlantirdilar. Bu
davrda ishlangan – Nasriddin Buxoroda, – Tohir va Zuhra kabi
filmlar – O‘zbekfilmning oltin fondiga aylandi. Umuman olganda
urushda qo‘lga kiritilgan g‘alabaga o‘zbekistonliklar o‘zlarining
fidokorona mehnatlari bilan katta hissa qo‘shdilar.
Shu bilan birga, XX asrning 40-yillaridan 50-yillarigacha davom
etgan siyosiy qatag‘onlar O‘zbekiston madaniy hayoti va taraqqiyotiga
salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu qatag‘onlar asosan ilm-fan va madaniyat
arboblariga qaratilgan edi. Ko‘pgina yozuvchilar, shoirlar, olimlar va
boshqa fan va madaniyat arboblari nohaq qoralandi, “millatchi”likda
ayblanib, hatto «xalq dushmani» tamg‘asini oldi. Natijada adabiyot,
san’atning taraqqiyot yo‘li yuqoridan belgilab beriladigan yo‘lga
solib qo‘yildi. Asosiy e’tibor hayotni realistik, demokratik va
oshkora tasvirlab berish o‘rniga “xalqlar otasi”ning, partiya va
rahbarlar gegemonligining buyuk qudrati hamda qahramonliklarini
129
darsliklar yozgan, chorizmning Sharqdagi siyosatini fosh qiluvchi
asarlari bilan Turkistondagi ilg‘or ziyolilarning dunyoqarashiga katta
ta’sir ko‘rsatgan edi. Qisqacha aytganda u yangi usul maktablarning
vujudga kelishida namuna bo‘lgan.
Jadidlar chorizmning mustamlaka siyosati strategiyasiga jiddiy
zaiflantiruvchi o‘zgarishlar qilishga majbur etuvchi vatanparvar siyosiy
kuch sifatida XIX asr oxiri – XX asr boshlaridan tarix sahnasiga chiqa
boshladilar. Jadidlar Turkistonda XIX-asr oxirida paydo bo‘lgan ilg‘or
usullarni yoqlagan ma’rifatparvarlargina bo‘lib qolmay, ayni chog‘da
turkiy-islomiy huquqiy merosning millat ichida keng yoyilishi,
xurfikrlilik, taraqqiyot va milliy istiqlol uchun ham kurashni maqsad
qilib qo‘ygan edi. Bu harakatning vujudga kelishida O‘rta va Yaqin
Sharq mamlakatlarida keng quloch yoyib rivojlangan bobiylik va
bahoiylikdan iborat falsafiy-diniy oqimlar va Turkiyadagi “Ittihod va
taraqqiy” (“Yosh turklar” harakati) harakatining ta’siri katta bo‘ldi.
Bobiylik va bahoiylik XX asr boshlariga kelib Kavkazda, so‘ngra
Toshkent, Ashxobod va Turkistonning boshqa shaharlarida keng tarqala
boshlagan va xalqning madaniy-ma’rifiy darajasini ko‘tarishda katta
ta’sir ko‘rsatgan. Birgina Toshkentning o‘zida bobiylar va bahoiylar
tarafidan “Turkiston”, “Isloh”, “Osiyo” va boshqa kutubxonalar,
qiroatxonalar tashkil etilgan bo‘lib, ular xalqning turli qatlam vakillari
o‘rtasida ma’rifat tarqatishda katta rol o‘ynadi.
Turkiyadagi “Ittihod va taraqqiy”chilardan Turkistondagi “Ittihod
va taraqqiy” chilarning afzallik tomonlari bor edi. Ularda kosmolitik
g‘oya deyarli yo‘q edi, rus imperalizmiga va uning mustamlakachilik
tizimiga qarshi kurash g‘oyasi va mafkurasi kuchli edi. Hatto
1905-yilgi rus inqilobi va 1908-yilgi Turkiya inqilobida imperializm
va mustamlakachilikka qarshi kurash olib borish g‘oyasi yo‘q edi.
Jadidlar Buxoro amirligi va Xiva xonligida xon va amirni ham
o‘z g‘oya va maslaklariga tortishga harakat qildilar. Buxoro jadidlari
1900-yil boshida amirdan yangi usuldagi maktablar ochishga ruhsat
olishga muvaffaq bo‘ldilar. Ammo bunday yangi usul maktablarini
ochilishi Rossiya manfaatiga zid edi, shu boisdan Rossiyaning
amirga bo‘lgan tahdidi ortdi, amir jadidlarni siquv ostiga oldi.
Rossiya barcha imkoniyatlarni ishga solib jadidlarning musulmon
mamlakatlari, xususan Turkiya bilan bo‘ladigan har qanday bordi-
keldi aloqalarini oldini olishga e’tibor beradi.
130
Rus mustamlakachilari O‘rta Osiyoda ochilgan yangi usul
maktablariga qarshi kurash boshlaydi, bu maktablarni “islomiyatga
qarshi”, “g‘ayridin maktablari” deb tashviqot yurgizadilar, josuslik
idoralarini ishga soladilar, hatto Buxoro amiriga va Xiva xoniga ham
kuchli tazyiq o‘tkazadilar. Ahvol shu darajaga borib yetadiki, bu
masala bilan bog‘liq ko‘plab qurbonlar yuz beradi. Chor ma’murlari
islom diniga ham qarshi kurashni kuchaytirib yuboradilar. Hatto,
1903-yili podsho Turkiston aholisi uchun muborak Haj qilishni ham
farmon bilan man etadi. Bu mahalliy musulmon aholisida kuchli
norozilik uyg‘otdi.
1905-yilgi to‘ntarish harakatidan keyin Rossiya hududidagi turkiy
xalqlar va ularning Turkiya bilan qardoshlik aloqasi kuchaydi. O‘z
davrida Turk dunyosi markazlaridan biri bo‘lgan Qirim, Qozon,
Istanbulda chop etilgan jadidchilik ruhidagi adabiyotlar Turkistonga
ham keng yoyila boshladi. 1908-yilgi Turkiya inqilobi tufayli
yuzaga kelgan “Yosh turklar” harakatiga muqobil holda Xivada
“Yosh xivaliklar”, Buxoroda “Yosh buxoroliklar” jamiyatlari yuzaga
keldi. Bu jamiyatlar oxir-oqibatda siyosiy partiyalar maqomini oldi.
Jadidchilik haraktining bunday siyosiy tashkilotlari qisqa vaqt
ichida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Andijon kabi
yirik shaharlarda kuchli tashkilotlarga aylandi. Turkiston xalqida
jadidlarga bo‘lgan hayrixohlik, ishonch tobora ortib bordi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, XX asr boshlaridayoq milliy
ozodlik bayrog‘ini baland ko‘tarib, milliy birlik kuchlarini birligini
ta’minlash borasida salmoqli faoliyat ko‘rsata boshlagan Turkiston
jadidlari jahon jamoatchiligi e’tiborini o‘ziga jalb qildi. 1906-yilning
bahorida Fransiya respublikasi bosh shtabi ikkinchi byurosi (harbiy
razvedka) topshirig‘i bilan mayor Lyakost ikki-yil davomida
Turkistondagi ijtimoiy siyosiy vaziyat bilan yaqindan tanishdi. U
o‘zining kuzatishlarini hisobot tarzida “Komitet Asiya Fransays”
nomli jurnalda chop etadi. Maqola Yevropada katta qiziqish
uyg‘otdi. Bu maqolada Turkiston general-gubernatorligi hududidagi
ijtimoiy-siyosiy kuchlar va partiyalar faoliyati sharhlab berilgan edi.
E’tiborli tomoni shundaki, fransuz razvedkachisining o‘tkir nigohi
bilan Turkistonda qaysi partiya, qaysi siyosiy oqim kuchli ekani
shunday aniqlab berildiki, bu hol rus siyosiy politsiyasini g‘oyat
jiddiy tashvishga soldi. Mayor Lyakost Turkiston o‘lkasidagi eng
143
ta’limi sohasida ham o‘qituvchilarning frontga ketishi, ko‘pgina
binolarning gospitallarga, bolalar uyi va harbiy-o‘quv punktlariga
berilishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalarining, mutaxassis kadrlarning
yetishmovchiligi anchagina qiyinchiliklarni keltirib chiqargan edi.
Shunday bo‘lsa ham urush-yillarida o‘qitish ishlari muntazam olib
borildi. O‘quvchilar maktabda o‘qish bilan birga yaradorlarga,
frontga ketganlarning oila a’zolariga, urush nogironlari oilalariga
yordam berdilar.
O‘zbek adabiyoti ham xalqimizning yovuz dushmanga qarshi
kurash-yillarida o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Oybek, Hamid
Olimjon, Shayxzoda, G‘ofur G‘ulom, Uyg‘un, Sobir Abdulla,
Zulfiya, Temur Fattoh kabi shoir va yozuvchilar urush maydonlariga
safarbar etuvchi she’rlari va maqolalari bilan xalqni g‘alabaga
ruhlantirdilar. Oybekning – Yovga o‘lim! she’ri, – Navoiy romani,
G‘.G‘ulomning – Sen yetim emassan she’ri, Hamid Olimjonning –
Yigitlarni frontga jo‘natish, – Jangchi Tursun, – Roksananing ko‘z
yoshlari va boshqa asarlar urush-yillaridagi o‘zbek adabiyotining
yorqin namunalaridir. M. Ismoiliy, Ilyos Muslim, Nazarmat, Adham
Rahmat, N. Safarov, Ibrohim Rahim, Z. Fatxullin, Adham Hamdam
kabi yozuvchi va jurnalistlar frontda ishtirok etib, – Qizil armiya,
– Front haqiqati, – Qizil askar haqiqati, – Suvorovchi, – Vatan
sharafi uchun kabi front gazetalarida xizmat qilish jarayonida,
Hamid Olimjon, Oybek, A.Umariy, G‘afur G‘ulom, Ra’no
Uzoqova va boshqa shoir, ham yozuvchilar hukumat delegatsiyalari
tarkibida frontning oldingi marralariga borib, o‘z qahramonlari
bilan tanishdilar, yurtdoshlarining jasoratlarini tarannum etdilar.
A.Axmatova, I. Virta, S. Gorodetskiy, A. Deych, K. Zelinskiy, YA.
Kolas, N. Pogodin, A. Tolstoy, V. Yan kabi yozuvchi-shoirlar ham
O‘zbekistonda yashab, o‘zbek adabiyotchilari bilan hamkorlikda
ajoyib asarlar yaratdilar. Bunda respublika Yozuvchilar uyushmasiga
rahbarlik qilgan H.Olimjonning xizmati katta bo‘ldi. Dramaturgiya
sohasida N. Pogodin, Hamid Olimjon, Uyg‘un va Sobir Abdullalar
yozgan – O‘zbekiston qilichi va A. Umariyning – Qasos, Yashin va
Sobir Abdullaning ― Davron ota kabi asarlari bilan birga Uyg‘un va
Izzat Sulton – Alisher Navoiy, Hamid Olimjon – Muqanna, Maqsud
Shayxzoda – Jaloliddin Manguberdi, Oybek – Mahmud Tarobiy
kabi dramatik asarlarini yaratdilar-ki, ularda o‘zbek xalqining
142
35 ta geologiya ekspeditsiyalari ish olib bordi. O‘zbekistonlik
kimyogarlar paxta chiqindisidan xalq xo‘jaligida foydalanish taklifini,
etil spirtini, sirka kislotasini, qamishni quruq qayta ishlash natijasida
ko‘mir briketini olishning yangi usullarini ishlab chiqdilar. Bunda
akademik O.S. Sodiqov boshliq guruh ishlari alohida ahamiyat kasb
etdi.
O‘zbekiston o‘simliklarining alkoloidlik xususiyatini o‘rganish
yuzasidan akademik S.Yu. Yunusov rahbarligida katta ishlar olib
borildi. O‘rta Osiyo davlat universiteti (O‘zMU)ning kimyo fakultetida
urush davrida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan narkoz efiri, xlorli
kalsiy, kofein, streptotsid, sulfidin, nikotin kislotasi ishlab chiqarish
yo‘lga qo‘yildi. Fakultet bazasida Toshkent farmatsevtika zavodi
tashkil etildi. O‘zbekistonlik farmatsevtlar mahalliy xomashyodan
15 ta yangi dori preparatlarini ishlab chiqarish usullarini kashf
etdilar.
O‘zbekistonning ijtimoiy-gumanitar fanlari olimlari-tarixchilar,
sharqshunoslar, adabiyotshunoslar, tilshunoslar, iqtisodchilar va
fay lasuflar o‘zlarining ijodiy mehnatlari bilan mamlakat ilmiy salo-
hiyatini rivojlantirishga, ommaga insonparvarlik, vatanparvarlik,
erksevarlik g‘oyalarini singdirishga qimmatli hissa qo‘shdilar.
Ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirishni
dastlab 1940-yilda tashkil etilgan SSSR FAning O‘zbekiston filiali
(O‘zFAN), keyin 1943-yil noyabrda ochilgan O‘zFA amalga oshirdi.
O‘zFA ning birinchi prezidenti qilib T.N.Qori Niyozov saylandi.
Bu o‘zbek xalqi hayotida muhim voqea bo‘ldi. 1943-1945-yillarda
qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar bilan O‘zFA Ittifoqda tanilgan
ilmiy markazga aylandi. Bu paytda akademiya tarkibidagi 22ta
ilmiy muassasada 818 ilmiy xodim fan olamining turli jabhalarida
tadqiqot ishlarini olib bordilar. O‘zFAning faoliyatida ko‘chirib
keltirilgan ilmiy xodimlarning ham o‘ziga xos hissasi bo‘ldi.
Urush-yillarining qiyinchiliklariga qaramasdan O‘zbekistonda
Oliy va o‘rta maxsus yurtlari va maorif muassasalarining faoliyati
ham to‘xtab qolmadi. O‘zbekistonda 29 ta oliy va 52 ta o‘rta maxsus
o‘quv yurti ishlab turdi, ularning soni markazdan ko‘chirib keltirilgan
31 ta oliy o‘quv yurti va 7 ta harbiy akademiya hisobiga yana ortib
bordi. Bu o‘quv yurtlarida urush-yillari mobaynida 11.750 nafar
yuqori malakali mutaxassis va 6.673 nafar kadrlar tayyorlandi. Xalq
131
e’tiborli va kelajagi porloq tashkilot sifatida sotsial-demokratlar
(bolshevik va mensheviklar), yoki sotsialist-inqilobchilar (so‘l
va o‘ng eserlar), yo kadet va liberallar emas, balki yosh sartlar
(rasmiy idoralar Turkiston jadidlarini yosh turklarga qiyoslab “Yosh
sartlar” deb atashgan) degan xulosaga kelgan edi. Razvedkachi
Turkistonda jadidlar ta’siri kuchli bo‘lgan o‘z firqasiga ega ekani
va u 1906-yilning yanvarida Sankt-Peterburgga, Umumrusiya
musulmonlarining qurultoyiga vakil yuborganini ta’kidlab, bu firqa
xuddi Qozon tatarlari kabi o‘zining milliy dasturiga egaligi va rus
istibdodiga jiddiy zarba berishi mumkinligiga ishora qilgan edi.
Jadidchilik harakati muhitida jadidchilik adabiyoti ham yuzaga
keldi, mukammal bir shaklga kirdi. Ham nasrda, ham nazmda
yangilanish, qoloqlik va jaholatdan qutilish, rus istilosiga qarshi
kurash, ma’rifat va hurriyatga erishish, istiqlolni qo‘lga kiritish
g‘oyalari bilan to‘lib-toshgan yangi bir adabiyot shakllandi. Abay
bunday adabiyotning ilk namoyandalaridan biri edi. Undan so‘ng
Shayx Ahmad Mahdum maydonga chiqqan edi.
O‘rta asrlarda shunday ulug‘ zotlarni yetishtirgan Turkiston kabi
buyuk bir tabarruk zaminning so‘nggi asrlarda jaholat va hurofot
azobida inqirozga yuz tutishi, bu yerda kuchli bo‘lgan o‘rta asrchilik
va mustamlakachilik zulmlari, o‘lkadagi yangi uyg‘onish, yangi
ma’rifat va adabiyot uchun borayotgan kurash musulmon xotin-qizlar
huquqini himoya qilish haqida Ismoil Gaspirali o‘tkir publitsistik
maqolalari bilan faol qatnasha boshladi. “Buxoro va Bog‘chasaroy”,
“Bog‘chasaroydan Toshkentga” (1893), “Turkistonning yangi tarixi”
(1905), “Buxoroda nimalarni ko‘rdim?” (1908), “Turkistondan
xat” va boshqalar shu jumladandir. Uning ta’siri bilan Turkistonda
ham yangi usul maktablari uchun o‘quv qo‘llanmalari, matbuot va
adabiyot namunalari maydonga kela boshladi.
Turkistonda jadidchilik harakatining yirik vakillaridan Mahmud-
xo‘ja Behbudiy (1871-1919)dir. U “Turkiston jadidlarining otasi”
sifatida tarixda nom qoldirgan. U istiqlol uchun kurashning oldingi
saflarida borgan yalovbardorlardan edi. Fayzulla Xo‘jayev Behbudiy
haqida bunday degandi; “Siyosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining
kengligi jihatidan o‘sha zamon Turkistonidagi jadidlar orasida unga
teng kela oladigani bo‘lmasa kerak”.
Behbudiy Gaspirinskiy yo‘lga qo‘ygan “usuli jadid” maktablarini
132
Turkistonda qaror toptirishda, ularni darslik va qo‘llanmalar bilan
ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatdi. Yangi tipdagi maktablarning milliy-
madaniy taraqqiyotimizda muhim omil bo‘la olishi mumkinligi
haqida o‘nlab maqolalar yozdi. “Qisqa umumiy geografiya”, “Bo-
lalar maktubi”, “Islomning qisqacha tarixi”, “Amaliyoti islom”,
“Aholi geografiyasiga kirish”, “Rusiyaning qisqacha geografiyasi”
kabi darsliklar yaratdi. Nashriyot tashkil qilib, darsliklar va qo‘l-
lanmalar, xaritalar bosib chiqargani ma’lum. Bular ilk o‘zbek
maktablari uchun tuzilgan darslik va qo‘llanmalar sifatida emas,
til-yozuv madaniyatimiz taraqqiyoti nuqtai nazaridan ham muhim
ahamiyatga ega. Behbudiy 1913-yilda “Samarqand” gazetasi va
“Oyina” jurnalini chiqardi. Gazeta dastlab 2, so‘ng 4 betlik bo‘lib
haftada 2 marta chiqqani va moddiy tanglik tufayli 45 sonidan keyin
to‘xtagani ma’lum. “Oyina” o‘lkadagi o‘zbek tilida chiqqan birinchi
jurnal edi. U xalq orasida ancha mashhur bo‘lgan. Boshida haftada
bir, 1914-yildan esa har o‘n besh kunda chiqqan.
Munavvar Qori Abdurashidxonov milliy matbuotning asos-
chilaridandir. U 1906-yil sentyabrda “Xurshid”(“Quyosh”) jaridasini
nashr etdi va unga muharrirlik qildi. “Najot” (1917-yil), “Kengash”
(1917-yil), “Hurriyat” (1917-yil), “Osiyo”, “Haqiqat”, “Turon” kabi
matbuot nashrlarida muharrirlik qildi.
Abdulla Avloniy (1878-1934) o‘zbek xalqining atoqli shoiri,
muallimi va mutafakkiri, jadidchilarning yetuk vakillaridan biridir.
Abdulla Avloniy o‘zi ochgan maktab uchun to‘rt qismdan iborat
“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”,
“Turkiy guliston yoxud axloq” kabi darsliklar va o‘qish kitobini
yaratdi. Maktab-maorif ishlariga ko‘mak ko‘rsatuvchi “Jamiyati
hayriya” tashkil etdi. “Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada “Maktab
kutubxonasi” kitob do‘konini ochgan. U 1913-yilda tashkil etilgan
professional “Turon” nomli teatr to‘garagining tashkilotchilaridandir.
Abdurauf Fitrat (1886-1938) jadidchilik haraktining yirik
namoyondalaridan biridir. U Buxoro jadidchilarining tashkilotchi-
laridan biri sifatida xalqni ma’rifat va madaniyatdan bahramand
qilish uchun astoydil kirishadi. Fitrat adabiyotga shoir va adabiyot-
shunos sifatida kirib keldi. U “Munozara” nomli drama yaratgan.
Shuningdek, “Sayxa”, “Sayyohi hindi”, “Rahbari najot”, “Tarixi
islom” kabi asarlarini 1908-1913-yillarda yaratdi. Fitrat o‘z ona
141
II jahon urushi-yillari adabiyot va san’atdagi asosiy mavzu –
insonparvarlik g‘oyalarining yanada kuchaytirilishi edi. Chunki
fashizm butun insoniyat va uning tomonidan yaratilgan barcha
madaniy merosni yo‘q qiluvchi ofat hisoblanardi. Shu sababli urush-
yillarida yaratilgan barcha madaniy boyliklar insoniylik g‘oyalariga
yo‘g‘rilgan edi. Bu davrdagi asosiy mavzulardan biri – vatanparvarlik
hissining oshib-toshib ketishi va barcha san’at asarlarida namoyon
bo‘lishi edi. Barcha narsa va harakat, barcha badiiy ijod - buyuk
Vatan tuyg‘usini shakllantirish, Vatan uchun jonini tikishdek qudratli
hisga bag‘ishlandi. Natijada bu davrda yaratilgan barcha san’at
asarlarida millati, tili, e’tiqodi har xil bo‘lgan kishilarning yagona,
qudratli kuchiga aylangan ichki ruhiy hissiyot – Vatan tuyg‘usi o‘z
ifodasini topdi.
O‘zbekiston ishchi va mehnatkashlari bilan bir qatorda fan, maorif
va madaniyat xodimlari ham nemis-fashist bosqinchilari ustidan
qozonilgan g‘alabaga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
Hamma narsa front uchun, hamma narsa g‘alaba uchun! Shioriga
labbay! deb javob bergan ko‘pgina olimlar urushning birinchi
kunlaridayoq frontga ketdilar.
Ular orasida O‘zbekistonning mashhur olimlaridan – U.A.Orifov,
Ya.X.To‘raqulov, I.Ismoilov, X.Usmanov va boshqalar bor edi.
T.N.Qori-Niyozov, V.I.Romanovskiy, T.Z.Zohidov, I.A.Raykova,
O.S.Sodiqov kabi olimlar natijasi xalq xo‘jaligi va front zaruriyati
uchun xizmat qilgan muammolarni hal qilishda katta kuch bilan
mehnat qildilar.
O‘zbek matematik, mexanik va astronomlari evakuatsiya, o‘q-
dori, harbiy texnika sifatini oshirishga aloqador bo‘lgan bir qancha
muhim ilmiy muammolarni hal qildilar. Bunda T.A. Sarimsoqov, V.I.
Ramonovskiy, M. Kamolov, N.N. Nazarov va boshqa olimlarning
hissasi katta bo‘ldi. Ularning ehtimollik nazariyasi va matematika
statistikasi sohasidagi ijodiy izlanishlari artilleriya otishmalari va
bomba tashlash aniqligini, jangovar samolyotlarning yuk ko‘tarish
imkoniyatini oshirishga, respublikada ishlab chiqarilayotgan harbiy
texnikaning sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirishga imkon berdi.
Geolog olimlar foydali qazilma boyliklarni qidirib topish, sanoatni
zarur xomashyo bilan ta’minlash vazifalarini bajarishga katta e’tibor
berdilar. O‘zbekiston tog‘lari va cho‘llarida 1943-yilning o‘zidagina
140
ladi. Bu davrda Hamza va Mannon Uyg‘urlar tomonidan o‘zbek
professional teatri beshigi hisoblangan akademik teatr tashkil topdi.
Natijada Yetim Bobojonov, Abror Hidoyatov, Muhiddin Qori Yoqubov
kabi ulug‘ siymolar yetishib chiqdi. Bu davrda O‘zbekiston kino
san’ati asosiga tamal toshi qo‘yildi. O‘zbek musiqa, kinematografiya
va teatr san’ati tezkorlik bilan rivojlandi. O‘z davrining buyuk
san’atkorlari: M.Ashrafiy, T.Sodiqov, M.Burhonov, (musiqa),
Y.A’zamov, N.G‘aniyev, S.Iskandarov, A.Umarov, R.Pirmuhamedov
(kino-matografiya), L.Narzullayev, Z.Hidoyatova, Sh.Qayumov,
T.Saidazimova, X.Nosirov (teatr) kabilar yetishib chiqdilar.
XX asrning 30-yillari o‘zbek fanining jadal rivoj topayotgan
davrlaridan biri hisoblanadi. Bu davrda mashhur geolog olimlardan
X.M.Abdullayev, G.A.Mavlonov, matematiklardan T.N.Qori Niyozov,
T.A.Sarimsoqov, biolog olimlardan T.X.Zohidov. D.K.Saidov,
A.M.Muzaffarov, A.To‘laganov, kimyogarlardan O.S.Sodiqov,
A.S.Sat
torov, M.Yunusov, X.U.Usmonov K.S.Ahmedov, energe-
tiklardan X.F.Fozilov, G.R.Rahimov, faylasuflardan I.M.Mo‘minov,
arxeologlardan Ya.G‘.G‘ulomov kabilar yetishib chiqdilar.
Bu davrning eng buyuk muvaffaqiyatlaridan biri – televideniyening
vatani Toshkent bo‘lib qolganligidir. 1928-yili o‘zbekistonlik
V.P.Gra bovskiy va I.F.Belyanskiylar elektron nur yordamida hara-
katdagi tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul
qilingan «radiotelefon» yaratdilar.
Xullas, XX asrning 30-yillarida ro‘y bergan murakkab ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy jarayonlar respublika madaniy hayotiga jiddiy
ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, ma’naviy hayot sohasidagi qatag‘onlar
milliy madaniyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
“Xalqlar otasi” ning jamiyat turmushidagi barcha sohalarga
“do hiylarcha rahbarligi” xato va kamchiliklarsiz ideal jamiyat qu-
rilayotganligini madh etuvchi asarlarning ko‘payishiga olib keldi.
San’atning turli sohalarida hayot haqiqatini bir yoqlama korsatuvchi,
qolipga solingan ijod namunalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Qonunchilikning qo‘pol ravishda buzilishi, insoniy qadr-
qimmatning poymol etilishi natijasida milliy madaniyatning ko‘pgina
ko‘zga ko‘ringan namoyandalari - Munavvarqori, Abdulla Qodiriy,
Cho‘lpon, Fitrat, Zohiriy, Shokir Sulaymon, Elbek, Usmon Nosir,
Otajon Hoshimov va boshqa millatparvarlar yo‘q qilindi.
133
diyorini ozod va hur ko‘rishni orzu qildi. U ana shunday ilg‘or
g‘oya va fikrlari uchun ko‘pchilik jadidlar qatorida shakkoklik,
isyonkorlikda ayblandi, chor ma’murlari esa uni mustamlakachilikka
qarshi turganlikda aybladilar, kommunistik mafkura hukmron
bo‘lgan qizil saltanat davrida esa millatchilikda, panturkizm g‘oyasi
tarafdori, “xalq dushmani” degan uydirma tamg‘a bilan aybladilar.
Turkistonning milliy shoiri, Andijonda jadidchilikka asos solgan
Cho‘lpon (1898-1938) shaharda “Turon kutubxonasi” va uning
yonida katta bir qiroatxonani tashkil qilgan.
Xulosa shuki, rus mustamlakachilari Turkiston zamini uzra o‘z
hukmronliklarini o‘tkazgan kezlarda yurtning jonkuyar, millatsevar,
erksevar farzandalri jadidlar harakati ta’sirida milliy istiqlol uchun,
mustaqil Turkiston uchun, ekspluatatsiya, zo‘rlik va zo‘ravonlikka
qarshi xalqni otlantirdilar. Faqat o‘lkada so‘nggi asrlar davomida
ishlab chiqarish kuchlari va taraqqiyotning orqada qolganligi
oqibatida, xalq ommasining ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy-nazariy sa-
viyasi ham yetarli darajada davr talabiga monand bo‘lmaganligidan
bu kurash birlashgan katta kuch sifatida muvaffaqiyat qozonildi.
Siyosiy-ijtimoiy tarqoqlik, “o‘zingni bil, o‘zgani qo‘y” kayfiyati
milliy kayfiyatga, milliy birlikka putur etkazdi.
Jadidchilik harakatini o‘lka xalqlari ommaviy suratda qo‘llab
quvvatlamadilar. Bu harakat faqat xalq orasiga ma’rifat va madaniyat
g‘oyalarini tarqatishdan nariga o‘tmadi, o‘zining tor biqiq doirasida
o‘ralib qoldi, siyosiy kurash partiyasi darajasiga ko‘tarila olmadi va
ommani zulm va istibdodga qarshi dasturiy kurashga torta olmadi...
Jadidlar harakatining nazariy va siyosiy barkamollik darajasiga o‘sib
yetmaganlikdan rus bolsheviklari ustalik bilan foydalandilar va ularni
ikkiga bo‘lib yubordilar. Jadidlarning bir guruhi bolsheviklarning
yolg‘on va quruq va’dalariga ishonib, ular tomoniga o‘tdilar, “Yosh
buxoroliklar” va “Yosh xivaliklar” guruhiga uyushdilar. Natijada
milliy-ozodlik va istiqlol uchun kurash olib borayotgan kuchlar
kuchsizlandi va parokandalikka uchradi.
Dostları ilə paylaş: |