Qo’llanish usuli. «Aqliy hujum» ishtirokchilari muammo bo’yicha mulohaza-takliflarnibildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib olinadi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflanadi va ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. «Aqliy hujum» tugagach, eng yaxshi takliflar birlashtirib, muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.
«Ajurli arra» usuli «Ajurli arra» metodi tezilish jihatidan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Topshiriqni bo’lish: topishiriq va matnli materiallar bir nechta asosiy qismlarga bo’linadi.
2. Birlamchi guruhlar: gurux a’zolari mavzuni olgach, ekspert hisoblanadi.
3. Ekspert guruxlari: mavzuga oid o’quv topshiriqlari bo’lgan talabalar uni muhokama qilish,bajarish uchun ekspert guruxiga birlashadi.
4. Birlamchi guruhlar: talabalar o’z birlamchi guruhlariga qaytadilar va ekspert guruhlarda o’rganganlarini o’qitishadi.
«Munozara» usuli Bu metod yordamida o’quvchi-talabalarga ma’lum mavzu bo’yicha axborot yetkaziladi, munozara uchun tanlangan mavzuni talabalar «shturm» qiladilar, natijada, unga oid ma’lumotni atroflicha o’rganiladi.
Munozarani o’tkazish metodikasi 1. Munozara olib boruvchi –boshlovchi (o’qituvchi) mavzuni tanlab, ishtirokchilarni taklif etadi.
2. Boshlovchi ishtirokchilarga «Aqliy hujum» topshirig’i qoidalarini tushuntiradi:
«hujum»dan maqsad – muammo yechimiga oid variantlarni ko’proq taklif etish;
o’z bilimingizni umumlashtirib, e’tiborni muammo yechimiga qaratib, fikrlar bildiring. Bildirilgan g’oyalar umumiy fikrga zid bo’lsa-da, hech bir rad etilmaydi;
boshqa ishtirokchilar g’oyalarini hamqo’llab-quvvatlang;
taklif etilganlarni baholash bilan keyinroq shug’ullanasiz.
3. Boshlovchi kotib tayinlaydi va u aytilgan barcha g’oyalarni yozib boradi. Muhokama vaqtida so’zga chiquvchilar aniqlanib, munozarada barcha ishtirokchilar qatnashadi, o’z fikrlarini ifodalash imkoni beriladi. Agar biror kishi tomonidan uni o’tkazish qoidalari buzilsa, boshlovchi uni xolisona hal qiladi. Birinchi bosqich yangi g’oyalar paydo bo’lguncha davom etaveradi.
4. Boshlovchi ishtirokchilarining tanqidiy tafakkuri «charxlanishi» uchun qisqacha tanaffus e’lon qiladi. Keyin ikkinchi bosqich boshlanadi. Ishtirokchilar guruhlarga bo’linib, birinchi bosqichda bildirilgan g’oyalar mustahkamlanadi. G’oyalar guruh bo’yicha birlashtirilib, ular tahlil qilinadi, natijada o’rtaga qo’yilgan muammoning yechimiga oid bo’lgan fikrlargina ajratib olinadi.
Boshlovchi munozaraga yakun yasaydi.
«O’z o’rningni top» usuli Agar auditoriyada muayyan mavzu bo’yicha tortishuvlar vujudga kelsa, mazkur metod yordamida muammo yechimi aniqlanadi. Undan asosan darsning kirish qismida foydalanishadi, o’tilayotgan mavzu turli yondashuvlar mavjudligi aytiladi. Bir tomondan. Ikkinchidan, o’quvchi-talabalar fikrini bayon qilishi, o’zgartirishga imkon tug’iladi. Nihoyat, dars so’nggida o’qituvchi mavzuni o’zlashtirish darajasini baholaydi.
1. Auditoriyaning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osiladi. Ularning biriga “roziman”, boshqasiga “rozi emasman”, degan so’zlar yoziladi. Plakatlarda ba’zan mavzuga oid savollar bo’yicha qarama-qarshi fikrlar ham yozilishi mumkin. Masalan: “anjir gullaydi va meva tugadi” yoki “anjir gullamasdan meva tugadi”.
2. Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi.
3. O’quvchi-talabalarga o’rganilayotgan muammo yuzasidan o’z fikrlariga mos keladigan plakat yoniga borish taklif etiladi.
4. O’quvchi-talabalardan o’z qarashlarini asoslash so’raladi. Bu paytda bir guruhdan ikkinchi guruhga o’tish ruxsat etiladi va shu tariqa o’quvchi-talabalarining hammasi jalb etiladi.
5. Muammo bo’yicha fikrlar bildirilgach, o’quvchi-talabalar ichida munozara davomida o’z nuqtai nazarini o’zgartirishlari yoki boshqa guruhga o’tishlari mumkin. Bunday hollarda buning sababini asoslashlari kerak.
6. Ishtirokchilardan opponentlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytgan talabalarni aniqlanadi.
“Kichik guruhlarda ishlash” Kichik guruxlarda ishlash o’quvchi-talabaning faolligini oshiradi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini beradi, bir-biridan o’rganish imkoni tug’iladi, boshqalar fikrini qadrlashga o’rgatadi.