Tayanch tushuncha: texnologik usullar targ`ibot quroli OAV plyuralizm, siyosiy tarbiya, mehnat tarbiya, ahloqiy tarbiya, no`anaviy usullar, axborot terrori, axborot xavfsizligi.
Mavzuni mustahkamlash bo`yicha savollar. 1.Milliy g`oya targ`ibotida zamonaviy uslublar OAV plyuralizim.
2.OAV faoliyatida plyuralizm.
3.Milliy g`oya targ`ibotining siyosiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, axloqiy tarbiya bilan uyg`unligi.
4.Targ`ibot ishlarini samaradorligini oshirishda noan`anaviy usullarning o`rni.
8-Mavzu: Milliy g’oya targ’ibotida zamonaviy texnologik uslublar (1-soat) Reja: 1. Inson onggi va tafakkuriga g’oyaviy qarashlarning singdirilishi. Jami hayotining hozirgi globallashuvi jarayonida dunyoning mafkuraviy manzarasi. Hozirgi davr dunyoda g’oyaviy qarama – qarshiliklar murakkab tus olgan, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchli bo’lib borayotganligi bilan xarakterlanadi. Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa va qit’alarga bo’linishini geografiya darslaridan yaxshi bilamiz. Jahonning siyosiy xaritasiga qarab va mavjud davlatlarning chegaralarini hisobga olgan holda ham Yer yuzining hozirgi siyosiy hududiy bo’linishini bemalol tasavvur qila olamiz. Insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobeznis, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir. Shu bilan birga bu dunyoda global-lashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensiv-lashuvi, universal texnologiyalari bilan bog’liq umumbashariy jarayonlar ham bormoqda. Butun yer yuzi odamzot uchun yagona makon ekanligi aniq. Bunga shak - shubha yo’q, albatta. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o’zgartirish, muayyan xududlarini bosib olish uchun son - sanoqsiz urushlar bo’lgani ma’lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borganini bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko’proq bir davlat ichida, ikki davlat o’rtasida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo’lishi mumkin edi. To’g’ri, aytaylik Aleksandr Makedonskiy, Chingizxon-ning ulkan davlat barpo etish uchun yoki o’rta asrlardan boshlab yevropalik istilochilarning boshqa qit’alarini zabt etish uchun olib borgan urushlari ko’lami jihatidan ajralib turadi. Ammo bunday holatlar istisno hodisalar sifatida baholanmog’i kerakga o’xshaydi. XX asrda ro’y bergan ikkita jahon urushida o’nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakat-lari ishtirok etganligini eslasak, bunday xulosa muayyan darajada o’rinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Urush qurollari takomillashib boraverdi. Bugungi kunda ularning kuchi boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun Yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo’q qilib tashlashga yetadi. Ana shu qudratning o’zi o’zidan ortiqroq kuchlarga zaruriyat tug’dirdi. Negaki, yadro qurollarini ishlatish, oxir-oqibatda uni qo’llagan mamlakatni ham halokatga olib kelishini hozirda barcha davlat rahbarlari, kishilar yaxshi biladilar. Bunday vaqtda esa territoriya yoki moddiy boyliklar emas, kishilar ongi uchun kurash birinchi o’ringa chiqadi. Shu sababli hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o’z ta’sir doirasini kengaytirishga intila-yotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ko’payib bormoqda.
Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va kommunizm, irqchilik va diniy ekstremizm mafkura-lari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib, global xarakter kasb etib bormoqda. Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkura-viy manzarasini belgilab bermoqda. Kishilik jamiyati tarixi insonda oliyjanob fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishiga ham, ayni paytda g’ayri insoniylikning xilma - xil ko’rinishlari ildiz otib, o’zining mudhish qiyofasini namoyon qilishga ham ko’p bor guvoh bo’lgan. Afsuski, insoniyatning butun tarixi davomida bunday illatlar unga hamrohlik qilib keldi, turli davrlarda yangi shakl - shamoyil xususiyat, kasb etadi. Bugungi kunda ularning eng yovuzlari Yer yuzidagi tinchlik va totuvlik, hamkorlik hamda hamjihatlik va oxir oqibatda insoniyatning yagona birlik sifatida erkin taraqqiy qilishga, kelajagiga katta xavf tug’diradi. Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasini o’z maqsadlari yo’lida o’zgartirmoqchi bo’layotgan ko’plab mafkura shakllari barqarorlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda.
Hozirgi davrda mavjud bo’lgan diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, agresiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlar, hatto bir qarashda mahalliy miqyoslardagina tarqalgan korruptsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik, urug’-aymoqchilik ham o’zlarining mafkuraviy asoslariga ega.