YUNESKO kafedralari: YUNESKO kafedralari dasturi 1991 yilda boshlangan. Mazkur dasturning asosiy mqsadi- oliy ta`lim muassasalarida maxsus tadqiqotlarni rivojlantirish hamda xalqaro miqyosda mazkur fan sohasida mutaxassislarning bilm va tajriba almashuvini ko`llab-quvvatlash. Hozirgi paytda, Milliy komissiya ko`magida ko`yidagi 10 ta YUNESKO kafedrasi O`zbekistonning oliy ta`lim muassasalarida tashkil etilgan.
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi
«Fizika va astronomiya» YUNESKO kafedrasi (1998y.);
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti qoshidagi «Inson huquqlari, tinchlik, demokratiya, bag`rikenglik va xalqaro hamjihatlik» YUNESKO kafedrasi (1998 y.);
Samarkand Davlat me`morchilik qurilish instituti qoshidagi «Tarixiy markazlarni saqlash va boshqarish» YUNESKO kafedrasi (1999 yil);
Samarkand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi «Avtomatlashgan axborot texnologiyalari» nomli YUNESKO kafedrasi (1999 yil);
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshidagi
«Fuqoralik va qadriyatlar ta`limi» YUNESKO kafedrasi (1999 yil);
Toshkent Islom Universiteti qoshidagi «Jahon dinlarining qiyosiy tadqiqoti» YUNESKO kafedrasi (1999 yil);
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxora tibbyot instituti qoshidagi
«An`anaviy tibbyot» YUNESKO kafedrasi (2000 yil);
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi
«Ekologik kimyo» YUNESKO kafedrasi (2003 yil);
Kamoloddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti qoshidagi «San`at boshqaruvi va marketing» YUNESKO kafedrasi (2004 yil);
Toshkendagi Xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi «Bilmlar iqtisodiyoti» YUNESKO kafedrasi (2004 yil).
2008 yilda Toshken shahrida YUNESKO kafedralari mutaxassislari uchun mashg`ulotlar tashkil etildi. Toqqizta YUNESKO kafedasiga Milliy komissiya tomonidan, YUNESKO qatnashuv dasturi doirasida, maxsus komp`yuter uskunalari taqdim etildi. YUNESKO kafedralari har yil o`z faoliyati bo`yicha yillik hisobatni Milliy komissiyaga taqdim etadi va ushbu hisobatlar YUNESKO kotibiyatiga yuboriladi.