Yunesko tashkiloti. Aminov u


O`ZBEKISTONNING BMT HOMIYLIGIDAGI XALQARO TASHKILOT – YUNESKO BILAN ALOQALARINING ORNATILISHI



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə13/28
tarix01.04.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#54575
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
yunesko tashkilotining xalqaro -конвертирован

O`ZBEKISTONNING BMT HOMIYLIGIDAGI XALQARO TASHKILOT – YUNESKO BILAN ALOQALARINING ORNATILISHI.



YUNESKO bilan hamkorlik O`zbekistonning BMT homiyligidagi ta`lim, fan va madaniyat bilan shug`ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993 yil 29 oktyabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O`zbekistonni YUNESKO ga a`zolikka qabul qilish marosimi bo`ldi. O`sha kuni Ulug`bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994 yil oktyabrida Parijda Ulug`bek haftaligi tantana bilan o`tdi. Xiva va Buxoro YUNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi. Bu ro`yxatda 411 ta ob`ekt bor31. 1994 yil dekabrda respublikamizda YUNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo`lib, tarkibiga ta`lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49

kishi a`zo bo`ldi.



YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o`rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yo`li - muloqot yo`li" deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi32. 1995 yil iyul` oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O`zbekistondagi rasmiy tashrifi chog`ida 1995 yil iyul` oyida mazkur institut ochildi. YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil oktyabr`da Parijda Amir Temurga bag`ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo`lib o`tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi.

31 Международное право в документах: Учеб.пособие. Сост.: Н.Т.Влатова, Г.М. Мелков. – 2-е изд., перереб. и доп. – M.: Инфра, 1997. С- 103.

32 Q.Usmanov, M.Sodiqov, S.Burxanova «O`zbekiston tarixi» (Darslik) T.,

«Iqtisod-moliya» 2006. 460 bet

1997 yilda jahon madaniyatning durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko`rgazmalar o`tkazildi. Bu O`zbekiston bilan BMTning nufuzli xalqaro tashkiloti YUNESKO o`rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo`ldi. 1997 yil 19-20 oktyabr` kunlari Vatanimizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bo`lib o`tgan ulkan tantanalarda BMT, YUNESKO va boshqa ko`plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar33.

O`zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar -Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg`armasi (YUNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo`yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada qo`mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoki va boshqa tashkilotlarning a`zosi, ular bilan hamkorlik qilmoqda. O`zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, evropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko`maklashmoqdalar. Xalqaro savdo markazi (YUNKTAD), Tariflar va savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda34.

YUNESKO ning maqsadi insoniyatning aql-zakovati va ahloqiy birligiga asoslangan barqaror tinchlikni barpo etish bo`lib, u eng muhim insonparvarlik masalalariga ijodiy yondashadigan o`ziga xos, betakror xalqaro tashkilot hisoblanadi. Uning faoliyati dunyo madaniyatini rivojlantirishga, barqaror taraqqiyot va inson taraqqiyoti uchun xalqaro ilmiy dasturlar tuzishiga ko`maklashadi, milliy madaniyatlarning ravnaq topishiga yordam beradi. Dunyaviy meros hisoblangan moddiy va ma`naviy boyliklarni saqlash va ko`paytirishga, shunungdek, axborotlar oqimi va matbuotni erkin taraqqiyo


33 O`zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O`zbekiston tarixi. - T.: Sharq, 2000.

34 Q.Usmanov, M.Sodiqov, S.Burxanova «O`zbekiston tarixi» (Darslik) T.,

«Iqtisod-moliya» 2006. 460 bet

etishga yordam beradi, rivojlanayotgan davlatlarda kommunikatsiya imkoniyatlarini oshirishga ko`maklashadi.

Hozirda YUNESKO ning norma ijodkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bilan birga, ushbu hujjatlarning qattiyligini ham kuchaytirish zarur deb xisoblaydi. Chunki YUNESKO hujjatlarini taqlil qilganimizda ushbu hujjatlarning ishlash mexanizmi samaradorligini etarli ravishda kuch bilan ta`minlanmaganligini ko’ramiz.

YUNESKO doirasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan xalqaro hujjatlarga O`zbekistonning ko`shilishi madaniy booyliklarimizning jahon hamjamiyati tomonidan xalqaro huquqiy himoya qilinishiga, O`zbekistonning ilmiy potentsiali, fani, madaniyati, tariyxiy dasturlari, nayob arxeologik va me`moriy majmualarini, milliy va ma`naviy durdonalarini targ`ib qilishga va bu sohadagi ishlarining samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga ushbu sohaga tegishli qonunchiligimizning yanada rivojlanishiga, shunungdek, O`zbekistonda ta`lim, fan, madaniyat, informatika va kommunikatsiya texnologiyalarining yanada taraqqiyot sari rivojlanib, jahondagi eng ilg`or va nufuzli davlatlar qatoridagi o`z o`rnida muhkamal qolishiga yordam beradi.

YUNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi vazirlar mahkamasining 1994 yil 29 dekabrdagi N629-sonli qarori asosida tashkil topgan35. Komissiyasining asosiy maqsadi va vazifalari, faoliyati va molyaviy mablag`lari bo`yicha axborot muassasaning nizomida aks ettirilgan36.

YUNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi vazirlar mahkamasi xuzurida tashkil etilgan xukumat tashkiloti hisoblanadi. Tashkilotning ushbu tuzilmasi vazirlik va idoralar o`rtasidagi hamqorlik samaradarligini va o`zaro qqllab-quvatlashni ta`minlaydi hamda komissiyaning turli xil milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlari bilan faoliyatini muvofiqlashtirishda yordam beradi.



35 Toshkent sh., Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29 dekabrdagi 629- son qaroriga 2-ILOVA

36 Birlashgan Millatlar tashkiloti. Toshkent-2011. 176-177 bet

Milliy komissiya tuzilganidan buyon, u YUNESKO dastur va loyihalarini amalga oshirish, ushbu tadbirlarga milliy salohiyatni jalb qilish hamda YUNESKO vakolati doirasida milliy, minaqaviy va xalqaro hamqorlikni rivojlantirishga katta qissa ko`shib kelmoqda.




Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin