Chuni qayd etish lozim, xalqaro nodavlat tashkilotlari YUNESKO da uch kategoriyada maslahat maqomiga ega:
A) maslahat va hamqorliq qiluvchi;
V) Axborot va maslahat qiluvchi;
S) O`zaro axborot kategoriyasi15.
YUNESKO xalqaro nodavlat tashkilotlariga moliyaviy yordam ko`rsatish mumkin.
Dunyodagi 5700 dan ko`proq o`rta maktablar YUNESKO ning Birlashgan maktablar dasturiga a`zosi bo`lib, ular yosh avlodni bag`rikenglik va xalqaro bir- birini tushinish g`oyalari asosida tarbiyalashiga ko`mak bermoqda.
4800 dan ortiq YUNESKO klublari Uyushmasi va Markazlari tashkilotning g`oyalarini tarqatishda xizmat qilmoqda.
Hozirgi kunda YUNESKO 50 dan ortiq byulleten va 20 dan ortiq davriy nashrlar chiqardi. Ular orasidagi eng mashqurlari «Kelajak» (ta`lim sohasidagi haftalik), «Muzey», «Ijtimoiy fanlar xalqaro oynamasi», «Tabiat va resurslar»,
«Mualliflik huqiqi bo`yicha byulleten», «Ta`lim byurosi xalqaro byulleteni»,
«Fan va jamiyat» kabilardan iborat.
«YUNESKO KUR`ERI» jurnali esa 30 tilda nashr etiladi. Ammo, moliyaviy muammolar tufayli jurnalning hozirgi kundagi nashri to`xtatilgan. YUNESKO har ekki yilda bir marotaba chop etiluvchi ta`lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya holati haqida umumjahon ma`ruzalarni chop etadi.
YUNESKO «Insoniyatning ilmiy va madaniy rivojlanish tarixi» (6-jild),
«Islom madaniyatining turli tomonlari» (6-jild), «Lotin Amerikasi davlatlari tarixi» (7-jild), «Karib havzasi davlatlari tarixi» (6-jild), «Afrika umumiy tarixi» (8-jild), «Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasi tarixi» (6-jild) kabi fundamental` nashrlar chop etmokda16.
15 Qarang: Ta`lim va madaniyat masalalari bo`yicha BMT Ustavi. / YuNeSKO xalqaro me`yoriy hujjatlari to`plami. T.: Adolat 2004, B-15
16 ЮНЕСКО и Узбекистон. Информационный бюллетень. Париж. 1996, С-29.
Dostları ilə paylaş: |