Azot kislotasi va azot oksidlari bilan zaxarlanish
Azot kislotasidan qishloq xo'jalik maqsadlarida azotli o'g'itlar (selitra) ishlab chiqarish, bo'yoq moddalarini tayyorlash jarayonlari, metallarni bo'yash, ayrim portlovchi moddalar (piroksilin), tutunsiz yonuvchi modda (porox) va raketalarning yonilg'i moddalarini ishlab chiqarish kabi sohalarda foydalaniladi. Bu birikmalar yorug'lik, chang, qizdirish va boshqa tashqi muhit omillari ta'sirida parchalanib, azotning dioksidini, -t-150°C harorat ta'sirida esa, azot oksidini hosil bo'lishiga olib keluvchi manbaa bo'lib xizmat qiladi.
Unutmaslik kerakki, azot kislotasi kuchli oksidlovchi moddalar qatoridan o'rin olgan. Azot kislotasi aytib o'tilgan hosilalariga nisbatan, 25 %gacha zaharining kuchliligi bilan ajralib turadi. Kishi tanasiga azot kislotasi birikmalari turli yo'llar bilan kirishi mumkin
(nafas yo'llari, teri va xazm qilish kanali orqali). Azot kislotasi va uning hosilalari hamda birikmalari mahalliy va umumiy salbiy ta'sir etish xususiyatlariga ega.
Mahalliy ta'siri teri orqali vujudga kelib chiqqanida, to'qimalardagi oqliklarni pishiradi (koagulyatsiya qiladi) va to'qimalardagi suv yo'qolib, quruq yashil-sariq rangli po'st hosil bo'ladi. Paydo bo'lgan po'stlar og'riqsiz kechadi, chunki azotli moddalar ta'sirida nerv uchlari ham nobud bo'Iishi namoyon bo'ladi. Shikastlangan qism terining so'rg'ich qavatiga ham tarqaladi. Natijada kimyoviy kuyish kelib chiqadi. Bu holat xuddi yuqori haroratlar ta'siridagi kuyish kabi xususiyatlarga ega. To'qimalarda ayni vaqtda tarkib o'zgarishlari paydo bo'ladi. Kuyish darajasiga ko'ra 4 xil bo'Iishi ko`zatiladi.
1-darajali kuyishda teri qizaradi (giperemiya), shishib ketadi va qattiq og'riydi.
2-darajali kuyishda pufaklar vujudga kelib chiqib, og'riq bezovta qiladi.
3-darajali kuyish vaqtida terining o'lishi - nekrozi namoyon bo'ladi, pufakchalar yoriladi, og'riq kamayadi, lekin teri qatlami chuqur shikastlanadi va qasmoq paydo bo'ladi.
4-darajali kuyish ro'y berganida kuyish jarayoni suyakkacha yetib borishi mumkin. Bunda tana harorati ko'tariladi. Peshob ajralishi dastavval kamayadi va keyinchalik to'xtaydi. Natijada septikotoksemiya, ya'ni zaharli moddalarning qonga singib. badan bo'ylab tarqalishiga olib keladi.
Azot kislotasining bug'lari va uning oksidlari nafas yo'llariga kirgan taqdirda tanada turli-tuman salbiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Masalan, azot oksidi bilan zaharlanganda yurak qon-tomirlari va markaziy nerv tizimi shikastlanadi. Azot dioksidi ta'sirida esa, o'pkalarda o'zgarishlar ro'y berib, ularning zaharlanish oqibatidagi shishishini ko`zatish mumkin. Azot kislotasining o'zi ta'sir etgan hollarda nafaqat hozirgina sanab o'tilgan shikastlanishlar, balki tananing u tushgan joylarida kuyish alomatlari paydo bo'lib, kuyish darajasiga ko'ra terining ustki qavatidan boshlab, to suyakkacha yetib borishi mumkin. Amaliyotda azot kislotasi va uning birikmalari ta'siridan vujudga kelgan zaharlanishlar majmua holida namoyon bo'lib, darajasiga ko'ra yengil, o'rtacha va og'ir xillarga ajratiladi.
Azotli moddalar bilan yengil shaklda zaharlangan paytlarda bo'ladigan o'zgarishlar asosan nafas yo'llarini zararlab, ko'pincha traxeya va bronxlarning yallig'lanish alomatlari bilan kechadi. Bunday hollarda odam go'yoki o'zini yo'qotib qo'yib, bosh aylanish, umumiy holsizlik, tez fursatda charchash kabi shikoyatlar bilan e'tiborni o'ziga tortadi. Zaharlanganlar dastavval quruq, keskin yo'talga mubtalo bo'lib, keyinchalik yo'tal kuchayadi, lekin ancha yumshoqroq bo'ladi. Shilliqli yoki shilliqli-yiringli balg'am ajralishi mumkin. Undan tashqari. ko'krak sohasida siquv sezgilari bezovta qiladi.
O'rtacha darajadagi zaharlanish vujudga kelib chiqqanida, ko'pincha bronx-o'pka yallig'lanishi belgilari ko'zga tashlanadi: umumiy holning izdan chiqishi, kuchli darajadagi ko'p balg'am ajralishi bilan namoyon bo'ladigan yo'tal. Bu paytda o'pkalar eshitilib ko'rilganda, turli xildagi xirillashlar: (mayda va o'rtacha) ho'l hamda quruq xirillashlar aniqlanadi.
Azot kislotasi va uning birikmalari bilan og'ir darajadagi zaharlanish yo`z berganida, o'pkalarning zahariy shishishi paydo bo'ladi. Bunday holat bo'g'uvchi xususiyatli kimyoviy zaharlovchi moddalar, ayniqsa fosgen va difosgen ta'sir etganida ko`zatiladi.
Zaharlovchi moddalar alveolalardagi havo va qon oqimi orasidagi pardalar- membranalarga, ya'ni kapillyarlar bilan alveolalar orasidagi devorlarga ta'sir etadi. Bunday hollarda, bir tomondan gazlarning qonga singishi (diffo`ziyasi) izdan chiqsa, ikkinchi tomondan esa, qonning tarkibiy qismlari kapillyarlardan alveolalarga sizib o'tadi va natijada kislorod bilan ko'mir kislotasi (uglekislota) orasida almashinuv jarayoni bo`ziladi.
Zaharlanishning klinik manzarasi tanaga azot kislotasi va uning birikmalari kirgan paytdan boshlab, tomoqning qichishi, ko'krak qafasi sohasida siquv, bosh aylanish seziladi. Keyinchalik bu belgilar barham topadi va odam o'zini nisbatan yaxshi seza boshlaydi. Shundan so'ng 4-8 soatcha o'tgach, o'pkalarning shishib ketganlik alomatlari yo`zaga kelib chiqadi. Dastavval kuchli nafas siquvi, nafas olish tezlashib (taxipnoe), yo`zaki bo'ladi, yo'tal tezda kuchayib, kasalning kechishi oldin rangsiz, so'ngra sarg'ish-pushti rangli (gemorragik) balg'am tashlash bilan ko'zga tashlanadi. Zaharlanganlarni umumiy bezovtalanish qiynaydi. Yo`z va qo'I-oyoqlar terisi ko'karib ketadi (ko'karish anoksemiyasi bosqichi). Vaqt o'tgach, ular o'limtik, kulrang tus oladi (kulrang anoksemiya bosqichi).
Og'ir hollarda o'pkalar shishi boshlanganidan bir-necha soat o'tgach, odam nobud bo'ladi. Ayrim hollarda o'pkalarning yallig'lanishi qo'shiladi yoki zararlanish o'pkalar skleroziga (o'pkalarda va bronxlar devorlarida biriktiruvchi to'qimaning rivojlanishi) aylanadi.
1-tibbiy yordam, zaharlanganlarga qisman sanitar ishlovini berib, ularga havotozalagichni kiydirib, tezlikda zararlangan joydan xavfsiz joyga ko'chirish amallarini bajarishdan iborat. Zararlangan joylarda xizmat qiluvchi tuzilmalarning o'zlari ham shikast topmasliklari maqsadida maxsus havotozalagichlar va himoya kiyimlarini kiyib, so'ng vazifalarini ado etishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |