1.3. O’TKIR ZAHARLANISHDA BAKTERIYALI (BIOLOGIK) QUROL BILAN SHIKASTLASH TURLARI VA ULARNINIG XUSUSIYATLARI
Bakteriyali (biologik) qurol deganda, odamlar, qishloq xo'jaligi hayvonlari va o'simliklarni qirish maqsadida kasallik paydo qiluvchi, oddiy ko'z ilg'amas jonzotlar, mikroblar va ularning hayoti jarayonida hosil bo'ladigan zaharli moddalar - toksinlar va ularni mo'ljalga olingan nishonga eltib qo'yuvchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ularni ishlab chiqishdan maqsad, albatta urush orqali bir mamlakat ikkinchi mamlakatni o'ziga tobe etishidir. Masalaning mohiyatidan kelib chiqib, bunday urushni bakterial urush desa mubolag'a bo'lmaydi. Ammo, shuni aytib o'tish joyizki, bakterial urush xaqlaro huquq bo'yicha man etilgan urushlardan biri bo'lib tan olingan.
Bakteriologik qurol ommaviy qirg'in qurollaridan biri bo'lib, u boshqa qirg'in qurollaridan ko'pgina jihatlari bilan ajralib turadi. Ularga quyidagilar kiradi:
1)yuqumli kasalliklarni vujudga keltirish qobiliyati mavjudligi:
2) yuqori darajadagi ehtimoliy samarasi, ya'ni kam miqdorda hamtirik jonni shikastlay olishi; masalan, Ku-isitma qo'zg'otuvchisining 1 grami yer kurrasi aholisining uchdan bir qismini kasalga duchor qila olishi; psittakoz virusining 1 millilitr suspenziyasi 20.000.000.000 odamda xastalikni chaqirish quvvatiga ega; tulyaremiya qo'zg'otuvchisining amerika xilining 10 (o'n) donasining o'ziyoq nafas olish jarayoni betobligiga olib boradi;
pinhoniy davrga ega bo'lish (ushbu qurollar ishlatilganida kasallik alomatlari yo`zaga chiqishi uchun ma'lum vaqt zarur bo'lib, bu davr uni latent yoki yashirin davr deyiladi);
yuqish qobiliyatiga ega bo'Iishi (bakterial qurol mikrob ko'rinishlarida qo'llanilganda, ma'lum vaqt oralig'ida ular yoyilgan va shamol tezligida atrof-muhitga tarqalgan joylarda kasal bo'lgan manbaalardan sog'lom tanaga yuqishi mumkin);
ta'sir muddatining va katta hududlar shikastlanishining davomiyligi (qurol tariqasida ishlatilishi mumkin bo'lgan mikroblar) 2 xil hayotiy jarayon shaklida: vegetativ - mazkur paytda uyg'oq holda bo'lib, faoliyatini amalga oshiradi; sporalar ko'rinishida, ya'ni ma'lum «kafanlarga» burkangan holda, yashash uchun sharoitlar vujudga kelgunga qadar, ipak pillaqurti kabi uyqu holida bo'ladi; vegetativ shakldagilar tashqi muhit omillari ta'sirida (havo harorati qanchalik baland bo'lsa, mikroblar shunchalik ko'p qirilib ketadi yoki nisbiy namlik past (20-30 %gacha) yoxud juda ko'p bo'lsa (95 %gacha), ularning nobud bo'lish tezligi ortadi; mazkur mikroblar dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamsiz bo'ladi; sporalar esa, tashqi omillari va qiron keltiruvchi kimyoviy moddalarga nisbatan chidamliligi bilan ajralib turadi); bakteriyali qurollaming o`zoq muddatli ta'siri ayni sporalar bilan ko'p jihatdan bog'liq; ba'zi bir mikroblar kasalliklarni tarqatuvchilar tanasida o`zoq vaqt mobaynida yashash qobiliyatini saqlay oladi (o'lat mikrobi burga tanasida I yilgacha, Ku-isitmasi qo'zg'otuvchisi kanalar tanasida 3,5 yil, Koyali tog'lar lanja isitmasi sababchisi-rikketsiyalar kanalar tanasida 1 yil hayot kechirishi mumkin). E'tiborga sazovor malaka shuki, u ham bo'lsa, kanali ensefalit qo'zg'otuvchisi, kanalarda yashashi bilan birga, tuxumlari orqali bo'lajak kanachalar tanasiga o'tadi;
tanlab shikastlashi (bakteriyali qurollarning tanlab shikastlashi deyilganda, ularni ma'Ium maqsadlarda qo'llash tushuniladi; chunki odamlar, hayvonlar va o'simliklar uchun xavf-xatarli bo'lgan mikroblarning soni ko'p; shunga ko'ra ularning sifati ham turlicha bo'ladi; masalan, odamlar va hayvonlar uchun chechak, o'lat, kuydirgi va boshqalar; manqa (can) - hayvonlar, fitoftorozlar esa, o'simliklar uchun xavflidir;
nerv tizimiga kuchli salbiy ta'sir o'tqazishi (bakteriyali qurollar ishlatilganida, odamlar orasida vahimali holat vujudga kelishi mumkin).
Dushman tomonidan qo'llaniladigan bakterial qurollar boshqa ommaviy qurollar singari 2 yo'nalishda ishlatiladi:
1) odamlarni nobud qilish (o'lat, chin chechak, kuydirgi);
2) odamlarning ishlash qobiliyatini pasaytirish, ularni qatordan
chiqarish.
Yuqumli kasalliklarni tarqalib ketish xavf-xatariga ko'ra yuqori, kam va yuqmaydigan xillarga ajratish mumkin.
Jangovar sharoitlarda dushman tomonidan yuqumli va yuqori darajada yuqumli boigan kasalliklar tarqatish ehtimoli bo'ladi. Uning asl niyati, kasalliklarni yoyilib ketishini ta'minlash.
Tulyaremiyaning 10 dona mikrobi bilan odam kasallangan taqdirda pinhoniy davr 5 kun, 25.000 donasi bilan zararlanganda esa, pinhoniy davr 2 marta qisqaradi (2-3 kun).
Bakteriologik qurollarni qo'llash usullari 3 ta bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:
1) bakterial aerozollarni hosil qilish;
2) xona havosini, oziq-ovqatlarni, suv havzalarini bevosita ataylab zararlash - diversiya;
3) hasharotlarni qo'llash.
Ular ichida eng samaralisi - bakterial aerozollarni hosil qilish usulidir. Ularni yaratish maqsadida jangovar vositalar, mexankq generatorlar va purkovich uskunalari qo'llaniladi.
Tabiiy sharoitlarda epidemiologik jarayonlarning rivojlanishi quyidagi 4 ta omilning ayni bir vaqtda bo'lishiga bog'liq: 1) kasallik qo'zg'otuvchisi; 2) kasallik manbayi; 3) tarqalish yo'llari; 4) kasallikka moyil odamlar.
Ushbu qoidalardan xabardor bo'lish epidemiyalarga qarshi usullarni chamalab olish uchun imkoniyat yaratadi. Ular orasida alohida e'tiborga sazovor bo'lganlari quyidagilar: 1) dezinfeksiya -qo'zg'otuvchilarga qiron keltirish; 2) dezinseksiya - hasharotlarni qirish; 3) deratizatsiya - kemiruvchi hayvonlarni nobud qilish; kasallik qo'zg'otuvchilarini va ularni tashuvchilarini qirib tashlash uchun sanitar-ishlov berish; 5) oziq-ovqatlar va suvni bakterial vositalar bilan ifloslanishining oldini olish chora-tadbirlari; 6) shaxsiy va jamoa gigiyena qoidalariga rioya qilish; 7) shaxsiy himoya vositalaridan ifloslanishning oldini olish uchun foydalanish; 8) dushman tomonidan aholini yuqish jarayonini amalga oshiradigan ishlarda qo'llaniladigan kasallik qo'zg'otuvchilariga nisbatan tana chidamliligini oshirish niyatida shoshilinch nomaxsus va maxsus himoya ishlarini bajarish. Ammo, shuni hisobga olish kerakki, dushman bakteriologik qurollarni qo'llashda turli usullardan foydalanishi mumkin. Bunday vaziyat, epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish jarayonini murakkablashtirib yuboradi.
Odamlarning kasallanishi uchun qo'shimcha manbaalarni tashkil qiluvchi chidamli qo'zg'otuvchilarni qo'llash, shikastlovchi ikqilamchi manbaalarini hosil qilishi mumkinligi yuqumli kasalliklarning qaytadan tarqalishiga sabab bo'ladi.
Kasallik chaqiruvchi qo'zg'otuvchilarni aerozol usulida tarqalganligini aniqlash uchun 2 holatga e'tibor berish kerak:
1) bir vaqtning o'zida aholining ko'p qismi kasalga duchor bo'Iishi;
2) qisqa pinhoniy davrdan (1,5-2 kecha-kundo`z) so'ng ko'pchilik
orasida kasallikning tarqalganligi.
Ushbu holatlar epidemik jarayonni katta tezlikda rivojlanishiga olib keladi.
Dushman tomonidan bakteriologik qurol qo'llanilganda, zararlangan joy - o'choq paydo bo'ladi. Bu joyni, bakteriyalar bilan ifloslangan o'choq deyiladi. Uning ichidagi odamlar, hayvonlar va o'simliklar orasida ommaviy yuqumli kasalliklar tarqaladi. O'choq chegaralarini aniqlash maqsadida bakteriologik nazorat, tahlillar, kasallarni aniqlash, tashqi muhitdagi narsalardan olingan namunalarni tekshirish, kasallikni qaysi yo'l bilan tarqalganligini bilish kerak bo'ladi.
O'z vaqtida o'tqazilgan yuqumli kasalliklarning oldini olish choralari va shaxsiy himoya vositalarini qo'llash. hatto o'ta yuqumli kasalliklar qo'zg'otuvchilari qo'llanilgan taqdirda ham kasallikning keskin ravishda kamayishiga olib keladi.
Dushman tomonidan qo'llanilgan bakteriologik qurol oqibatlariga barham berish uchun fuqarolar muhofazasining barcha xizmatlarini jalb qilishni talab qiladi. Ammo, bakteriologik qurol bilan ifloslangan o'choqlarda tadbirlarning epidemiyaga qarshi yo'naltirilganligi, ularni bajarish jarayonida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining uslubiy va tashkiliy ahamiyati mavjudligini ko'rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |