Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси



Yüklə 432,79 Kb.
səhifə16/28
tarix13.12.2023
ölçüsü432,79 Kb.
#175840
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Нам

PCI IRQ Activated by. PCI shinasidagi uskunadan uzilish haqida tushgan so‘rovni uzilish nazoratchisi yordamida aniqlaydigan usulni tanlash. Opsiyaning mohiyat-mazmuni shundan iboratki, shinani "bosib olish" va uskunadan axborotni bundan buyon uzatish vaqtini imkon darajasida kamaytirish (minimallashtirish). Avtomatik ravishda "Level" belgisi taklif qilinadi va uni, uskunani boshqarish yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan hodisa ro‘y berganda, zarurat tug‘ilmasa, almashtirish kerak emas. Parametr quyidagi belgilarni qabul qilishi mumkin:
- "Level"(daraja) - uzilish nazoratchisi faqat signalning darajasiga javob beradi.
- "Edge" (keskin tushib ketish, yoki ko‘tarilish) - uzilish nazoratchisi faqat signal daragasining keskin tushib ketishi yoki ko‘tarilib ketishiga javob beradi.
PCI Bus Parking. PCI shinasidagi uskunalarning "parkovka" rejimini yoqish (o‘chirish) opsiyasi. "Parkovka" rejimi - "Bus - Master" rejimining ko‘rinishlaridan biri. Bu rejim yoqilganida (Enabled) PCI shinasida "parkovka" qilingan uskunalar, ma’lum bir qisqa muddat davomida shina ustidan to‘liq nazorat olib boradi. Bu mazkur uskunaning unumdorligini oshiradi, lekin boshqa uskunalarning ishini to‘xtatib qo‘yadi. Ushbu rejim qattiq diskli nazoratchilar bilan ancha yaxshi ishlaydi.
PCI master accesses shadow RAM. Tizimning tez harakat qilishini oshirish uchun tezligi kattaroq operativ xotiraga PZU shinasining nusxa ko‘chirish imkoniyatlarini ulash (o‘chirish) opsiyasi. Quyidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin:
- Enabled - ruxsat etilgan.
- Disabled - taqiqlangan.
PCI IDE IRQ Map to. IDE nazoratchining PCIdagi uzilishida aks etadi. Agar ona platada uzilishlar bo‘lmasa, (yoki taqiqlangan bo‘lsa) IDE kontrollerlari PCI shinasida egallagan uzilishlarni bo‘shatish va ularni ISA shinasidagi uskunalarga berish imkonini yaratadi. ISA uchun standart uzilishlar - birinchi kanal uchun IRQ 14 va ikkinchi kanal uchun IRQ 15. Quyidagi belgilarni qabul qilishi mumkin:
- PCI IDE IRQ mapping (PCI IDE uchun ishlatiladi).
- PSAT (ISA) (ISA uchun ishlatiladi).

Yüklə 432,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin