hal qiluv qarori yoki qaror sudyalardan biri tomonidan
imzolanmagan bo`lsa yoxud hal qiluv qarori yoki qarorda ko`rsatilganidan
boshqa sudyalar tomonidan imzolangan bo`lsa;
hal qiluv qarori ishni ko`rgan sud tarkibiga kirmagan sudyalar
tomonidan qabul qilingan bo`lsa;
ishda sud majlisining bayonnomasi bo`lmasa yoki u qonunda
ko`rsatilgan shaxs tomonidan imzolanmagan bo`lsa.
Xo`jalik sudining dalillarni taminlash to`g`risidagi iltimosnomani
qanoatlantirishni rad etish haqidagi; davoni taminlash yoki davoni
taminlashni rad etish to`g`risidagi; davoni taminlashni bekor qilish to`g`ri-
sidagi; ish yuritishni to`xtatish to`g`risidagi; ish yuritishni tugatish
to`g`risidagi; davoni ko`rmasdan qoldirish to`g`ri-sidagi; o`tkazib
yuborilgan prosessual muddatni tiklashni rad etish to`g`risidagi; jarima
solish to`g`risidagi; davo arizasini qabul qilishni rad etish to`g`risidagi;
davo arizasini qaytarish to`g`risidagi; qo`shimcha hal qiluv qarorini qabul
qilishni rad etish to`g`risidagi; hal qiluv qarorini tushuntirib berish va
yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni
tuzatish to`g`-risidagi; yangi ochilgan holatlar bo`yicha qayta ko`rish
to`g`risidagi arizani qaytarish to`g`risidagi; yangi ochilgan holatlar
bo`yicha ishni qayta ko`rish to`g`risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish
haqidagi; ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o`tkazib yuborilgan
muddatini tiklash to`g`risidagi; sud hujjatining ijrosini kechik-tirish yoki
uni bo`lib-bo`lib ijro etish, ijro etish usu-lini va tartibini o`zgartirish yoki
arizani qanoat-lantirishni rad etish to`g`risidagi ajrimlariga kassasiya
shikoyati keltirilishi mumkin.
Bundan tashqari, apellyasiya shikoyatini qaytarish to`g`-risidagi va
kassasiya shikoyatini (protestini) qaytarish to`g`risidagi ajrimlari faqat
kassasiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Agar apellyasiya shikoyati ajrim bilan emas, balki xat bilan
qaytarilgan bo`lsa, bu ushbu xatni olgan tomonni unga nisbatan kassasiya
tartibida shikoyat keltirish huquqidan mahrum etmaydi.
Amaldagi qonunda ilk bor xususiy ajrimlarga nisbatan shikoyat
keltirish qoidasi nazarda tutilgan.
Ajrimga nisbatan keltirilgan kassasiya shikoyati (protest)ni ko`rib
chiqish muddatlari, tartibi xo`jalik sudining hal qiluv qarori va qarorlari
ustidan kassasiya shikoyati (protesti) keltirish kabidir.
Dostları ilə paylaş: