kamayadi yoki u bozorda o`tmay qoladi. Shuningdek, u bilan hech bir
shaxs shartnomaviy munosabatlarga kirishmay qo`yadi yoki o`ta qat- tiq
shartlar bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishadi. Tadbirkorlik
munosabatlarida unga nisbatan ishonch keskin pasayib, uning mulkiy
ahvoliga tasir ko`rsatishi tabiiy. Bunday holda yetkazilgan moddiy zararlar
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 14-moddasiga
muvofiq undiriladi. Ishonchlik obro`sini mulkiy huquq si- sifatida
namoyon bo`lishi yana shunda yaqqol ko`rinadiki, O`zbekiston
Respublikasining «Chet el invistisiyalari to`g`risida»gi qonunida gudvill
(ishchanlik obro`si) investitsiya sifatida O`zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotiga kiriti lishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Shunga qaramasdan ishchanlik obro`si shaxsiy nomulkiy huquq
ekanligini etirof etmoq lozim. Chunki u yuqorida takidlanganidek, xo`jalik
yurituvchi subyektlarni ahloqiy sifatlari bilan bog`liq. Binobarin,
ishchanlik obro`siga putur yetganda manaviy zarar yetkazilishi ham tabiiy.
Manaviy zarar O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik ko- deksining 1022-
moddasida subyektning jismoniy va ma- naviy azoblari tariqasida
namoyon bo`ladi. Bu holat yakka tadbirkor bo`lgan jismoniy shaxslarda
to`liq namoyon bo`- ladi, ammo tijorat yuridik shaxslarida bu holat bevosi-
ta emas, balki bavosita tarzida o`z ifodasini topadi. Boshqacha aytganda,
yuridik shaxsga yetkazilgan manaviy za- rar uning ishchilik obro`siga
putur yetkazilishi sababli uning rahbarlari, xodimlari, jismoniy shaxs
bo`lgan mulkdor muassislari jismoniy og`riqlari, azob-uqubatlari
ko`rinishida ro`y beradi, deb aytish mumkin.
Manaviy zararni qoplash miqdori xo`jalik yurituvchi subyektga
yetkazilgan jismoniy va manaviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek
ayb tovon to`lashga asos bo`lgan hollarda zarar yetkazuvchining ayb
darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini
aniq- lashda oqilonalik va adolatlilik talablari etiborga olinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: