285
Intellektual mexatronik modul (IMM)
- konstruktiv va funksional mustaqil
mahsulot bo`lib, dvigatel, mexanik, axborot, elektron va boshqaruv qismlarni sinergetik
inregratsiyalash yo`li bilan qurilgan. Shunday qilib, IMMlarda konstruktsiyasida MHMga
nisbatan qo`shimcha boshqaruvchi va elektron qurilmalar joylashtirilgan. Bu qurilmalar
IMMga intellektual xususiyatlarni yaratadi. Bu guruhga raqamli hisoblash qurilmalari
(mikroprotsessorlar, signalli protsessorlar va b.), elektron kuchli o`zgartirgichlar, kompyuterli
aloqa va bog`lanish qurilmalari kiradi.
Mexatronika modullarining kvalifikatsiyasi (tasnifi) 4.1.3-rasmda keltirilgan.
4.1.2. Harakat modullari
Harakat modullarining umumiy sanoat yuritmalaridan asosiy farqi – bu
HMda dvigatel vali harakatni mexanik o`zgartirish elemneti bo`lib xizmat qiladi.
Zamonaviy HMlarda elektrik dvigatellar – asinxron va sinxron, o`zgarmas tokli,
qadamli, p’yezoelektrik va b. ishlatiladi.
Harakat modullariga misol qilib
motor-reduktor
,
motor-g`altak
yoki
elektrshpindellarni
olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: