4
O`quv rejasi bo`yicha "Mexatronika" fani VI va VII-mavsumlarda o`qitiladi.
VI-mavsumda 36 soat ma`ruza va 20 soat amaliy darslari hamda 16 soat tajriba
mashg`ulotlari, VII-mavsumda 28 soat ma`ruza va 16 soat amaliy darslari hamda 12
soat tajriba mashg`ulotlari o`tkazish rejalashtirilgan. Ushbu darslik umumiy
"Mexatronika" darsligining birinchi qismi bo`lib VI-mavsum o`quv darslarini olib
borish uchuí mo`ljallangan.
Ushbu darslikning maqsadi
- talabalarni mexatronik tizimlarni yaratish va
qo'llashning zamonaviy texnologiyalari bilan tanishtirish. Asosiy e'tibor
mexanatronikaning asosiy printsipi sifatida mexanik, elektron va axborotni
boshqarish komponentlarini yagona modul va tizimlarga integratsiyalashning
kontseptual masalalariga qaratilgan (I-modul), ishlab chiqarish turli sohalarida va
turmushda mexatronik tizimlarning qo'llanilishi (II-modul), mexatronika tizimlari
yuritmalari va uzatish moslamalari (III-modul), mexatronikada harakat modullari
(IV-modul) va mexatronika tizimlarini boshqarish usullari (V-modul) batafsil ko'rib
chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: