MAKTABDA MATEMATIK TA’LIMNI VA O’QUVCHI FAOLIYaTINI SAMARALI TASHKIL ETISH IMKONIYaTLARI
SHamshiev A.1, Barakayev M. 2, Muhiddinova P.3
1 – Jizzax davlav pedagogika instituti, Jizzax, O’zbekiston
2 – Nizomiy nomidagi TDPU, Toshkent, O’zbekiston
3 - Nizomiy nomidagi TDPU, Toshkent, O’zbekiston
Shamsiev1957@mail.ru
Ma’lumki barcha o’qituvchilar, jumladan matematika o’qituvchisi o’zining kasbiy faoliyati jarayonida turli xil psixologik, pedagogik va metodik ishlarni amalga oshirishiga to’g’ri kelib, ular asosan quyidagilardan iborat bo’ladi:
kasbiy faoliyati jarayonida o’quvchilar uchun yaratilgan barcha ta’lim vositalari, xususan, o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ta’lim vositalari, ta’lim metodlari va ta’lim shakllari bo’yicha yetarli tayyorgarlikka ega bo’lishi va ularni kasbiy faoliyati jarayonida ularni o’quvchilarning yosh xususiyatlarin hisobga olgan holda to’g’ri va o’rinli tanlay olishi;
har bir darsning mazmuni va maqsadini to’g’ri aniqlay olishi va unga asoslangan holda uni oldindan rejalashtira olishi va shu asosida loyihalashtira olishi;
har bir darsning mazmuni va maqsadidan kelib chiqqan holda o’quvchilar faoliyatini ham oldindan rejalashtira olshishi;
zamonaviy darsga qo’yilgan talablarni bilishi va unga asoslangan holda darsni tashkil etishi va boshqara olishi;
har bir o’quvchining shaxsiy qiziqishlari va xarakteridan kelib chiqqan holda uning faoliyatiga yakka tartibda yondashish malakalariga ega bo’lishi;
har bir darsda o’quvchilar faoliyatini baholashning zamonaviy talablarini egallagan bo’lishi va kasbiy faoliyati jarayonida unga to’la amal qilishi;
o’quvchilarni o’z-o’zini boshqarish va baholashga o’rgatishi va h.k.
SHu narsani alohida qayd yetish kerakki, yuqorida keltirilgan . psixologik, pedagogik va metodik talablar o’qituvchi kasbiy faoliyatida uchrashi mumkin bo’lgan barcha faoliyat turlarini o’z ichiga qamrab ola olmaydi. CHunki, birinchidan, o’qituvchining kasbiy faoliyat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha jarayonlarni oldindan aniq belgilab bo’lmaydi, bunga asosiy sabab, pedagogik tizim boshqa tizimlarga qaraganda rang-barang hisoblanadi. Ikkinchidan, har bir kasb egasidan , jumladan, o’qituvchilik kasbini egallaganlardan ham samarali kasbiy faoliyat yuritishi uchun oldindan boshqa faoliyat turlari bo’yicha ham ma’lum tayyorgarlikka ega bo’lishi talab etiladi. SHuningdek, u oliy ta’lim muassasasida o’qib yurgan vaqtidayoq o’z kasbiy sirlarini yetarli darajada egallashi va shuning barobarida kasbi faoliyat yuritishga o’zida ishonchni shakllantirishi va doimiy ravishda o’z bilimlarini mustaqil holda oshirib borishi zarur bo’ladi. CHunki, axborotlar oqimi kundan-kunga ortib borayotgan va ularni rusurssga aylanib borayotgan bir sharoitda bilimlarni doimy ravishda oshirib bormasdan turib mehnat va xizmatlar bozorida o’ziga munosib o’rin topa olmaydi. Ayniqsa, zamonaviy matematika o’qituvchisi uchun bu juda muhim hisoblanadi.
Biz yuqorida sanab o’tgan ikkita holat zamonaviy matematika o’qituvchisida kasbiy kompetenttsiyalarni shakllantirishning birinchi omili hisoblanadi. Zamonaviy matematika o’qituvchi kasbiy kompetenttsiyalarni shakllantirishning ikkinchi omil bu – ta’lim jarayonini tashkil etishning asosi hisoblangan darsdir. CHunki, har bir o’qituvchi, jumladan, matematikao’qittuvchisi asosan darsda jarayonida o’quvchi o’quv faoliyatining barcha jihatlarini shakllantiradi. SHuning uchun ham o’qituvchilar dars jarayonini oldindar rejalashtirish, shu asosda oldindan loyihalashtirishi va uni samarali hamda sifatli tashkil eitishga e’tibor i talab etiladi.
O’qituvchi faoliyatining uchinchi omili bu - o’quvchilarga ta’lim berish va ularni har tomonlama rivojlantirishdan iborat bo’lib, u matematika o’qituvchisi faoliyatning mazkur omili quyidagilarni o’z ichiga oladi:
umumiy o’rta ta’lim maktablari matematika darsliklari va ta’lim jarayonida yuzaga keladigan matematik ta’lim muammolarning o’quv materiallarini mantiqiy-matematik tahlil qila olishi;
maktab darsliklaridagi o’quv materiallarini mantiqiy va didaktik tahlil qila olishi;
psixologiya, pedagogika, matematika o’qitish metodikasi, elementar matematika, matematika tarixi va boshqa maktab o’quv fanlarini o’qitish metodikasi kabi fanlar bo’yicha matematik xarakterdagi o’quv adabiyotlarni metodik tahlil qila olishi;
turli ta’lim vositalai: vizualizatsiya, texnik o’quv qo’llanmalar, kompьyuterda o’qitish qobiliyati va boshqalarni uslubiy tahlil qilish va h.k.
Yuqoridagilarga erishishda:
O’qituvchidan maktab matematika kursi mazmuni bo’yicha barcha o’quv materiallari va ta’lim vositalarini har bir darsning maqsadidan kelib chiqqan holda tahlil qilib chiqishi muvofiq hisoblanadi. Bunda o’qituvchi har bir mavzu bo’yicha o’quv materialining mazmunini va mantiqiy tuzilishini tahlil qila olishidan tashqari, mazkur o’quv materialini nima uchun o’rganilishini to’la anglab yetishi muhim hsoblanadi.
Har bir o’quvchining intellektual, hissiy qobiliyatlarini hissiyotlarini aniqlay olishi va shu asosda ta’lim jarayonini tashkil eta oilshi talab etiladi.
Alohida bir o’quvchi yoki butun sinf o’quvchilar jamoasining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ta’lim jarayonini tashkil etishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Har bir darsda o’rganiladigan o’quv materialining o’ziga xos xususiyatlari va unda o’rganiladigan har bir tayanch tushunchalarni to’g’ri tahlil qilagan holda ta’lim jarayonini tashkil etishi talab etiladi.
Yuqoridagilarga erishishning eng muhim xususiyatlaridan biri bu – o’qituvchi tomonidan har bir dars uchun o’quv materiallarini to’g’ri tanlagan holda uni to’g’ri loyihalay olishidir.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, ta’lim maqsadlariga samarali va sifatli erishishda o’qituvchining ta’lim jarayonini oldindan rejalashtirish va loyihalash faoliyati muhim hisoblanadi.
Hozirgi zamon ta’lim tizimida ta’lim jarayoninida har bir darsning belgilangan maqsadiga erishishni oldinda kafolatlashda darsni rejalashtirish alohida o’rin tutadi.
Darsni rejalashtirish – kutilayotgan ta’lim natijalariga erishish maqsadida o’qituvchi tomonidan ta’lim jarayoniga tayyorgarlik ko’rish, ya’ni ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini oldindan to’g’ri tanlash, kutilayotgan natijalar haqida to’la tasavvurga ega bo’lishidir.
Ta’lim jarayonini rejalashtirish turli darajalarni o’z ichiga olib, ular quyidagicha bo’ladi: butun ta’lim davri bo’yicha, bir o’quv yili bo’yicha, choraklar bo’yicha, bir oy bo’yicha, bir hafta bo’yicha, bir kun bo’yicha, bir soatlik nazariy yoki amaliy dars bo’yicha.
Ta’lim jarayonini oldindan rejalashtirishda o’qituvchi quyidagilarga e’tibor qaratishi muhim hisoblanadi:
Ta’lim maqsadalarini aniqlash, ya’ni Nima uchun o’qitiladi? – degan savol haqida oldindan to’liq tasavvurga ega bo’lish.
O’rganiladigan nazariy yoki amaliy material mazmun, ya’ni Nima o’rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi? (an’anaviy ta’limda nima o’rganiladi? – degan savolga javob berilar edi) – degan savolga oldindan javob beraolishi kerak.
Rejalashtirilgan ta’lim mazmunini yetarli darajada egallash orqali ta’lim maqsadlariga erishish uchun ta’lim metodlarini tanlash, ya’ni Qanday o’qitish kerak? ligi haqida tassavvurlarga ega bo’lishi lozim.
Ta’lim maqsadlariga erishishda kerak bo’ladigan ta’lim vositalari, ya’ni Nima yordamida o’qitish kerak? ligi haqida tasavvurlarga ega bo’lish kerak.
Ta’lim maqsadlariga erishishni ta’minlashni tashkil etish, ya’ni Qanday amalga oshirish maqsadga muvofiq? ekanligi haqida to’la tasavvurga ega bo’lishi kerak.
Ta’lim jarayonida erishilgan natijalar, ya’ni oldindan belgilangan maqsadlarga erishiladimi yoki yo’qmi? - uni aniqlash bo’yicha to’la tassavurlarga ega bo’lish talab etiladi.
Umuman, maktabda matematik ta’limni va o’quvchi faoliyatini samarali tashkil etish kelgusida o’quvchilarni anglangan holda bilimlarni egallashini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiiyottlar
Ammosova N.V. Sinergeticheskiy podxod k organizatsii deyatelьnosti uchaщixsya. – Astraxanь, 2008.
M.Barakayev va b. Zamonaviylashuv sharoitida matematika fanini o’qitish texnologiyalari (Umumta’lim maktablari o’qituvchilari uchun metodik qo’llama) - T.:, 2017 yil, “Zuhra Baraka biznes” MCHJ bosmaxonasi, 130 bet
Dostları ilə paylaş: |