Zbekiston respublikasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
4.3.5.
 
Intellektual mexatronika modullariga misollar 
Intellektual mexatronika modullari (IMM) bu zamonaviy harakat 
modullarining uchinchi avlodidir. Mexatron harakat modullari bilan taqqoslaganda 
IMM mexanik va axborot qismlarini, dvigatellarni, boshqaruvchi va elektron 
qurilmalarni (kuchli o`zgartirgichlarni) o`z tarkibiga kiritgan konstruktiv va 
funktsional yaxlit modulni tashkil qiladi. Bunday yaxlitlik ularga intellektuallik 
xususiyatini beradi va foydalanuvchini interfeys muammosidan xalos qiladi. 
IMMlarni qo`llashdan ijobiy natijalar quyidagilar: 

yuqori bosqichlarga murojaat qilmasdan murakkab harakatlarni 
mustaqil amalga oshirish. Bu modullarning avtonomligini, hamda o`zgaruvchan va 
noma`lum tashqi muhit sharoitida ishlash qobiliyatini oshiradi; 


315 

modullar 
va 
markaziy 
boshqarish 
qurilmalari 
orasidagi 
kommunikatsiyalarning soddalashuvi. Bu tizimning xalaqit qiluvchi signallardan 
himoyalanishini oshiradi; 

nosozliklarni kompyuterli tashxis qo`yish yo`li bilan aniqlash va 
avtomatik himoyalash orqali tizimlarning ishonchligini oshirish; 

IMM asosida tarqatilgan boshqarish tizimlarini tarmog`lanish usuli 
bilan yaratish. Kerakli dasturiy ta`minotni ta`minlagan holda apparat-dasturiy 
platformalarni qo`llash; 

quchli o`zgartiruvchilarni va sensorlarni intellektuallashtirish. Bu 
o`lchashlarni 
aniqlashtirishga, 
shovqinlarni 
filtrlashga, 
kirish/chiqish 
xarakteristikalarni chiziqlashtirishga olib keldi. 
IMM quyidagi elementlardan iborat: 

dvigatel (aylanma va ilgarilanma harakatlanuvchi va h.k.); 

mexanik o`zgartichgich (tishli, tasmali, vintli va h.k.); 

tesqari bog`lanish datchiklari; 

kuchli o`zgartirgichlar (holat, tezlik, tok, temperatura, vibratsiya va 
h.k.); 

bog`lanish vositalari. 
Zamonaviy elementlar bazasida tayyorlangan boshqaruvchi kontrollerlar 
ixcham va ishonchli mexatron mahsulotlarni yaratish imkonini beradi. 
Yuqorida aytib o`tilgan barcha elementlar loyihalovchi tomonidan yagona 
korpusga konstruktiv birlashtiriladi. IMMlar bilan ishlash uchun foydalanuvchi 
IMMni kommunikatsion magistral orqali boshqaruvning yuqori bosqichdagi 
kompyuter bilan bog`lash kerak bo`ladi. Natijada biz taqsimlangan boshqarish 
tizimiga ega bo`lamiz.
Uning strukturasi 4.3.2-rasmda keltirilgan. Bunda qurilmalar orasida aloqa 
almashinuvi umumiy shina printsipi asosida qurilgan kompyuter tarmog`i orqali 
amalga oshiriladi. 


316 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin