57
II-MODUL. MEXATRONIKANING AMALIY QO`LLANILISHI
§ 2.1. AVTOMATLASHTIRILGAN TEXNOLOGIK KOMPLEKSLARDA
MEXATRONIK TIZIMLARNI QO`LLASH
2.1.1.
Mexatronik tizimlarini yig`ish operatsiyalarida qo`llash
Mexatronik tizim (MT)larni qo`llash sohalari yildan-yilga kengayib
bormoqda. Bu sohalardan biri sanoatning mashinasozlik va asbobsozlik sohalaridir.
Bu sohalarda birinchi avtomatik boshqarish vositalari qo`llanilgan va hozir bu
sohalarda umumjahon robototexnik vositalar parkining 80 %-i mujassamlangan.
MTlarni sanoatda qo`llash masalalarini ko`rayotganda asosan texnologik
jarayon turini aniqlash kerak (masalan, detallarga mexanik ishlov berish, sovuq
shtampovkalash, plastmassalarni presslash, xom ashyoga termik ishlov berish,
payvandlash, transport sohasi, nazorat va sinovdan o`tkazish va h.k.).
Shtampovkalash
— materialni shaklini va o`lchamini o`zgartirish uchun uni
plastik deformatsiyalash jarayonidir. Asosan metalldan va plastmassadan yasalgan
detallar shtampovkalanadi. Agar shtampovkalash materialni qizdirmasdan bajarilsa,
bu
sovuq shtampovkalash
deyiladi. 2.1.1-rasmda shtampovkalash pressining
rasmlari keltirilgan.
2.1.2-rasmda bir oqimli robotlashtirilgan sovuq shtampovkalash texnologik
tizimiga misol ko`rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: