X. G’ulomova, G. Mamatova,Sh. Yo’ldosheva, H. Boqiyeva, A. Sobirova



Yüklə 251,99 Kb.
səhifə33/36
tarix15.10.2023
ölçüsü251,99 Kb.
#155886
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika-hozir.org

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Husnixat darslarini tashkil etishning pedagogik, umumdidaktik talablari
nimalardan iborat?
2. 1-4-sinflarda husnixat darslari qanday tashkil etiladi?
3. Husnixatga o’rgatish qoidalari deganda nimalar anglaniladi?
4. Husnixat darslarini to’g’ri tashkil etish uchun o’qituvchi oldiga qanday
talablari qo’yiladi?


93
5. boshlang’ich sinf husnixat dasturini tahlil qilish?


Qo’l uzmasdan yozish 
Qo’l uzmasdan yozish yozuv malakalarini tez egallashga zamin yaratadi.
Yozuv malakalari juda erta egallnadi, ya’ni avvaldan tez yozishga yordam
beradigan harakatlarni egallash muhim sanaladi, chunki keyinchalik qayta
o’rganish talab etiladi.

O’quvchilar harflarni yoza boshlaganlarida o’qituvchi ularga harflarni


yozish jarayonida ruchkaning uchini qog’ozdan uzmagan holda yozishlarini eslatib
turishi lozim. So’zlarni yozayotgan o’quvchilar bo’g’inlarni qo’l uzmagan holda
yozadilar.

Oval shakldagi harflarni qo’l uzmasdan tutashtirishda bir necha birlashtirish


usullaridan foydalaniladi. Avval yozilgan chiziq bo’yicha takror qo’l uzmasdan
yozish barcha oval va bir turdagi yarim ovallarni birlashtirish imkonini beradi. Bu
uning yutug’i, ammo bunday usul ma’lum bir kamchilikka ega. Avval yozilgan
chiziqdan takror yozish ko’p biriktiruvda yozuv jarayonida qo’l harakatining
yo’nalishi bilan mos tushmaydi, u tabiiy holda o’ngdan chapga tomon
harakatlanadi. U faqatgina pastki birikuvlarning harakat yo’nalishi bilan mos
tushadi, bunday takrorlanish chapdan o’ngga tomon amalga oshiriladi.

Shuning uchun qo’l uzmasdan yozishning turli usullaridan foydalanish


maqsadga muvofiqdir. Shuningdek qo’l uzmasdan biriktirishning tabiiy usullaridan
foydalanish ko’proq talab etiladi.

Katta odamning yozuvida odatda turli harf birikmalarining aniq bir harf va


harflarning so’z boshida va so’z oxirida yozilishiga ko’ra turli bog’lanuv usullarini
ko’rishimiz mumkin. Shu bilan birga katta odamning yozuvida biriktiruvning
tejamkorlik usuli ko’zga tashlanadi.
Harf va harf birikmalarini yozishga o’rgatishda yuqoridagi holat ham
e’tiborga olingan. Shu bilan birga qo’l uzmasdan biriktiruv yo’llarini keyinchalik
yanada takomillashtitish talab e’tiladi.

Oval shaklini qo’l uzmasdan yozish uchun chizilgan yozuvning ustidan


takroran yoziladi, bunda ruchkaning uchi takroran harakat yo’nalishinini chapdan


94
o’ngga takrorlaydi. Namunada berilgan ra bo’g’ini quyidagicha bog’lanadi.


__________________________________________________________________r
r_____ro____ra_____________________________________________________
Shunday usul bilan oldindagi harflar bilan barcha oval harflar biriktiriladi.
Faqatgina o harfi navbatdagi harf bilan yuqoridan bog’lansa bundan mustasno
bo’ladi.
Shu yo’l bilan o harfi navbatdagi harf bilan pastki qatorda navbatdagi harf bilan
bog’langanda kuzatiladi. Shunday yo’l bilan bosh harf bilan yoziladigan o harfi
keyingi harf bilan bog’lanadi.
__________________________________________________________________i
ia__ig__if__ib__ilo__________________________________________________
__________________________________________________________________
_O____O_____O__________________________________________________
Yuqoridagi takrorlanishdan butunlay voz kechib bo’lmaydi. Uni yuqoridan
qo’l uzmasdan yarim ovallar bilan, masalan, b harfi bilan
__________________________________________________________________
__i________________________________________________________________

Bu usul o harfidan oldin kelayotgan harf bilan bog’lanishda, qachonki o


harfidan keyin boshqa o harfi bilan yuqoridan ulanadigan harf kelayotganda
foydalanish mumkin. Masalan, nog’ora so’zida n harfi o harfi bilan qo’l uzilmagan
holda bog’lanadi, bu vaqtning o’zida g’ va o harflari ham shu usul bilan
bog’lanadi.
__________________________________________________________________
_n__no__nog’ora____________________________________________________
O’quvchilar harflarni qanday bo’lanishini va ularni qo’l uzmasdan yozish
yo’llarini tushuntirib bera olishlari lozim.
Tushuntirishni quyidagicha olib boorish mumkin.
O’qituvchi xattaxtaga ma bo’g’inini yozadi.
-

Bolalar, qaranglar, men ma bo’g’inini yozyapman. Men uni qanday


yozyapman?


95
-

Sizlar ham shunday ruchkani uzmasdan yozing.
-

M harfi a harfi bilan qo’l uzmasdan bog’lanish uchun nima qilish kerak?


-

M harfini yozganimizda ruchkani pastdan o’ngga tomon, so’ng oval shaklini


yopib, shu chiziqdan yuqori chapdan to’g’ri chiziq chizib pastki qismini
yarim doira shaklida to’xtatamiz.
________________________________________________________________
_m___mo___ma__________________________________________________
- Bu bo’g’inni qanday yozganimni kim ko’rsatadi?
Bir o’quvchi yozilgan bo’g’inni xatcho’p bilan yurgizib chiqadi, qolgan
o’quvchilar uni diqqat bilan kuzatib turadilar. Agar o’quvchi xato qilsa,
o’qituvchi sinfdan so’raydi va boshqa o’quvchini uning xatosini to’g’rilashga
chiqaradi.

So’ng hamma o’quvchilar bu bo’g’inni qanday yozilishini ko’rsatib


beradilar. Ular ruchkani o’ng qo’llariga olib, o’ng qo’l tirsaklarini chap
qo’llariga qo’yadilar (o’qituvchi bu qanday qo’yilishini ko’rsatib beradi) va
bo’g’inni havoda o’qituvchi xattaxtada qanday yozganini yozib ko’rsatadilar.

O’quvchilar xattaxtaga yozilgan bo’g’inga qarab havoda ustidan chizib


chiqadilar. Yoki o’qituvchining bo’g’inni yozayotganida uning harakati bilan
birgalikda havoda berilgan bo’g’inning ustidan chizib chiqadilar.
Faqat shundan keyingina o’quvchilar bu bo’g’inni daftarlariga yoza
boshlaydilar. Agar o’quvchi yozib bo’gan bo’lsa, u ruchkani joyiga qo’yib,
yozilgan bo’g’inni to’g’ri yozilganiga ishonch hosil qilishi kerak.
O’qituvchi: “Kim ma bo’g’inini qo’l uzmasdan yozdi? Qo’lingizni
ko’taring”.
O’qituvchi sinf bo’ylab yuradi va ayrimlarga uning xatosini ko’rsatib o’tadi.
O’quvchilar yana bir bor bu bo’g’inni yozadilar va ruchkaning uchini
qog’ozdan uzmasdan yozishni kuzatib boradilar. Bo’g’inni qo’l uzmasdan yoza
olmayotgan o’quvchilar qo’llarini ko’taradilar.

O’qituvchi yoza olmagan o’quvchining oldiga boradi va qanday yozish


kerakligini o’quvchining daftariga yoki hamma sinf uchun xattaxtaga yana bir


96
bor yozib ko’rsatadi. So’ng ma bo’g’inini qator oxirigacha yozib chiqiladi.


Xuddi shunday tushuntirish ishlari boshqa bo’g’in va so’zlarni yozishda ham
olib boriladi.
Avval so’zlar bo’g’inlab, qo’l uzmasdan yoziladi, chunki bu vaqtda o’qishda
ham bo’g’inlab o’qiladi. O’quvchilar birinchi bo’g’inga kiruvchi harflarni eslab
qolishi , so’ng qo’l uzmasdan yozishi kerak. Keyingi ikkinchi bo’g’in ham qo’l
uzmasdan yoziladi. O’qituvchi esa barcha qo’l uzmasdan yoziladigan
bog’lanishli so’zlarni qo’l uzmasdan yozib ko’rsatadi.

O’qituvchi hamma o’quvchilarning yozayotganliklarini kuzatib boradi.


Buning uchun u sinfni aylanadi va o’quvchilarning yozish jarayonidagi
ruchkaning harakatini kuzatib boradi. Daftarlarni tekshirayotgan o’qituvchi
o’quvchining qo’l uzmasdan yoki uzib yozganligini darrov ilg’ab oladi. Buni
chizilgan chiziqning xarakteridan bilish mumkin. A harfi pastki tomondan
birozgina yo’g’onlashadi. Daftarlarni tekshirayotgada o’qituvchi o’quvchining
qo’l uzmasdan bo’g’lanish usulidan to’g’ri yoki noto’g’ri foydalanayotganini
ko’rishi mumkin.

O’qituvchi o’quvchilarning qo’l uzib yoki uzmasdan yozayotganliklarini


daftarga bir qarashdan bilishini ko’rsatib qo’yishi kerak.

Bir harfning qo’l uzmasdan bo’g’lanishning turli usullari darsda bir necha


marotaba takrorlanadi.

Yilning ikkinchi yarmida bolalarga tanish bo’lgan uncha katta bo’lmagan


4-5 harfdan iborat bo’lgan so’zlar qo’l uzmasdan butunligicha yozdiriladi.
Ikkinchi sinfda o’quvchilar barcha so’zlarni qo’l uzmasdan yozadilar. Ayrim
harflargina qo’l uzib yoziladi. Bular b keyingi harf bilan uzib yoziladi, k harfiga
pastki element uzib yoziladi, x harfi bilan yarim ovallilar uzib yoziladi. X va 
harflarini o’quvchilarga qo’l uzmasdan yozishga ham o’rgatish mumkin, lekin
qo’l uzmasdan yozishda uchraydigan qiyinchiliklar tufayli ulardan qattiq talab
qilish shart emas.

Bosh harflarni yozayotganda ham uzib yozish kuzatiladi. Barcha


bo’g’lanishlar o’quvchilarning maxsus tayyorgaliklarini talab etadi. Shunday


97
tarzda o harfi turli harf birikmalari bilan qo’l uzmasdan bog’lab yozishni talab


etadi. O’qituvchi xattaxtaga ikkita so’zni yozadi. O’qituvchi o’quvchilarga
murojaat qiladi:
- Aytingchi o harfini bu so’zda qo’l uzmasdan bog’lab yozishning necha
usulidan foydalanilgan?
- Uch usulidan.
- Qanday usulligini ko’rsatib va aytib ber.
O’quvchi xattaxtaning yoniga keladi va o harfini ajratib aytib beradi. _____
so’zida uchta o harfi bor. Birinchi o harfi __ harfi bilan pastki bog’lanishni
talab etadi. Bu harflarni quyidagicha bog’laymiz. __ harfini qo’l uzmasdan
yozganimizda pastki tomondan o harfini yozamiz va ruchkaning uchini
yuqoriga olib borib ovalni yopamiz va takroran yozgan chizig’imizdan qaytib o
harfini __ harfi bilan tutashtiramiz. Bu so’zdagi navbatdagi o harfini __ harfi
bilan yuqoridan bog’lanishni talab etadi. __ harfini yozganimizda ruchkaning
uchini yuqoriga ovalga yurgizamiz, bir necha marta aylantiramiz va yozilgan
joydan ovalni chapdan ongga tomon harakatlanib ovalni yopamiz va o harfini
__ va __ harflari bilan tutashtiramiz. Bu so’zdagi oxirgi o harfi ham pastki
qismdan bog’lanayotganda qanday yozilsa, shunday bo’g’lanadi.
Shundan keyin o’qituvchi o’quvchilarni o bo’g’inini uch turda bog’lanishini
yozib olishlarini taklif etadi.
________________________________________________________________
_ok____iok__lok__mol__ko__no_____________________________________
So’ng o’quvchilar shu bo’g’inlarga mos turli so’zlarni yozadilar.



Yüklə 251,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin