X. G’ulomova, G. Mamatova,Sh. Yo’ldosheva, H. Boqiyeva, A. Sobirova



Yüklə 251,99 Kb.
səhifə13/36
tarix15.10.2023
ölçüsü251,99 Kb.
#155886
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika-hozir.org

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

1.


Hattotlik san’ati qanday ehtiyojlar tufayli yuzaga keldi?
2.

Hattotlik bilan nom chiqargan shaxslar kimlar va ulaming faoliyati haqida


nimalarni bilib oldingiz?
3.

XII asrda keng o’rin egallagan Kofiy kabining uslublari haqida so’zlang.


4. Eski maktablarda yozuv o’rgatish qanday olib borilgan?
5. husnixat metodikasining shakllanishida Munis qanday o’rin tutgan?
6. XX asrda yozuvga va husnixatga o’rgatish bo’yicha ishlarni amalga oshirildi?
7. Kitobatchilik bilan shug’ullangan tarixiy shahslardan kimlarni bilasiz?
8. Hattotlar va hattotlik maktablari faoliyat haqida so’zlang?

5-§
§
§
§.HUSNIXAT DARSLARIGA QO‘YILADIGAN 
TALABLAR 
Yozuvning gigienik talablari. Gigiyenik talablarga ko’ra maktab jihozi
o’quvchining bo’yiga mos kelishi lozim. Jihozning o’quvchining bo’yiga to’g’ri
kelmasligi umurtqa pog’onasining qiyshayishiga va uzoqni ko’ra olmaslik


29
kasalligiga olib keladi.


Kuzatishlarning natiijasiga ko’ra o’quvchi bir - biridan bo’yi -bo’yicha 10
sm ko’p bo’lmagan holda farqlansa, ularni bir xil o’lchamdagi maktab jihoziga
o’tkazish mumkin. Jihozni bolaning yoshiga mas holda tanlab olish uchun o’quv
yilining boshida uning bo’yini o’lchash va bo’yiga mos maktab jihoziga o’tqazish
kerak.
Bo’yni 0.5 smgacha aniq va to’g’ri o’lchash lozim. Bo’yni bo’y o’lchagich
bilan yoki o’quvchini orqasi bilan devorga yopishib turishini ta’minlab, oyoqlari
tovonlarini birlashtirib, oyoq uchlarini chetga ochgan holda devorga tekis holda
tegib turishi lozim. Devorda o’lchashni qulaylashtirish uchun devorga (plintus
qalinligida) santimetrlarga bo’lingan doskani qoqish kerak bo’ladi.
O’quvchini devor yoniga qo’yib, to’g’riga qarash taklif etiladi va boshiga
to’g’ri burchakli uchburchak qo’yiladi, uchburchakning bir kateti o’quvchining
boshiga, ikkinchi uchi esa o’lchagichli devorga qo’yiladi, ana shundan uning bo’yi
aniqlanadi.
O’quvchilarni o’tqazish paytida ularning ko’rish va eshitish qobiliyatlarini
ham hisobga olish lozim bo’ladi. Yaxshi ko’rmaydigan yoki eshitmaydigan
o’quvchini o’qituvchining stoli yaqiniga o’tqazish maqsadga muvofiqdir.
Sinfda yorug’lik me’yorda bo’lishi kerak. Sinf o’quvchi yozuv taxtasiga
yozilishi lozim bo’lgan kattalikdagi yozuv belgilarini ko’ra olishi mumkin bo’lgan
yorug’lik bilan ta’minlanishi lozim. Yorug’lik o’quv xonasining chap tomonidan
tushib turishi lozim.
Agar oynalar o’quvchining old tomonida joylashgan bo’lsa, yorug’lik unga
old tomonidan tushadi va ko’z setkachasini zararlantiradi. O’ng tomondan
joylashgan
oynalar
o’quvchi
qo’lining
soyasi
qog’ozga
tushib
uni
qorong’ulashtirib qo’yishi bilan noqulaylik tug’diradi.
Agar yorug’lik manbai orqada joylashgan bo’lsa, stolga o’quvchining butun
gavdasining soyasi tushadi.


30
Bu talablarga sinfdan tashqari holatlarda ham rioya qilinadi.


Husnixat bilan to’g’ri yozish nafaqat sinf, balki sinfdan tashqari vaqtdagi
ishlarda ham o’quvchiga singdirib boriladi.
To’g’ri tashkil etilgan sharoitda ham tarbiyaviy va amaliy ahamiyatga ega,
ular bolalarda husnixat bilan yozish malakalarini hosil bo’lishida muhim rol
o’ynaydi.
Pechat shrifti bilan yozilgan, aniqrog’i chizilgan harf ko’proq aniq pechat
shriftiga aylanadi. U esa o’z navbatida cherto’jlardagi yozuvlarda qo’1 keladi.
Pechat shrift bilan yozilgan devoriy gazetalar o’ziga xos uslubga ega bo’ladi.
Pechat shriftining namunasi bo’lib oddiy standart shrift xizmat qilashi
mumkin. U (DTS) tomonidan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan
bo’ladi.
Yozishga o’rgatishda avval qoidalar o’tirish bilan tanishtirish va to’g’ri
o’tirish ko’nikmalarini shakllantirish lozim.
Bir necha darslardan so’ng o’qituvchining birgina ‘to’g’ri o’tiring’ so’ziga
talab qilinayotgan holatda o’tirishlariga erishishi zarur.
1. Yozish jarayonida yozayotgan o’quvchi oyoqlari oyoq kaftlari polga yoki
stol (parta)ning oyoq qo’ygichiga tegib turishilozim.
2. Gavdaning ko’krak qismi stoldan 5 sm uzoqlikda turishi kerak.
3. Erkin holda o’qish uchun bosh stolga ozgina egilgan holatda bo’ladi.
Ruchkaning uchidan ko’zgacha bo’lgan masofa 25-30 sm bo’ladi. Bundan tashqari
boshni yozuv jarayonida to’g’ri tutiladi. Boshni yon tomonga (pastga) engashtirib
o’tirishga yo’l qo’ymaslik kerak.
4. Ikkala qo’1 stol ustida to’g’ri burchak ostida bir-biriga qaratilgan holda
turish, yozayotganda tirsak stolning ustida va bir ozgina stolning chetiga chiqib
turishi lozim. Qo’lning bunday holatda turishi gavdaning stol ustiga engashib va
ko’kragini stolga tegib turishini oldini oladi.
5. Yozishga o’rgatishning ilk bosqichida ruchkani to’g’ ri ushlash qoidasi


31
o’rgatiladi, malaka hosil qilinadi. Ruchkani ushlash qoidasi o’rgatiladi.


Ruchka uchta barmoq orasida tutiladi, ko’rsatkich va o’rta barmoq bilan
ushlanadi. Uchta barmoqning barchasi ozgina bukilgan holda ruchkani tutiladi.
Ko’rsatkich barmoq ruchkaning ustida, o’rtachasi - uni o’ng tomondan, katta
barmoq esa - chap tomondan ushlab turadi; qolgan ikkita barmoq - nomsiz va
jimjiloq kaftga suyanchiq bo’lib qog’ozga engilgina tegib turib unda sirg’anishi
kerak. Ruchkaning uchi o’ng yelkaga qarama-qarshi turadi.
Tezda charchab qolmaslik uchun ruchkani qattiq siqmaslik kerak.
6. Daftar o’quvchining ko’kragining to’g’risida o’rtada, uning o’ng burchagi
chapidan yuqori bo’lishi kerak. Boshning va gavdaning o’rtacha u yoki bu
tomonga burilishini ta’minlanishi uchun bir necha so’z yozilganidan so’ng chap
qo’1 bilan chap tomonga suriladi, chunki yozayotgan qo’1 ko’krakning o’rrasidan
unchalik uzoqlashib ketmasligi kerak.
Yozish jarayoni quydagilardan tashkil topgan: harflarning shtrixi ruchkani
ushlab turgan barmoqlarning bukilishi va ochilishi yordamida yoziladi, qator old
yelkaning va kaftning yordamida, kaft jimjiloqqa va nomsiz barmoqlarga tayaninb
chapdan va o’ngga qarab harakatlanadi. Bu usullarning barchasi o’z holicha oddiy
va ulami bolaga tushuntirish, ko’rsatib berish oson, lekin ularni o’rganish va
amalda qo’lash birmuncha qiyinchiliklar tug’diradi.
Buning sababi bolalar bir vaqtning o’zida bir qancha qiyinchiliklarni yengib
o’tishlariga to’g’ri keladi. Bularga o’z gavdasini to’g’ri tutishga, daftarning
turishiga, ruchkani tutish holatiga barmoqlarning, kaftning va old yelkaning ishiga,
shu vaqtning o’zida hali tanish bo’lmagan yangi harfni yozishga to’g’ri keladi.
Dastlabki kundanoq bolani daftarni to’g’ri va ozoda tutishga o’rgatib boorish
lozim.
Daftar ustidagi yozuv uning pechatlangan matniga mos holda, o’rnatilgan
tartibga ko’ra to’ldirilishi lozim.
Daftarni qog’oz bilan o’rash mumkin emas, chunki buklangan qog’ozning


32
qalinligi yozishga halaqit beradi. Daftarni muqovalagandan ko’ra o’quvcMn


Yüklə 251,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin