X. G’ulomova, G. Mamatova,Sh. Yo’ldosheva, H. Boqiyeva, A. Sobirova



Yüklə 251,99 Kb.
səhifə15/36
tarix15.10.2023
ölçüsü251,99 Kb.
#155886
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika-hozir.org

Savol va topshiriqlar 
1.

Husnixatga o’rgatishga qanday metodik talablar qo’yiladi?


2.

Husnixat bilan yozish nimalarga bog’liq?


3.

Husnixatga o’rgatish izchilligi va ketma-ketligi deganda nimani tushunasiz?


4.

Barcha predmet darslarida o’quvchining husnixat bilan yozishi qanday nazorat


qilib boriladi?
Yozuv qurollari va ulardan foydalanish 
O’quvchilami chiroyli yozishga o’rgatishda, ularda husnixat malakalarini
hosil qilishda yozuv qurollari va materiallarining sifati katta rol o’ynaydi.
Yozuvning chiroyli bo’lishi ko’p jihatdan yozuv quroli va materialiga
bogliqdir. Yozuv qurollari va materiallari quyidagilar sanaladi:
1. Xattaxta.
2. «To’g’ri o’tir» plakati.
3. Alifboning yozma shakli.
4. Haflar alohida yozilgan ko’rgazma.
5. Husnixat daftari.


37
6. Rangli bo’rlar.


7. Ruchka.
8. Yozuv daftari.
Bola maktabga qadam qo’ygan kundanoq yozuv qurollaridan to’g’ri
foydalanishga, ularni ozoda saqlashga o’rgatib boriladi.
O’qituvchi o’quvchining yozuv qurollari va materiallarini muntazam
tekshirib borishi muhim vazifa sanaladi. Dastur talabi boyicha 1-sinf o’quvchilari
uchun yozuv yoli 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bolgan qiya chiziqlari siyrak
bolgan 2 chiziqli daftar tavsiya etiladi.
2-4-sinflarda chiziqlari 8 mm 1 chiziqli daftar tutilishi lozim. Kichik
harflarning bo’yi 3 mm, bosh harflarning bo’yi 6 mm, raqamlarning boyi
harflardan 2 marta qisqa boladi. 1-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida
darftarga, 3-4-sinflarda ona tili daftariga yozadilar.
1-2-sinflarda foydalaniladigan darftarda qiya chiziqlar orasidagi masofa 30
mm va qiya chiziqlarsiz kichik harflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi
masofa 4 mm ga teng bo’lgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi.
Qiya chiziqlari siyrak bolgan ikki chiziqli daftarga yozdirib borish va mashq
qildirish orqali 1-sinf o’quvchilarini mayda harflar bilan tez yozishga o’rgatib
boriladi. Bunday darftarda mashq qilish o’quvchilarga harflarning eni va ular
orasidagi masofani ko’z bilan chamalash, qiyaligiga rioya qilish imkoniyatini
beradi.
1-sinfda «Husnixat» predmeti 2-yarim yillikdan boshlanadi. O’quvchi
daftariga sana va oy yozdiriladi. Xat boshiga amal qilishga o’rgatiladi, daftar
hoshiyasi bo’lishi shart. Darftarga sarlovha yozdirilganda, sarlovha va matn
orasida satr qoldirilmaydi.
Daftarga xatoni to’g’irlash yo’li o’rgatiladi. Bu holda xato harfning ustidan
chiziq tortib, ustiga to’g’risini yozishga odatlantiriladi. Daftar uy vazifasi
berilgach, yigib olinadi, tekshiriladi va baholanadi.


38
Yozuv materiali bolgan daftarni yuritishga quyidagi talablar qo’yiladi:


1. Daftarga toza va aniq yozish.
2. Daftar muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, yonda
daftar qaysi fan uchun tutilganligi, nechanchi sinf, maktabning nomi va nomeri,
o’quvchining ismi va sharifi ko’rsatib o’tilishi zarur.
3. 1-sinf o’quvchilarining daftarlari muqovasi o’qituvchi tomonidan
yoziladi.
4. Har bir daftarda hoshiya bo’lishi shart.
5. 2-sinfdan boshlab mashq tortib raqami, qaerda bajarilganligi (sinfda yoki
uyda) yozib qo’yiladi.
6. Harf yoki bo’g
%
in hamda so’zlarning tagiga ehtiyotkorlik bilan chiroydi
va tekis chiziladi.
7. Xato yozilgan harf yoki harfiy birikmalarni namuna sifatida daftar
hoshiyasiga yozib ko’rsatiladi.
8. Noto’g’ri yozilgan harflarni bo’yash, o’chirish yoki qavs ichiga olib
qo’yishga ruxsat etilmaydi.
9. Mashqlarni bajarishda, matn yozishda xat boshidan yozish qoidalariga
amal qilish talab etiladi.
Chiroyli husnixat bilan yozishga erishishda yozuv qurolining ahamiyati
katta. Hozirda yozuv quroli sifatida sharikli ruchkadan foydalanish tavsiya etiladi.
Sharikli ruchka yozish uchun qulay, ingichka, engil, barmoqlar orasida tutishga
mos. Ruchka barmoq orasida tutilganda, ruchka uchi bilan barmoq oralig’i 1,5-2
smga teng bo’lishi shat. Aks holda barmoqni ruchka uchidan uzq ushlash yoki juda
yaqin tutish yozuv sifatini buzadi, harflarni xunuk yozishga olib keladi.
Sharikli ruchkada maxsus siyoh bilan to’ldirilgan sterjenning bolishi undagi
ancha vaqt foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ruchka sterjeni siyohi faqat binafsha
rangda bo’lishi talab qilinadi.
O’qituvchi darftarni tekshirganda qizil pastali ruchkadan foydalanadi.


39
Ruchka papkada maxsus penalda saqlanadi. Partada esa ruchkani qo’yish uchun


maxsus joy bo’ladi. O’quvchi ruchakasidagi siyoh tugagan taqdirda, lozim
bolganda foydalanish uchun mchka va sterjenlar bolishi zarur.
Xattaxta sinfda o’quvchi uchun yozuv materialidan biri sanaladi.
O’quvchining husnixati daftar va xattaxtada takomillashtirib boriladi, shuning
uchun xattaxtada yozuvni amalga oshirish uchun uning rangi jigar rang va to’q
yashil bo’lishiga erishish lozim. Bimda xat aniq va chiroyli korinishga ega boladi.
Boshlanglch sinf o’quvchilari foydalanadigan xattaxtaning uch qismdan
iborat bolishi, xattaxtaning bir bolagiga yozuv daftarining, ikkinchi bolagiga katak
daftarining chiziqlari chizilishi juda muhimdir. Bu chiziqlar yordamida o’quvchi
chiroyli yozuvga o’rganadi. Shuningdek, xattaxtaning bo’yi ham chiroyli yozuvda
katta ahamiyat kasb etadi, shu sababli u yuqori va pastga o’quvchi bo’yiga moslab
harakatlantirishga moslangan bolishi e’tiborga olinadi.
Bo’r xattaxtaga yozishda yozuv quroli sanaladi. Uning yogli bolishi katta
ahamiyat kasb etadi. Bo’rning sifati yozuv sifatini ta’minlaydi. Husnixatga
o’rgatishda yuqoridagilar e’tiborga olinishi shart.
Bo’r yumshoq bo’lishi lozim. U 15x15 mmqalinlikda va 50 mm uzunligida
uncha katta bo’lmagan shaklda tayyorlab qo’yilgan bo’lishi kerak.Bunday
shakldagi bo’r parchasini barmoqlar bilan ushlash qulay va qo’lni yengil
harakatlantirish bilan turli qalinlikdagi shtrixlarni aniq chizishga erishish mumkin .
Bo’r o’ta va bosh barmoqlarning o’rtasida yengil ushlanadi. Bosib yozish
faqatgina ko’rsatkich barmoq orqali nazorat qilinadi. Ko’rsatgich barmoq bo’rning
ustida, uning chekka qismda turishi lozim,bo’lmasa bosib yozish jarayonida bo’r
sinib ketishi mumkin.Nomsiz va jimjiloq barmoqlar xiyla kaftga tomon bukilgan
bo’lishi kerak.
O’qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan paytida shunday tuirishi kerakki,
qo’llarining harakatini yopib qo’ymasligi lozim.
Sinf taxtasi tekis g’adir-budursiz va yoriqlarsiz bo’lishi va bo’yash uchun
maxsus tayyorlangan qora bo’yoq bilan bo’yalgan bo’lishi lozim.


40
Oddiy moyli qora bo’yoq yozuv taxtanibo’yash uchun yaroqsizdir,chunki


yozuv taxtaning yaltiroq ustki qavati yorug’likni ko’zga tushiradi,bo’r esa uning
ustida sirpanadi va maydalanib ketadi.
Sinf taxtasini shunday holatda joylashtirish kerakki, oynadan tushayotgan
yorug’lik unda aks etmasligi va o’quvchilar sinfning turli joyidan unga yozilgan
yozuvni bemalol o’qiy olishlari mumkin bo’lsin.
O’zida ishonch hosil qilgan holda yozuv taxtasiga harflarni bosib yozisjh
uchun u mustahkam qilib joylashgan bo’lishi kerak. Agar yozuv taxtasi devorga
osib qo’yilgan bo’lsa, nafaqat uning yuqori tomoni ilinib turishi kerak, balki
yozuv taxtaning ikki cheti ham.
Husnixat bilan yozish mashg’ulotlari uchun yozuv taxta rangli chiziqlar
bilan chizilgan bo’lishi kerak. Agar yozuv taxtasi chizilmagan bo’lsa o’qituvchi
o’zi
unga
chiziqlar
tortishi
talab
etiladi.
Harf va sonlarni yozish uchun gorizontal va yotiq chiziqlarning orasidagi
masofa o’quvchilarning daftarlaridagi chiziqlarga nisbatan yirikroq olinishi kerak .
Gorizontal chiziqlarni ytozuv taxtasiga bo’r bilan bo’yalgan arqonchani
yozuv taxtasiga bosib chiqish orqali chizish mumkin.
Yozuv taxtasiga chiziqlarni tezda chizish uchun turli qalinlikdagi
chiziqlardan foydalanish mumkin. Bunda bir vaqtning o’zida chizg’ichning ikkala
tomonidan chiziqlar tortib ketish mumkin.
Harflarning yotiqligini aniqlovchi yotiq chiziqlarni sinf to’g’ri burchakli
uchburchagi yordamida tezda chizib chiqish mumkin. Bunday uchburchakni
o’qituvchiningo’zi foner yog’ochlar orqali yasab olishi mumkin.
Agarda sinf xonasi ikki smenada ikkita birinchi sinf yoki ikkita ikkinchi
sinf o’quvchilari shug’ullanishsa ,unda sinf taxtasini muntazam ravishda emal
bo’yog’I bilan chizilgan chiziqli holda ishlatish lozim. Buning uchun eng yaxshisi
to’q qizil rangdagi yoki jigarrangdagi bo’yoqdna foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Har qanday chiziqni ozoda (oldiniga chiziqlarni qalam bilan chizib
olish, undan keyin bo’yoq bilan ) chizish mumkin.


41
Shuningdek, maktabda ustiga qora bo’yoq bo’yalgan foner bo’lagidan ham


ko’chma sinf yozuv taxtasini yasab olish mumkin.Bunday yozuv taxtalariga
gorizontal va yotiq chiziqlar yoki matematik mashg’ulotlar uchun gorizontal va
vertical chiziqlar chizish uchun yozuv taxtasining qavatiga bigiz yoki mix
yordamida chizib chiqiladi. Chiziqlar orasiga tushgan bo’r aniq oq chiziqning hosil
bo’lishiga yordam beradi., bu esa o’qituvchining “qo’li” bilan bo’r bilan chizib
chiqishda yengillik beradi va harflarni yozish jarayonini yengillashtiradi,chunki
yozuv taxtasining ustki qavatida bo’yoqlardan qolgan g’adir-budurlar bo’lmaydi.

Yüklə 251,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin