³√x (kubik yoki uchinchi darajali ildiz)



Yüklə 45,09 Kb.
səhifə2/14
tarix08.05.2023
ölçüsü45,09 Kb.
#109593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
simvollar tarixi

/ : ÷ (bo`lish amali). Bo`lish belgisi “-“ gorizontal chiziq arab olimlari ishlaridan olingan.
Bo’lish belgisini Otred qiya to’g’ri chiziq ya`ni “/” orqali ifodalagan. Ikki nuqta ya`ni : orqali 1684-yilda Leybnits ifodalagan. Ulargacha esa “D” harfi ishlatilgan. Geron, Diofant va arablarning asarlarida gorizontal kasr chizig’i ham ishlatilgan Angliya va AQSHda bu belgi “÷” ko’rinishini olgan buni Iogann Ran (Jon Pel bilan birgalikda bo’lishi ham mumkin) 1659-yilda davom ettirgan. Buni “obelyus ” deb atashgan. Matematika stantartlari bo’licha Amerika milliy komiteti (Inglizchada National Committee on Mathematical Requirements) Obelyusni 1923-yilda amaliyotda qo’llashni to’xtatishga urundi. Lekin bu harakatlar zoye ketdi.
e (eyler soni). e=2,71828 Eyler soninig standart ko`rinishini ko`rinib turganidek Eyler 1728-yilda yaratgan,1736-yilda chop etilgan. e soni Neper soni deyiladi.
aⁿ (ko`rsatkichli daraja).
Fransuz matematigi Nikola Orem natural ko`rsatkichli darajalarni yozish usulini birinchi bo`lib o`z asarlarida qo`llagan.
Daraja ko’rsatgichining zamonaviy yozuvi Dekart tomonidan 1637-yilda “Geometriya”asarida kiritilgan.
x (kvadrat yoki ikkinchi darajali ildiz). 8 asrdan boshlab Ovrupa matematiklari ishlarida ildizni lotincha Radix (ildiz) yoki qisqacha R, so`ngra R² [fransuz matematigi Nikola Shyuke (taxminan 1445- taxminan 1500) ishlarida] shaklida qo`llanilgan. Umuman, matematika tarixi bo`yicha manbalarningdalolat berishichaildiz belgisi (√) juda ko`p bosqichlarni bosib o`tgan.
1525-yil K.Rudoef kvadrat ildizni ˅ ko`rinishda belgilagan.
1626-yil Golland matematigi Albert Jirar ˅ belgisini kiritgan, keyinroq √ shaklda qo`llanila boshlandi.
1685-yil Nyuton “Universial arifmetika”da ham shu belgidan foydalangan. 1690-yil Fransuz matematigi Mishel Roll (1652-1719) ning “Algebradan qo`llanma” asarida hozirgi ko`rinishda birinchi marta qo`llanilgan.
Ildiz belgisini birinchi bo`lib 1525-yilda kosist maktabi nemis matematigi Kiristof Rudolf zamonaviy ko`rinishini ishlatgan. Bu simvol ham o`sha radix so`zidan kelib chiqqan. Ildiz osti ifodaning ustidagi to`g`ri chiziq boshida yo`q edi. Buni keyinchalik Dekart 1637-yilda qavs o`rniga qo`yish maqsadida kiritdi va bu chiziq tez orada ildiz belgisi bilan qo`shib yozilgan.

Yüklə 45,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin