X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


Jihozlar guruhiga xizmat ko‘rsatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

 
Jihozlar guruhiga xizmat ko‘rsatish
 
jihozni chiziqli, chiziqli – parallel 
yoki aylana bo‘ylab joylashtirilganda bitta SR tomonidan amalga oshiriladi. Bunda 
SR yuqorida aytib o‘tilgan operatsiyalardan tashqari stanoklar orasida detallarni 


88 
tashish operatsiyalarini ham bajaradi. Xuddi shu bilan birgalikda SR yordamida 
RTK tarkibiga kiruvchi jihozlar ishini dispetcherlash masalalari hal qilinadi. 
Ushbu sxemalarning yana bir boshqa xili ma’lumki, unda bir guruh 
(dastgoh) stanoklarga bir nechta sanoat robotlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. 
Bunday sxemalarda stanoklar soni SR sonidan ortiq bo‘ladi. Bu esa nafaqat 
detallarga operatsiyalarning turli ketma-ketligi orqali ishlov berishni ta’minlashi 
mumkin, balki sanoat roboti tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p stanokli xizmat 
ko‘rsatish bilan bog‘langan asosiy texnologik jihozning bekor turib qolish vaqtini 
qisqartirish imkoniyatini ham beradi. 
Ishlab chiqarishning seriyali turiga qarab, bunday ishlab chiqarishlarda 
foydalanilayotgan va jihozlarga guruhli xizmat ko‘rsatuvchi RTKlar uchun asosiy 
texnologik jihozni yuklashning: har bir stanokning mustaqil ishlashidan tortib, 
bunday komplekslardan potok liniyalar uchun foydalanishgacha bo‘lgan turli 
tashkiliy forma (shakl)lari qo‘llanilishi mumkin. Biroq, SRlari guruhli xizmat 
ko‘rsatadigan RTKlarda ishlab chiqarishning kerakli moslashuvchanligini 
ta’minlash uchun operatsiyalararo bo‘shliqlar hosil qilish, detallarning ba’zi 
turlarida ayrim operatsiyalarning bajarmay o‘tkazib yuborish imkoniyatini 
ta’minlash, qayta ishlov berish tartibini o‘zgartirish kabilarni oldindan nazarda 
tutish zarur. 
SRlari yordamida detallarni stanoklarga mustaqil eltib berish va ularni 
stanoklararo yetkazib berish (transportlash) masalalari ham hal etilishi kerak. 
Payvandlash, bo‘yash, yig‘ish va shunga o‘xshash asosiy operatsiyalarni 
individual bajarish texnologik yoki universal SRlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Bunday SRlari bazasida turli xildagi yordamchi, transport, yo‘naltiruvchi qurilma 
va mexanizmlarni o‘z ichiga oladigan RTK tashkil qilinadi. 
Bu qurilma va mexanizmlar ishchi robotning dasturiy (programmaviy) 
boshqarish sistemasi tomonidan nazorat qilinadi. 
Asosiy texnologik operatsiyalarini bajarishda SRlarining guruhidan 
foydalanish deganda tugallangan texnologik jarayonni ta’minlovchi va turli xildagi 


89 
(yordamchi, texnologik va universal) robotlarning bir-biri bilan bog‘langan yagona 
kompleksining qo‘llanilishiga aytiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin