X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 - rasm. Qurilma-jihozlariga SRlari guruhi tomonidan xizmat ko‘rsatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

 
6.4 - rasm. Qurilma-jihozlariga SRlari guruhi tomonidan xizmat ko‘rsatish 
Bir dasturli SRlarining avtomatik liniyalar tarkibidagi aloqalari o‘zgarmas 
tusga ega bo‘ladi. Xom mahsulotni fiksatsiyalangan pozitsiyaga joylashtirish zarur. 
Ishlov berilgan detallarni taraga joylashtirish imkoni bor. Detallarni bir 
pozitsiyadan boshqasiga joylashtirish konveyer yoki robotlar tomonidan amalga 
oshiriladi. 


86 
6.5- rasmda qurilma jihozlarini aylana bo‘ylab joylashtirish (5 donagacha) 
sxemasi ko‘rsatilgan. 
6.5 – rasm. Qurilma-jihozlarini aylana bo‘ylab joylashtirish 
Xizmat ko‘rsatilayotgan qurilma-jihoz SR bilan bog‘lanmagan holda yoki 
o‘zgarmas aloqa o‘rnatilgan holda ishlashi mumkin. 
3. Asosiy texnologik operatsiyalarni yakka (individual) tartibda bajarish 
 
6.6 - rasm. Asosiy texnologik operatsiyalarni yakka (individual) tartibda 
bajarish: 
5 - SR funksiyalarini kengaytiruvchi yordamchi qurilma. 6 - yordamchi yo‘nalish 
beruvchi yoki fiksatsiyalovchi qurilma. 
Detallarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish robot tomonidan qisqichlar 
va asboblarni 6– pozitsiyada almashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Detallarni tashish (transportlashtirish) robotning dasturiy boshqarish 
sistemasi orqali boshqariladigan konveyer tomonidan amalga oshiriladi. 


87 
6.7 - rasm. Detallarni tashish 
Yuqorida SRlar qo‘llanishining asosiy sxemalari keltirildi, ularni sharhlab 
o‘tamiz. 
Sanoat robotlarining asosiy yoki yordamchi operatsiyalarni bajarish uchun 
qo‘llaniladigan eng asosiy sxemalari 6.1 –6.7 rasmlarda keltirilgan. 
Jihoz-aslahaga yakka tartibda xizmat ko‘rsatish shu jihozga ichki 
joylashtirilgan yoki avtonom holatdagi sanoat roboti tomonidan ta’minlanadi. Bu 
xildagi RTKlar tomonidan yechiladigan masalalar eng ko‘p deganda 
quyidagilardan iborat: detallarga ishlov berish operatsiyalarini avtomatlashtirish
detallarni joylashtirish, ishlov berilgandan so‘ng qayta olish, ishchi zonada 
detallarni bazalash va fiksatsiyalash; asosiy ishlab chiqarishninig informatsion va 
transport oqimlari bilan aloqani ta’minlash. Bunday sxemaning yana bir boshqa 
xili ma’lumki, unda bir nechta robotlar mashinalar guruhiga xizmat ko‘rsatadi, 
mashinalar soni esa SRlari sonidan kam bo‘ladi; bu sxema bosim ostida metall 
quyish mashinalarini o‘z ichiga oluvchi RTKlarda, listlarni shtamplash presslariga 
va boshqa turdagi jihozlarga (masalan, bitta sanoat roboti detallarni o‘rnatish va 
olish, ikkinchisi esa asbobni almashtirish va stanokning asbob magazinini 
to‘ldirish kabi funksiyalarni bajaradigan stanokli markazlarda) xizmat ko‘rsatishda 
qo‘llaniladi [4, 5, 6]. 
Bunday sxemalarda RTK tarkibiga SRlaridan tashqari turli maqsadlardagi 
avtooperatorlar ham kiritilgan bo‘lishi mumkin (masalan bosim ostida metall 
quyish mashinalari ishtirok etgan RTKlar).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin