X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


- rasm. Ko‘p koordinatali mexatron modul asosida qurilgan sanoat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

15.5- rasm. Ko‘p koordinatali mexatron modul asosida qurilgan sanoat 
roboti: 
1 – ko‘p koordinatali mexatron modul, 2 – “u” o‘qi bo‘yicha gorizontal harakat 
zvenosi, 3 – “z” o‘qi bo‘yicha vertikal harakat zvenosi, 4 – “x” o‘qi bo‘yicha 
gorizontal harakat zvenosi, 5 – qisqich qurilmasi. 
Dekart koordinat sistemasida ishlovchi sanoat roboti ko‘p koordinatali 
mexatron moduldan (1), “u”- o‘qi bo‘yicha harakatlanuvchi zvenodan (2), “z” o‘qi 
bo‘yicha vertikal harakatlanuvchi zvenodan (3), “x” – o‘qi bo‘yicha gorizontal 
harakat modulidan (4) va qisqich qurilmasidan (5) tashkil topgan. 
Bu robotning asosiy xususiyatlari shundan iboratki, gabarit o‘lchamlari va 
massa ko‘rsatkichlari kichik, dinamik xarakteristikalari yaxshilangan va bitta ko‘p 
koordinatali mexatron modul barcha harakatlarni olish imkonini beradi. 
Nazorat savollari 
1.
Mexatronika deganda nima tushuniladi? 
2.
Robototexnik tizimlarning chiziqli harakat intellektual mexatron 
modullarnig vazifalari nimalardan iborat? 
3.
Mexatron modullarning robototexnikada qo‘llanilishini aytib bering? 
4.
Mexatronikaning tashkil etuvchi qismlariga nimalar kiradi? 
5.
Mexatron modullarining sinflanishini aytib bering? 


218 
XULOSA 
 
Hozirgi zamon yuqori texnologiyalarida sanoat robotlari va 
robototexnika tizimlari keng qo‘llanilmoqda. Robotlar, robototexnik va 
moslashuvchan ishlab chiqarish sistemalari ishlab chiqarishni rivojlantirishning 
texnik asoslari hisoblanadi. Hozirgi zamon yangi texnologiyalarida robotlar va 
robototexnik sistemalarni qo‘llash yildan yilga oshib bormoqda. Mazkur darslikda 
“Robotlar va robototexnik tizimlar” darsligi bo‘yicha xulosalar quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi.
Birinchi bobda.
Robotlarning ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashdagi 
roli tahlil qilingan. Robotlar bo‘yicha umumiy tushunchalar va ta’riflar, 
robotlarning siniflanishi, sanoat robotining strukturasi, intellektual, adaptiv va 
programmali robotlar, robotlarning texnik xarakteristikalari va robotning modul 
qurish prinsipi keltirilgan. 
Ikkinchi bobda.
Robotlaning mexanik sistemasi, kinematikasi, robot 
manipulyatorlarining 
kinematik 
kamponovkalari, 
ularning 
konstruktiv 
xususiyatlari, robotlarning ishchi organlari harakatlanish qurilmalari bayon 
qilingan. 
Uchunchi bobda.
Robotlarning pnevmatik, gidravlik va elektrik yuritmalari 
va ko‘p koordinatali yuritmalari va ular asosidagi sanoat roboting konstruksiyasi 
va ishlash prinsipi bayon qilingan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin