13.2-rasm. Intellektual tizimdagi bilimlarning sinflanishi.
Original (asl nusxa) mohiyati (asosiy xosalari) o’rganilishi lozim bo’lgan
predmetlar sistemasidir. Keng ma’noda predmet saqlash deganda nimani
fikrlanishi mumkin bo’lsa, o’sha tushuniladi. Ya’ni, borliqdagi va hayolan tasavvur
etilgan har qanday narsa, hodisa, ish-harakat, voqea. Ularning xossalari va
munosabatlar – predmetlardir. Har qanday predmet o’z navbatida boshqa
167
predmetlardan tashkil topgan deb qaraladi. Demak, original – qandaydir real
mavjud bo’lgan yoyinki hali mavjud bo’lmagan, loyihalashtirilayotgan sistemalar,
elementlar va ularda yuz beradigan hodisalar, jarayonlar, texnologiyalar va ular
haqidagi bilimlardir. Original predmet sohasining alohida qaraladigan qismidir.
Original – u mansub bo’lgan predmet sohasining tilida ifodalanadi va predmet
sohasiga oid umumiy bilimlarda, ya’ni muayyan fan sohasida muayyan tarzda aks
etadi. Originalga “Robot texnikasi” predmet sohasi deb qaralganda, uning qismi
bo’lgan “Kinematika”, “Dinamika”, “Boshqaruv tizimlari”, “Texnologiya
jarayonlari” bo’limlari, bu bo’limlar predmet sohasi deb qaralganda esa shu
bo’limlarda qaraladigan muayyan tizimlar, jarayonlar, texnologiyalar va shular
misol bo’la oladi.
Model – (lotincha modulus – andaza, namuna, nusxa) keng ma’noda
originalning o’rniga ishlatiladigan uning obrazidir. Model (aks etgan nusxa)
originalning asosiy xossalarini aks ettiruvchi predmetlar va ular bglanishlarining
majmuasidir. Model originalning asosiy xossalarini aks ettirgan holda originaldan
bevosita olish qiyin bo’lgan yoki olish imkoni bo’lmagan ma’lumotlarni olish
uchun tanlangan predmet yoki predmetlar sistemasidir. Model ham o’z navbatida
biror predmet sohasining bir qismidir.
Modellash – bilsh uslubining bir turidir. Modellash uslubi – originalning
xossalarini uni aks ettiruvchi modelni tadqiq etishga asoslangan bilish uslubidir.
Modellash modelni tuzish, uni o’rganish va model haqida olingan bilimlarni
originalga tadbiq etish jarayonlaridir. (13.3 – rasm).
Modellashda rasmda ko’rsatilgandek 3 tomon qatnashadi: original, sub’ekt,
model.
Modellashni amalga oshiruvchi sub’ekt original va model tegishli bo’lgan
predmet sohalaridagi bilimlardan (fan sohasidan) xabardor bo’lmog‘i lozim va
shundagina, u modellash jarayonlarini amalga oshira oladi. Model tuzish jarayoni
originalning modelda aks ettirilishi lozim bo’lgan xossalarini va bu xossalar
mohiyatini ochib beruvchi predmetlarni (ob’ektlarni) tanlashdan, bu xossalar va
ob’ektlar haqida predmet sohasidan tegishli ma’lumotlar yig‘ishdan boshlanadi.
168
Mazkur predmet sohasi uchun model rolini o’ynay oladigan predmet (fan) sohasi
tanlanadi va unda model tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |