X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

13.3 – rasm. Modellash. 
Originalning asosiy xossalarini ochib berishda qatnashuvchi predmetlarni 
uning ob’ektlari deb ataymiz. Ob’ektlar – modellovchi kishi (sub’ekt) faoliyati va 
diqqat – e’tibori qaratilgan predmetlardir. Ob’ektlarga birinchi galda originalni 
tashkil etuvchi elementlar va original xossasini tavsiflovchi o’zgaruvchilar va 
parametrlar kiradi. 
Matematikaviy model tuzishda quyidagi ko’rsatmalarga rioya qilish tavsiya 
etiladi: originalning ob’ektlari to’plami tuziladi; ob’ektlar to’plamidagi amallar va 
munosabatlar aniqlanadi; ob’ektlar, amallar va munosabatlar guruhlarga bo’linadi; 
ob’ektlar, amallar va munosabatlar tabiiy tarzda aks etadigan fan sohasi 
(matematika yoki fan bo’limi) tanlanadi; matematikaviy model ishlab chiqiladi. 
Model tuzishda originalga nisbatan dastlabki model uchun unga nisbatan model 
tuzish va yana keyingisiga nisbatan model tuzish jarayoni ham yuz berishi mumkin 
(13.4 – rasm). Bunda biror (2) predmetlar sistemasi birinchi (1) predmetlar 
sistemasiga nisbatan model bo’lsa, keyingi (3) predmet sistemasiga nisbatan esa 
original vazifasini o’taydi.
Orginalni o‘z 
ichiga olgan 
predmet sohasi 
Orginal 
Orginal 
haqida bilim
Modelni o‘z 
ichiga olgan 
predmet soha 
Model
Model
haqida bilim
Modelni 
tadqiq etish
Orginalga 
qo‘llash (Q) 
Modelni
tuzish
(T) 


169 
13. 4 – rasm. Model original vazifasida. 
Modelga universallik, adekvatlik, aniqlik va tejamkorlik talablari qo’yiladi. 
Universallik – modelning turli sinflarga oid originallarga qo’llanma olishidir. 
Adekvatlik – berilgan xossalarni berilgan xatolikdan kam xatolikda aks ettirish 
qobiliyati. Aniqlik – real original parametrlarini modelda hisoblangan parametrlar 
bilan yaqinlik darajasi. Aniqlik va tejamkorlk o’zaro zid talablardir. Tejamkorlikka 
(modelga sarf bo’lgan resurslarni kamaytirishga) originaldagi ikkinchi darajali 
xossalarni hisobga olmaslik orqali erishiladi, ammo bu aniqlikning kamayishiga 
olib keladi [7]. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin